4- mavzu. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asr boshlari – hozirgi davrgacha) Eng yangi davrda


Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolari



Download 172 Kb.
bet17/19
Sana31.12.2021
Hajmi172 Kb.
#250508
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Ma'ruza 4

Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolari. Zamonaviy olimpiya harakatining dolzarb muammolariga quyidagilar kiradi: professional sport va tijorat sporti muammosi; sport inshootlari muammosi; olimpiya o’yinlari dasturi muammosi; doping va sportda haqqoniy hakamlik qilish muammosi; XOQ, MOQ, XSF faoliyatida hamkorlik muammosi; irqchilik va millatchilik muammosi; sportda terrorizm muammosi; olimpiya ta’limi muammosi va h.k.

Hozirgi kunda xalqaro olimpiya harakatining ko’p muammolari hal qilingan. Jumladan, dastlabki Olimpiya o’yinlarida paydo bo’lgan irqchilik va millatchilik muammosi XX asrning ikkinchi yarmida sportda kamsitish holatlariga qarshi olib borilgan keskin kurash natijasida bartaraf etilgan.

1930 yillarda olimpiya harakatida vujudga kelgan inqiroz, olimpiya harakatining asosiy tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik rishtalari uzilishiga olib kelgan. Bu muammo 1973 yil Varna shahrida (Bolgariya) o’tkazilgan X Olimpiya kongressida muhokama qilingan. Uning kun tartibida: hozirgi davr olimpiya harakati va uning rivojlanish istiqbollari; XOQ, XSF va MOQning o’zaro munosabatlari, keyingi olimpiya o’yinlarining qiyofalari kabi masalalar muhokamaga qo’yilgan. Bu masalalarning muhokamasi natijalari asosida uch tomonlama XOQ, MOQ va XSF komissiyasi tuzilgan. Kongress yakuniy hujjatlari olimpiya harakatining demokratiyalashuviga turtki bo’lgan. Olimpiya harakati tizimining asosiy tarmoqlari - XOQ, MOQ, XSF o’zaro munosabatlarining mustahkamlanishi olimpiya harakatining yanada rivojlanishiga olib keldi.

1950-yillarda doping muammosi paydo bolib, bugungi kunda sport harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. Doping (ingl. dope – og’u, giyohvand) preparatlari katta sportga ko’rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo’llanilgan.

1968 yildan boshlab Olimpiya o’yinlarida doping nazorati kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping iste’mol qiluvchi sportchilarni yanada qattiqroq nazorat qilish choralari ishlab chiqilgan.

Professional sport muammosi Olimpiya xartiyasi bo’yicha hal qilingan. 1980-yillargacha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritilmagan, chunki Pyer de Kuberten tomonidan ishlab chiqilgan tamoiyillari bo’yicha Olimpiya o’yinlari faqat havaskor sportini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda sport o’yinlari va musobaqa qoidalarida katta farqi bo’lmagan ayrim sport turlari bo’yicha professional sportchilar Olimpiya o’yinlariga kiritiladi.

XX asrning 90-yillarida olimpiya ta’limi muammosi paydo bolib, olimpizm g’oyalari va olimpiya tamoyillari asosida sportchilarda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish orqali hal qilinmoqda.

Hozirgi zamon xalqaro sport va olimpiya harakatida XII Kongressdan keyin ham qator jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligi ma'lum bo'ldi. Ular qatorida eng dolzarb muammolardan biri dopingdan foy­dalanish va musobaqalarda ob’ektiv hakamlik qilish masalasi hisoblanadi.

Hozirgi davrda sport natijalarining o'sishi tufayli sport­chilarni tayyorlashda ma'lum qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Ba'zi bir murabbiylar va sportchilar sun'iy ravishda, doping asosida sport ko’rsatkichlarini oshirmoqdalar. Turli xil moddalarni qabul qilish sportchilar salomatligiga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, olimpiya tamoyillari va sportda xaqqoniy kurash olib borish to’g’risidagi tartib-qoidalar buzilmoqda.

Ushbu masalalarni hal qilish maqsadida, 1962-yil Moskvada bo'lib o'tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya qabul qilingan, unda dopinga qarshi kurashda faol ishlash zarurligi ta’kidlangan. 1970-2005-yillar orasida har xil sport turlarida o'nlab jiddiy, hatto fojiaviy hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika mintaqaviy o'yinlarda AQSHning 13 ta yengil atletikachisi doping ishlatganligi uchun o'yinlardan chetlashtirilgan.




Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish