Xitoyda mavjud dinlarning Koreya va Yaponiya diniy hayotidagi oʽrni
M.Raxmatullayeva
ToshDShI magistri
Annotatsiya: Ushbu maqolada Koreya va Yaponiyaga Xitoyning ta’siri doirasida
Xitoydagi din va diniy ta’limotlarning Koreya va Yaponiyaga kirib kelishi
oʽrganiladi. Maqolad buddaviylik dinining bu ikki mamlakatda qay tarzda
yoyilganligi bu jarayonlardagi oʽziga xosliklar tahlil qilingan.
Oʽzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov “Modomiki, oʽz
tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib boʽlmas ekan, biz
haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan
qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish
zarur”
1
–deya e’tirof etadilar.
Darhaqiqat, oʽz tarixini yaxshi bilish, oʽz oʽtmishini chuqur anglab yetish
nafaqat bugungi kunning farovon kechishida, balki porloq va barqaror rivojlangan
kelajak barpo etishda ham muhim omil boʽlib xizmat qiladi.
Tarix sohasining yana bir muhim jihati shundaki, biz oʽtmishda
ajdodlarimizning olib borgan ichki siyosatdagi yutuqlari bilan birgalikdagi tashqi
siyosiy tajribalarini oʽrganish orqali hozirgi jadal global rivojlanish davrida qoʽshni
mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borish uchun juda ham ahamiyatli
boʽlgan bilim va tajribalarni orttiramiz. Bu bilimlar asosida esa biz dunyoning
rivojlangan mamlakatlari yutuq va tajribalarini oʽrganib, ularni oʽz yurtimizda ham
tatbiq etib, Ona Vatanimizni ham dunyoning mana shunday eng rivojlangan
mamlakatlari qatoriga olib chiqish biz yoshlarning eng fahrli va muqaddas
burchimiz hisoblanadi.
Bugungi kunda oʽzining taraqqiyotdagi erishayotgan yutuqlari bilan koʽplab
mamlakatlarga oʽrnak boʽlayotgan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) dunyoning eng
1
Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O’zbekiston, 2011. B. 149
rivojlangan mamlakatlarini ham havasini keltirmoqda. Bu moʽjizakor oʽlkaning
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda erishayotgan yutuqlarini oʽrganish bilan bir
qatorda, avvalambor, uning tarixi va madaniyatini oʽrganish ham biz
xitoyshunoslarning muhim vazifalarimizdan biridir.
Xitoy tarixiga oid boʽlgan manbalarning barchasi Xitoyning oʽtmishi va
madaniyatini naqadar qadimiy va boy ekanligini, uning dunyoning ilk
sivilizatsiyasi oʽchoqlaridan biri ekanligini ta’kidlaydi. Mana shu tarixiy ming
yilliklar davomida mamlakat oʽzining boy va betakror boʽlgan oʽziga xos
madaniyatini shakllantirib keldi. Oʽz navbatida, bunday boy madaniyatning
qoʽshni mamlakatlarga ta’siri boʽlmasdan qolmagan, albatta. Shu nuqtayi nazardan
kelib chiqib, Xitoyning chegaradosh qoʽshni mamlakatlar, ya’ni Koreya va
Yaponiyaga ta’siri sezilarli darajada boʽlganligini e’tirof etishimiz mumkin.
Ayniqsa, Xitoy madaniyatining bu ikki mamlakat madaniyatiga ta’siri juda
yuqori boʽlganligini tarixiy manbalar bilan bir qatorda, hozirgi kunning oʽzi ham
fikrimizni tasdiqlaydi. Xitoy madaniyati omillari bu mamlakatlarning, hattoki,
siyosiy hayotiga, ya’ni davlat boshqaruviga ham bevosita ta’sir qilganligini
aytishimiz mumkin. Bunga biz Xitoydagi mavjud dinlar va diniy ta’limotlarni bu
omilga bevosita xizmat qilganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Chunki,
tarixdan bilamizki, Sharqda davlat boshqaruvida din oʽziga xos oʽringa ega boʽlgan.
Xitoyda mavjud boʽlgan din va diniy ta’limotlarning ta’sirini dastlab Koreya
misolida koʽrib chiqamiz.
Xitoy orqali kirib kelgan dinlar orasida ayniqsa, buddizm va konfutsiychilik
Koreya ijtimoiy hayotida keng oʽrin olgan hisoblanadi. Koreya haqidagi tarixiy
manbalarda Koryo davrida davlat dini buddizm boʽlganligini uchratish mumkin.
Konfutsiylik esa Koreya yarim orolida miloddan avvalgi III asrda tarqala
boshlagan boʽlib, hozirgi kungacha ham Koreyaga bo`lgan ta`siri kamaymagan
hisoblanadi.
Bilamizki, buddizm dini asosiy e`tiborni har bir odamning hayotiga qaratsa,
konfutsiychilik ta`limotining bosh maqsadi jamiyatning farovon turmush tarzini
tashkil etishga qaratilgan. Boshqa tomondan, buddizmda qadimgi dinlarga oʽxshab
falsafiy tarkibga ega ekanlik, bu dinning yuqori qatlam orasida rivojlanishiga olib
keldi. Quyi qatlam orasida keng tarqalgan konfutsiylik ta`limoti esa dinning ayrim
elementlarinigina oʽziga singdirgan edi.
Buddizm dastlab davlat va amaldorlar tomonidan qoʽllab-quvvatlangan
boʽlsa, keyinchalik bu din mahalliy xalq orasida ham milliy g’oya sifatida qabul
qilina boshladi. Buddizmning aynan yuqori qatlam orasida tarqalganligi unga keng
imkoniyatlar bergan. Jumladan, buddist ibodatxonalari yer solig’idan ozod etilgan,
yuqori mansab sangxi(buddist ruhoniylar)lar esa amaldorlarga tenglashtirilgan.
Ibodatxonalar faqat yer bilan chegaralanib qolmay, katta miqdordagi nobilar bilan
ham hukmronlik qilardi. Silla davridan farqli ravishda, Koryo davrida monaxlar
davlatning siyosiy hayotida katta rol oʽynagan. Ular ham taxt uchun kurashlarda
qatnashish imkoniyatiga ega boʽlganlar. Taniqli monaxlarga “vansa” (qirollik
ruhoniysi), “guksa” (davlat ruhoniysi) kabi davlat unvonlari berilgan.
2
Davlat
imtihonlari dasturiga buddizm haqidagi mavzular kiritilgan. Lekin, keyinchalik
buddizm dini orasida tarqalgan korrupsiya, dinga nisbatan jamiyatda salbiy fikrlar
uyg’onishiga olib keladi. Amaldorlarning yuqori davralarda ham dinni suiste`mol
qilish holatlari kuzatilardi. Shu tariqa buddizmning ahamiyati susaya boshladi va
oʽz navbatida konfutsiychilikning ahamiyati esa ortib bordi.
Qirol Kvanchjon davrida kiritilgan “gvago” davlat imtihon tizimi, ya’ni
amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda saralash ishlarini olib borish tizimi
Koryoda konfutsiychilik va Xitoy adabiyotini rivojlanishini ta`minladi.
Keyinchalik konfutsiychilikni qirol Sonchjon tomonidan ham qoʽllab-
quvvatlanishi hamda “Gukdjakam” markaziy davlat kollegiyasi va “Xyanxak”
bilim yurtining tashkil etilishi mamlakatda konfutsiychilikning yuksalishiga asos
2
Курбанов С. О. К вопросу об установлении фактов истории Кореи (На примере описания корейских экспедиций Эрнста Оперта 1866 и
1868 гг.) // Вопросы истории Кореи 2004. СПб., 2004. С. 48-67; Орреrt Е.) Forbidden Land. Voyages to the Corea. London, 1880.
boʽldi. “Gukdjakam” markaziy davlat kollegiyasi – davlat konfutsiychilik
universiteti sifatida ham faoliyat olib borgan.
3
Koryo rivojlanishining dastlabki davrida buyuk konfutsiychilik olimi Soy
Chun (984-1068) yashab oʽtgan. Uni “Xetonkondja”, ya’ni “koreys Konfutsiyi”
deb atashgan. Soy Chun 9 ta xususiy konfutsiychilik maktabi (saxak)ga asos
solgan boʽlib, u yerda koʽplab talabalarni oʽqitgan. Bu davrda hattoki,
“Gukdjakam” markaziy davlat kollegiyasining nomi tushib ketadi va Soy Chun
maktabining soni 12 taga yetadi. Qirol Yejon davlat ta`limini rivojlantirish
maqsadida “yanxyongo” stipendiyasini joriy qiladi va “Gukdjakam”da esa davlat
ta`limi sifatini yaxshilash uchun 7 ta maxsus kafedralar tashkil etadi.
4
Koryo davrining soʽnggi yillarida Yuan (Xitoy)dan konfutsiychilikka qarshi
boʽlgan “sonni” g’oyasi kirib kela boshladi. An`anaviy konfutsiychilikdan farqli
ravishda “sonni” falsafasi borliq va insoniyat haqidagi fundamental masalalarga
javob topishga qaratilgan edi. Bu oqimni oʽrganish orqali hattoki, koryolik
konfutsiantlar An Xyan, Li Gok, Li In Bok, Li Seklar Xitoyda imtihon topshirib,
davlat mansablarida ishlashga ham muvaffaq boʽlishadi.
Koryo davrida tarix toʽg’risida yozilgan kitoblar orasida Kim Bu Sik
tomonidan yozilgan “Samguksagi” (uch davlat solnomasi), budda monaxi Ir Yon
tomonidan yozilgan “Samgukyusa” (uch davlat tarixi) asarlari mashhur hisoblanadi.
Ularning ahamiyati shundaki, “Samguksagi” uch davlat tarixi haqida saqlanib
qolgan eng qadimiy kitoblardan biri boʽlib, konfutsiylikni yoqlab yozilgan boʽlsa,
“Samgukyusa” buddizmni yoqlab yozilgan va qadimgi madaniyat bilan bog’liq
muhim ma`lumotlarni oʽz ichiga olgan kitoblardir. “Samguksagi” va
“Samgukyusa” mamlakatning qadimgi tarixini oʽrganishda muhim manbalar
hisoblanadi.
3
Глухарева О. Н. Искусство Кореи с древнейших времен до конца XIX в. М.: 1982.
4
Ланьков А. Корея. Будни и праздники. – М.: Международные отношения, 2000.
Davlat imtihonlari “gvago” va konfutsiychilikni davlatning bosh
ideologiyasi qilib olinishi, konfutsiylik va buddizm madaniyatining birga, bir-biri
bilan bog’liqlikda shakllanishiga olib keldi.
Yaponiya VI asrdan boshlab juda tez sur’atlarda rivojlana boshladi, bunga
uning boshqa davlatlarning tajribalarini juda yaxshi oʽzlashtirishi sabab boʽldi.
604-605-yillarda xitoy rivojlanish tarafdori boʽlgan shahzoda Syotoku-taysi
konfutsiychilik va buddizm tamoyillari asosidagi birinchi yapon qonunlari
toʽplamini tuzib chiqdi.
5
Yaponiyaga shahzodaning tashabbusi bilan Xitoy va
Koreyadan mulkdorlar, monaxlar va olimlar kela boshlashdi, oʽz navbatida yapon
yoshlari bu davlatlarga ta’lim olish uchun joʽnatildi. VII asr oʽrtalarida davlat
boshqaruviga kelgan shahzoda Karu davrida yanada koʽproq islohotlar oʽtkazildi.
Uning boshqaruvi “Buyuk burilish” deb atalib, bu davrda nafaqat hukmron
tabaqani, balki butun yapon jamiyatini xitoy andozasida shakllantirila boshlandi.
6
Yaponlarning an’anaviy dini hisoblangan sintoizm esa daosizm, shuningdek VI
asrda Xitoydan kirib kelgan buddizm hisobiga yanada boyitila boshladi.
Yapon adabiyotida ham buddizm va konfutsizm goʽyalariga asoslangan
adabiy oqimlar vujudga keldi. Xususan, buddistik she’riyat yoʽnalishi shakllandi.
Buddizmning ta’siri, ayniqsa, arxitekturada yaqqol koʽzga tashlanadi.
Yaponiyaning qadimgi poytaxtlari Nara hamda Xeyan (Kioto) va koʽplab boshqa
shaharlar, ibodatxona va saroylar aynan xitoy arxitekturasi uslubida barpo etilgan.
Yaponiyada xitoy buddistik me’morchiligiga oid haykalchalar yasash ham VII-
VIII asrda keng tarqalib, yaponlarning tasvirli madaniyatini siqib chiqargan.
7
Garchi yaponlar oʽzlarining milliy dinlariga ega boʽlgan xalq boʽlsalarda, faqatgina
yapon millatiga mansub boʽlgan kishilar e’tiqod qiladigan din hisoblansada, lekin
ularning milliy dini - “sintoizm” ham xitoy daosizmi va buddizmining ayrim
5
Торкунов А. В. История Кореи. M.:2003
6
Волков С. В. Служилые слои на традиционном Дальнем Востоке. М., 1999.
7
http://www.grandars.ru/college/sociologiya/kultura-drevney-yaponii.html
jihatlarini oʽziga singdirgan va yaponlarning diniy ta’savvurlariga kuchli ta’sir
oʽtkazgan.
Dinning ta’sir qilish xususiyati kuchliligi jihatidan kelib chiqib, xulosa
oʽrnida shuni aytish mumkinki, Xitoy orqali kirib kelgan din va diniy ta’limotlarni
Koreya va Yaponiyaning nafaqat madaniy-ijtimoiy hayotiga, balki siyosiy
hayotiga ham ta’siri chuqur boʽlganligini e’tirof etsakda, lekin bu ikki davlat ham
qabul qilgan din va diniy ta’limotlarning oʽz milliy dunyoqarash va falsafiy
fikrlariga mos jihatlarinigina oʽzlashtirib oʽz turmush tarzi va madaniyatini
shakllantirib borganlar deb aytish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I. A. Oʽzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.–
T.: Oʽzbekiston, 2011. B. 149
2. Курбанов С. О. К вопросу об установлении фактов истории Кореи
(На примере описания корейских экспедиций Эрнста Оперта 1866 и
1868 гг.) // Вопросы истории Кореи 2004. СПб., 2004. С. 48-67;
Орреrt Е.) Forbidden Land. Voyages to the Corea. London, 1880.
3. Торкунов А. В. История Кореи. M.:2003
4. Глухарева О. Н. Искусство Кореи с древнейших времен до конца
XIX в. М.: 1982.
5. Волков С. В. Служилые слои на традиционном Дальнем Востоке.
М., 1999.
6. Ланьков А. Корея. Будни и праздники. – М.: Международные
отношения, 2000.
7. www. history.go.kr
Do'stlaringiz bilan baham: |