4- mavzu. Tabiiy tolali gazlamalarning turkumlanishi va olinishi



Download 33,22 Kb.
bet2/3
Sana03.08.2021
Hajmi33,22 Kb.
#136894
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu Tabiiy tolali (jun) gazlamalarning turkumlanishi va olinishi lotin

Jun tolalari

Jun turli hayvonlardan (qo`y, echki, tuya) olinadigan tabiiy tola bo`lib, to`qmachilik sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Jun egiluvchanligi va issiqlikni yaxshi saqlashi bilan boshqa tolalardan ajralib turadi. Zichlanish xususiyati faqatgina jun tolasiga xos bo`lib, boshqa biron tola bunday xususiyatga ega emas.

Kimyoviy tuzilishi jihatidan jun oqsilli birikmalar qatoriga kiradi. Jun oqsili keratin deb ataladi. Keratin molekulasi ipsimon polipepdid zanjirdan iborat bo`lib, unda ko`ndalang tsistin bog’lar mavjud.

Tabiiy holda jun oq, qora, jigarrang, sariq va kul rangda bo`ladi. Ishlov berilmagan junda turli qo`shimchalar bo`ladi. Ularning mikdori hayvonlarning biologik xususiyati va uni yetishtirish sharoiti (iqlim, ozuqa turi, mintaqa)ga bog’liq.

To`qimachilik sanoati uchun jun dastlabki qayta ishlangandan so`ng keltiriladi. Dastlabki ishlov berish junni titish, mexanik usulda tozalash, yuvishdan iborat bo`ladi. Yuvishdan keyin jun avvalgi og’irligini katta qismini yo`qotadi. Turlariga muvofiq ingichka junlar 55-70%, yarim dag’allari 40-55%, dag’al junlar 25-50% vaznini yuvish jarayonida yo`qotadi.

Sanoatda foydalanish uchun xomashyo sifatida qo`y juni ko`proq ahamiyatga ega. Qo`y junini tolalarini tasniflash o`ziga xos tartibni talab etadi.

Dunyoning turli mamlakatlarida turlicha tasniflash tizimi qabul qilingan, ammo ularning barchasida tola uzunligi va yo`g’onligi asos qilib olingan.

Biz ko`rib o`tadigan tasniflash tizimi qo`ylar zotini asos qilib olingan. Ilmiy-texnik tasniflanishiga ko`ra barcha jun tolalari ikkita katta guruhga bo`linadi. Birinchi guruhga ko`rinishi bo`yicha bir xil tolalardan iborat tolalar kiradi. Ikkinchi guruhga holati bo`yicha turlicha bo`lgan (yetilgan va yetilmagan, turli uzunlikdagi tolalar va tvit) tolalar aralashmasi kiradi. Ifodalash qulay bo`lishi uchun bundan buyon matnda birinchi guruhni “o`xshash” va ikkinchi guruhni “aralash” deb nomlaymiz.

Aralash junni tasniflashda sifati bo`yicha 5 ta navga (oliy, I-IV) bo`linadi.

Tolalarning asosiy qismini mayin yoki dag’alligiga qarab jun to`rtta turga ajratilgan: ingichka, yarimingichka, yarimdag’al va dag’al. Aralash guruhdagi tolalar faqat yarimdag’al va dag’al turlarga bo`linadi.

Uzunligi bo`yicha jun tolasini qaysi guruhga, turga va sifat sinfiga mansubligi, hamda qo`y zotiga qarab ajratiladi. Bu o`rinda mayin yungli merinos, duragay (pomes), tsigay, krossberd va boshqa zotlarni alohida ko`rsatiladi.

Ingichka va yarimingichka o`xshash guruh tolalarining uzunligini shtapelning uzunligi bilan, yarimdag’al va dag’al tolalarni uzunligini esa tutamni tortmasdan to`g’rilangan holda o`lchanadi. Aralash jun tutamning momiq (tivit) qismi uzunligi asos qilib olinadi.

Jun tolasidagi nuqsonlar to`rtta toifaga ajratilgan.

Birinchi toifaga qo`ylarni boqish sharoitlari, ozuqa turi va qarovni noto`g’ri tashkil etish natijasida hosil bo`ladigan nuqsonlar kiradi.

Ikkinchi toifa nuqsonlar junni o`simlik qoldiqlari va minerallar bilan ifloslanishi oqibatida hosil bo`ladi.

Uchinchi toifa nuqsonlar hayvonlarni biologik xususiyati, zoti, yoshi, ko`payishi, tashqi iqlim va ozuqa turi bilan bog’liq sabablar oqibatida yuzaga keladi.

Junni noto`g’ri qirqish, toylash, o`rash va saqlash natijsida hosil bo`ladigan nuqsonlar to`rtinchi toifaga kiradi.

Sanoat standartlarida yuvilgan va yuvilmagan jun tolalar qo`y tanasining qaysi qismidan olinganligi, saralashda sifat sinfiga mos bo`lmagan va sifati juda past ( ifloslangan) tolalarga ajratiladi.

O`simlik qoldiqlari bilan ifloslanganlik darajasiga ko`ra junni normal, ifloslangan va tikanakli guruhlarga bo`linadi. Normal jun tarkibida poxol, to`pon, barg, shoxcha, ozuqa qoldiqlari, mayda tikanaklar bo`ladi. Ifloslangan jun tarkibida yuqoridagi xas-cho`plar ko`p miqdorda bo`ladi. Tikanakli junda yopishqoq tikanakli o`simlik mevalari va chanoqlari bo`ladi.

Umuman olganda junni saralashdan so`ng uni qaysi guruh va turga mansubligiga qarab fizik mexanik xossalari o`zgarib boradi. Jun tolasining fizik mexanik xossalari 16-jadvalda keltirilgan. Jun tolalarining uzilish kuchi 4-8 CH|teks gacha bo`lib, nisbiy uzilish kuchi 4-14 CH|teks. Bu tolalar nam holatda pishiqligini ancha yo`qotadi.Junning belgilangan namligi 15 - 17% ga teng.

Boshqa tabiiy tolalarga nisbat jun cho`ziluvchan hisoblanadi. Uning uzilishdagi uzayishi 30-50% (bazan 60 %) gacha borishi mumkin. Havo harorati va namligining ortishi natijasida cho`ziluvchanlik ortadi. Namlangan jun tolasini to`g’rilangan yoki tekislangan holda quritib, tekis holatini saqlash mumkin. Ammo namlik ortsa u yana asl holatiga tez qaytadi. Tolaning bunday qayishqoqligi va cho`ziluvchanligi undan tayyorlangan matolarni g’ijimlanishini kamaytiradi va uzilish kuchini ortishiga sabab bo`ladi.

Jun tolasining jingalakligi uzayish va uzilishga qarshilikni yuzaga keltiradi. Bu xususiyati tolalarni ilashuvchanligi yuqori bo`lishini ta’minlash bilan bir qatorda matoni hajmdor bo`lishiga ham sabab bo`ladi. Shuning uchun jun matolar issiqlikni yaxshi saqlaydi. Ingichka junning 1 sm da 8-13 tagacha bir xilda buralishlar bo`ladi. Dag’al junlarda jingalaklik juda kam bo`ladi.

2.8-jadval

Jun tolalarining fizik-mexanik xossalari




Ingichkalik guruhi



Tola sinfi yoki navi

Tolaning o`rtacha o`lchami, mkm

Tolaning metrik nomeri

Chiziqli zichligi, mteks


Download 33,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish