QO’L VA OYOQ ANOMALIYALARI
O’mrov suyagi turlicha egilgan bo’lishi mumkin. Kurak suyagining tumshuqsimon va yelka o’siqlari ba’zida alohida suyak holida uchraydi. Kurak suyagining qolgan qismiga tog’ay plastinka orqali qo’shiladi.
Bilak suyaklaridan biri ba’zan bo’lmasligi ham mumkin. Tirsak suyagining olecranon o’sig’i ayrim odamlarda tog’ay plastinka orqali suyak tanasiga yopishgan bo’ladi.
Chanoq suyagidagi fossa iliaca ba’zida teshilgan, qov suyagi bilan quymich suyaklarining pastki butoqlari o’zaro birlashmagan bo’ladi. Boldir suyaklari unchalik rivojlanmagan, to’piqlari kichik bo’ladi. Oyoq panja suyaklari, ko’pincha tovon suyagining pastki do’mbog’i o’sib ketib, odam yurganda qiynaladi.
Qo’l-oyoq panjasida ba’zida (jimjiloq yoki bosh barmoq tomonda ) qo’shimcha barmoqlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |