16-rasm. Olimpiada o’yinlarining ramziy bayrog’i
Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o'ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920 yilda maktab yoshigacha bo'lgan bolalar va maktab o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o'quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi nizomni tasdiqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Joq Eberining tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ishlangan holatda va shvedlar gimnastikasining ba'zi qismlari olingan edi. Ko'p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o'yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog' chang'isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojlandi (16-rasm).
20-yillar oxiri va 30-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e'tibor berildi. Bunda rekreatsion sport keng quloch yozdi. 1936 yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqarmasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o'z maqomiga ega bo'ldi. Parijda ikki marotaba Olimpiya o'yinlari o'tkazildi, ya'ni 1900 yilda - II, 1924 yilda - VIII o'yinlari. 1924 y. Shamoni shahrida I qishki Olimpiya o'yinlari tashkil etildi. Bu davrlarda Parijda ko'pgina xalqaro sport uyushmalarining shtab-kvartiralari joylashgan edi.
Rossiyaga yo'llanma yubordi. Natijada, 1951 yil 7 mayda Venadagi XOQning sessiyasida Sovet mamlakati Milliy Olimpiya qo'mitasi (MOQ) Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tan olingan. Shu davrdan boshlab sovet sportchilari Xalqaro sport va olimpiya o'yinlarining eng faol ishtirokchilariga aylandi. 1952 y. Xelsinkida (Finlyandiya) sovet sportchilari jahonning eng kuchli sportchilari bilan ilk bor uchrashgan.
XXII yozgi Olimpiya o'yinlari Rossiyaning markazi Moskvada 1980-yilda o'tkazilgan. Bu o'yinlar sotsialistik tizimdagi barcha mamlakatlar uchun birinchi bo'lgan. O'sha vaqtdagi siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi, harbiy tahdid haqidagi turli xil uydirmalarning ortib borishi sovetlar va AQSH o'rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirgan edi. AQSH hukumatining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarini boykot qilishiga olib kelgan. Shu sababdan, AQSH va bir qator kapitalistik davlatlarning sportchilari Moskvadagi o'yinlarda qatnashmaganlar.
1984 y. Los-Anjelesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olimpiya o'yinlarida sovet sportchilari ishtirok etmagan, chunki yuqorida qayd etilgan siyosiy va harbiy tahdidlar, AQSH sportchilarining Moskvadagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganligiga javob tariqasida shunday xulosalarga kelingan edi.
1988 y. yozgi XXIV Olimpiya o'yinlari Seulda (Janubiy Koreya) tashkil etilgan. Sovet va AQSH sportchilari jahondagi eng kuchli sportchilarning raqobati yana davom etdi. 1992 y. Barselona (Ispaniya) shahrida XXV Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan. Bunda sobiq sovet sportchilari so'nggi bor uyushgan terma jamoalarni tuzib, o'yinlarda muvaffaqiyat bilan ishtirok etgan.
1996 y. (Atlanta), 2000-yil (Sidney) Olimpiya o'yinlarida Rossiya va sobiq respublikalar mustaqil ravishda o'yinlarda ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |