Optik va fotometrik tahlil usullari
Oprik tahlil usullaridan moddalarniing nur bilan bog’langan xossa xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi. Ayniqsa, organic moddaalrda ko’p uchraydigan izomeriya hodisalarini o’rganishda keng qo’llaniladi. Optik izomeriyada moddaga tushayotgan nurning chapga yoki o’ngga tomon burchak ustida qutblanish tekisligining o’zgarishi o’rganiladi. Bu assimetrik uglerod atomi mavjud moddalarda ko’p uchraydigan hodisadir. Ana shunday moddalar tahlilida optik antipodlar (masalan, sut kislota) aniqlanadi, ratsematlar ham tahlil qilinadi va tuzilishi aniqlanadi. Tahlilninh optik usullari qatoriga:
Emission spectral;
Miqdoriy spectral;
Vizual atom – emission spectral;
Atom – adsorbsion spectral;
Molekulyar – adsorbsion spektroskopiyalar kiradi.
Mazkur tahlil yo’llari sezgirligi bilan ajraladi. Spektraal taahlillar har bir kimyoviy elementning o’ziga xos chiziqli spektrga ega ekanligiga asoslanadi. Spektr chiqizlari ranglari ham har xil bo’ladi, shu bosi kuzatilayotgan modda spektrini atlasdagi tasvir bialn solishtirib ko’riladi. Taqqoslashda chiziqlarning nisbiy intensivligi va ular orasidagi maofaga e’tibor beriladi. Mis yoyli spektri yashil rangda tovlanishiini esga olamiz. O’lchash ishlarioda mikroskop (MIR – 2) yoki spektroproektor (PS – 18) lardan foydalaniladi. Emission sifat tahlillaridan qotishmalar, minerallar, rudalar, foydali qazilmalar, tog’ jiinslari, tuzlar va boshqalarning namunalari tarkibini o’rganishda foydalaniladi.
Miqdoriy spectral sifat tahlillarida alohida bir chiziqning emas, balki ikkita spektr chizig’ining nisbatidan foydalaniladi.
Fotometrik tahlil usulida asosan moddaning konsentratsiyasi bilan nurning yutilishi o’rtasidagi proporsionalikka rioya qilib ish ko’riladi. Fotometriyada rangli birikmalar hosil qilish tahlildan foydalanish qabul qilingan. Kompleks birikmalar hosil qilish, xromofor guruhlar kiritish, oralab keluvchi – bog’lari m iqdorini oshiriah yo’llaridan foydalaniladi. To’lqin uzunligini o’lchash, optic zichligini o’lchash va yorug’likni yutuvchi qatlam qalinligini bilash ham ahamiyat kasb etadi. Kimyoviy moddalar tarkibini aniqlashning fotometrik usullaridan yana standart va tadqiqi qilinuvchi rangli eritmalarning optic zichligini taqqoslash, darajalash grafik usuli, differensial fotometrik usul va ekstraksion – fotometrik usullaridan ham foydalaniladi.
Fotometrik usulda eritmalarni tahlil qilish yaxshi natijalar beradi. Bunda standart va tadqiq qilinayotgan eritmalarning yorug’lik nurini yutishi yoki o’tkazib yuborishi taqqoslanadi. Bu fotokolorimetrlar (KFK, FEK – 56M, FEK – 56 tipidagi asboblar olib boriladi).
Fotometrik titrlash usulida ekvivalentlik nuqtasi aniqlaniladi, bunda titrlash egri chiziqlaridan foydalaniladi. Spektrometrik va fotometrik tahlil usullari amaliyorda keng foydalaniladi.
Gidrometallurgiya korxonalarida, ishlab chiqariladigan mahsulotlar mineral xomashyolar adsorbsion – spektroskopik tahlil usulida nazoratdan o’tadi. Kimyo sanoati, elektronika, biologik va meditsina tashkilotlari ham mazkur usullardan foydalanishi ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |