4
-Mavzu:
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda
tarbiya va maktab
REJA:
1.
XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
2.
Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar.
3.
Amir Temurning odob-axloqqa oid nasihatlari.
4.
Mirzo Ulug’bekning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlari.
5.
Zahiriddin Muhammad Boburning ta’lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari.
Tayanch so’z va iboralar:
Movarounnahr, ta’lim, tarbiya, bilim, ilm, ma’rifat, odob, axloq,
axloqiy sifat,
madaniyat, ma’naviyat, Uyg’onish davri, rasadxona, astronomiya, tarix, xattotlik,
maktab, madrasa, masjid
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Temurnoma. (Poyon Ravshanov tahriri), T.: «Cho’lpon», 1990, 350 bet.
2. Hoshimov K, Nishonova S, Inomova M, Hasanov
R Pedagogika tarixi T
O’qituvchi 1996 y.
3. Buyuk siymolar, allomalar. M.M.Xayrullaev.T.Meros, 1995y
4. «Osnova pedagogicheskogo masterstva». «Visshaya shkola» Kiyev 1987 god.
5. Hasanboev J., Hasanboeva O, Hamidov X. “Pedagogika tarixi”. T.
O`qituvchi.1997
6. A.Navoiy Tanlangan asarlar. 15 tomlik. 1992-2005y.
7. PEDAGOGIKA TARIXI
K.Xoshimov, S.Nishonova T. 2005y
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Temuriylar hukmronligi davrida ta’lim-tarbiya, madaniyatimiz va
ma’naviyatimiz rivojiga katta hissa qo’shildi va ular hozirda ham o’z ahamiyatini
saqlab kelmoqda.
XIV asrning 50-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi.
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etildi. Madaniyat,
maorif qaytadan
yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq
uyg’onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o’lkalardan hunarmandlarni olib keltirdi.
Samarqand va Xirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot,
riyoziyot,
falakkiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid
ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan so’ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson
davlatiga ajralgan holda boshqarildi.
Samarqand va Xirot madaniyati, ilm-fan
markaziga aylandi. Shohizinda, Go’riamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni,
qator bog’lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi.
Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samarqand,
G’ijdivonda madrasalar qurildi. Bu davlatda adabiyot sohasida Atoiy,
Sakkokiy,
Haydar Horazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Xirotda Navoiy, Jomiy,
Behzod, tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.
Ali Qushchi astronomiyaga oid «Risola dar falakkiyot»
asarini yozib, unda
geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang’ich
bilimlarni bayon etdi.
XV asrda tarix fani rivoj topdi, Xofizu Abru «Zabdan tovara» (Tarixning
qaymog’i) kitobini yozib, unda 1427 yilgacha bo’lgan voqealarni bayon etdi.
Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib «Ikki saodatli yulduzning chiqish
joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi» asarida 1471
yilgacha voqealarni bayon
etdi. «Ravzatus safo» asarini yozgan Mirxond, «Habibus siyar» asarini yozgan
Xondamir asarining bir qismi Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga
bag’ishlandi. Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon
madrasasi,
Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yo’llab o’qitish odat tusiga
kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o’qitish 6 yoshdan
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o’rganib, ayrim harflarni chizishni mashq qilar
edilar. O’quvchilar maktablarda savod chiqargach
madrasaga kirib diniy va
dunyoviy ta’limlardan bilim olardilar.
2. Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar
«Temur tuzuklari»da o’zi amal qilgan o’n bir sifatni yoshlarimiz ongi va
qalbiga singdirsak, shuning o’zi ta’lim-tarbiya sohasidagi g’oyalarni yoshlarimizni
tarbiyalashda tadbirkor bo’lishdan odamlar bilan maslahatlashib, nozik va tarbiya
ko’rgan aqlli kishilar bilan birga kelishib, e’tiqodli, iymonli qilib tarbiyalashda
e’tiborni kuchaytirsak foydadan xoli bo’lmaydi.
Amir Temur o’zining