5-AMALIY MASHG’ULOT. Robotlarning harakat darajalari soni. Ularni
hisoblash. Misollar
ETSPU-6030 elektron tsikli dasturlash qurilmasining qisqacha bayoni ETSPU-6030 qurilmasi
o’z holatlarini tayanchlar bo’yicha pozitsionirlashning ikki pozitsionli darajasiga va tegishli
texnologik jixozga ega bo’lgan manipulyatorni boshqarish uchun mo’ljallangan. Qurilma
konstruktsiyasi stolusti pulti ko’rinishida bajarilgan.
ETSPU-6030 qurilmasining texnik xarakteristikalari
boshqarish tizimining turi- tsiklli manipulyatorning boshqariladigan bo’g’inlar soni- 6 tagacha yul
printsi bo’yicha boshqariladigan bo’g’inlar soni - 4 ta yul va vakt alomatlari bo’yicha
boshqariladigan bo’g’inlar soni- 2 ta
boshqariladigan bo’g’indagi to’htash nuqtalari soni - 2 ta texnologik buyruqlar soni- 6 ta
blokirlashlar soni- 4 tagacha
vaqt bo’yicha dasgurlanadigan kechiktirmalar soni -1 vaqt bo’yicha dasturlanadigan
kechiktirmaning rostlash diapazonы- 0-M),'7 sek.
dasturdagi kadrlar soni- 30 tagacha
manipulyator bo’g’inlarini boshqarishning chiqishlar soni-2 ta
Qurilma dastur kadrining nomerini raqamli indikatsiyalashni ta’minlaydi.
Qurilma elementlar bazasini K155 seriyali integral mikrosxemalar va diskret elementlar
tashkil etadi.
(9-rasmda) ETSPU-6030 qurilmasining asosiy funktsional tarkibi va undagi bog’lamlar va bloklar
orasidagi harakterli aloqalar ko’rsatilgan. Bu strukturaviy tarkib boshqarishning qatiy tsikli
sinxron dasturiy axborot printsipi bo’yicha tuzilgan va quyidagi asosiy bog’lamlar va bloklardan
tashkil topgan:
-berilgan dastur bo’yicha informatsiyani qayta ishlash va manipulyator hamda texnologik jixozga
boshqaruvchi signallarni chiqarishga mo’ljallangan boshqaruv bloki;
-qurilma ishi maromlarini o’rnatish, energiya ta’minotini ulash va uzish, qurilmani ishga tushirish,
manipulyator bo’g’inlarini qo’l yordamida boshqarishni ta’minlovchi boshqaruv pulti;
-manipulyator va texnologik jixozga boshqaruvchi buyruqlarni chiqarib berishni ta’minlovchi
kuchaytirgichlar bloki;
-elektron jixoz energiya ta’minotini amalga oshiruvchi blok (energiya ta’minoti bloki).
Boshqarish bloki manipulyatorning ijro qurilmalari va texnologik jixozni boshqarish
buyruqlarini shakllantiradi. Bu buyruqlar dastur saqlagichdan keladigan informatsiya hamda
manipulyator bo’g’inlari va boshqarish pultidagi boshqarish organlari holatlari datchiklaridan
keladigan signallar asosida shakllantiriladi. Boshqarish pulti robot holatlarini aks ettiruvchi
qurilmani tezkorlik bilan boshqarishga hizmat qiladi. Boshqarish pultidan qurilma ishining QO’L,
KOMANDA, TSIKL, AVTOMAT rejimlarida birortasini berish mumkin.
QO’L
rejimida manipulyatorga buyruqlar boshqarish pultidan kuchaytirgichlar bloki
orqali kelib tushadi va manipulyatorning harakatlanuvchi organlarini boshqarishga hizmat qiladi.
Manipulyator harakatlanuvchi organlarning holatini nazorat qilish manipulyator bo’g’inlari
holatlarini indikatsiyalash tablosi yordamida amalga oshiriladi.