4-5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Chanoq kamari suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari. Oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari Oyoq suyaklari



Download 172,93 Kb.
bet6/8
Sana20.03.2022
Hajmi172,93 Kb.
#503941
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-5-Amaliy mashg\'ulot

T o v o n s u y a g i (calcaneus, 38-rasm) eng katta suyaklardan bo‘lib, oshiq suyak va uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan. Uning orqa tomonida tovon do‘mbog‘i (tuber calcanei), pastga qaragan yuzasida ikkita do‘mboqcha – processus lateralis tuberis calcanei va processus medialis tuberis calcanei ko‘rinadi. Tovon suyagining tepasida oshiq suyak hamda pastki bo‘g‘im yuzalariga mos keladigan bo‘g‘im yuzalari joylashgan. Ularning o‘rta orqa bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida joylashgan egat sulcus calcanei oshiq suyakdagi xuddi shunga o‘xshash egat bilan qo‘shilib kavak (sinus tarsi) ni hosil qiladi.
Tovon suyagining medial yuzasida oshiq suyakni ko‘tarib turuvchi o‘siq (sustentaculum tali) bo‘lib, lateral yuzada m.peronaeus longus ning payi o‘tadigan egat – sulcus tendineus m.peronei longi joylashgan. Tovon suyagining old tomonida kubsimon suyak bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzasi bor.
Q a y i q s i m o n s u y a k (os naviculare, 38-rasm) oshiq suyak boshchasi bilan uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan bo‘lib, uning orqa tomonida oshiq suyak boshchasi bilan bo‘g‘im hosil qilib birlashadigan botiq bo‘g‘im yuzasi ko‘rinadi. Oldingi tomonda esa uchta ponasimon suyaklar bilan birlashadigan, sal bo‘rtgan uchta bo‘g‘im yuzalari joylashgan.
P o n a s i m o n s u y a k l a r (ossa cuneiformia, 38-rasm) medial, o‘rta va lateral holatda, qayiqsimon suyak (old tomondan) bilan oshiq suyakning boshchasi (orqa tomondan) o‘rtasida o‘rnashgan. Ponasimon suyaklar o‘rtasida eng kattasi os cuneiforme mediale birinchi kaft suyagi bilan birlashsa, o‘rtadagi os cuneiforme interedium ikkinchi kaft suyagi bilan, lateral tomondagi os cuneiforme laterale esa uchinchi kaft suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi.
K u b s i m o n s u y a k (os cuboideum, 38-rasm) tovon suyagi bilan IV va V kaft suyaklari o‘rtasida, oyoq panjasining lateral tomonida joylashgan bo‘lib, ular bilan birlashadigan bo‘g‘im yuzalari bor. Bulardan tashqari, qayiqsimon va lateral ponasimon suyaklarni qo‘shib turuvchi bo‘g‘im yuzalari mavjud. Kubsimon suyakning pastki yuzasida g‘adir-budur (tuberositas ossis cuboidea) yuzacha bo‘lib, oldida kichik boldir muskulining payi o‘tadigan egat joylashgan.

Download 172,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish