4 – Mavzu: Bilish nazariyasi (Gnoseologiya). Ma’ruza rejasi



Download 122,47 Kb.
bet1/19
Sana07.03.2022
Hajmi122,47 Kb.
#485635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

4 – Mavzu: Bilish nazariyasi (Gnoseologiya).
Ma’ruza rejasi:

    1. Bilishning mazmun va mohiyati. Bilimning asosiy turlari va shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi.

    2. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarining o‘zaro aloqasi va farqi.

    3. Haqiqat – bilish mezoni. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari. Haqiqat, amaliyot va faoliyatning mutanosibligi. Haqiqatga erishishda tushunish va tushuntirish dialektikasi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar:
Bilish, gnoseologiya, empirizm, ratsionalizm, persepsiya, apersepsiya, gnoseologik optimizm, skeptitsizm, agnostitsizm, gnoseologik relyativizm, bilishda sub’ekt va ob’ekt, bilish – faoliyat, bilish darajalari, hissiy bilish, ratsionallik, tafakkur, tushuncha, mulohaza, aqliy xulosa, empirik bilim, ilmiy dalil, verifikatsiya, falsifikatsiya, kuzatish, eksperiment, nazariy bilim, ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigma, intuitsiya, ijod, haqiqat, ob’ektiv haqiqat, mutlaq haqiqat, nisbiy haqiqat, bilish va amaliyot, faoliyat, metod, metodologiya.


1-savol bayoni: Insonning o‘zini qurshagan dunyoga bo‘lgan munosabatlaridan biri bilishdir. Inson o‘z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‘zini, o‘zining ruhiy-ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa hamma aniq fanlar ham o‘rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli aniq tomonlarini, ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‘rganadi va ochib beradi.
Falsafa esa, aniq fanlardan farqli ravishda, inson bilishining tabiati va mohiyatini nima tashkil qiladi? Uning eng muhim qonuniyatlari va xususiyatlari nimalardan iborat? degan savollarga javob qidirib va javob berib keldi. Shu sababli, falsafada inson bilishining falsafiy muammolari bilan shug‘ullanmagan birorta ham falsafiy oqim, birorta ham faylasuf yo‘q. Aksincha, hamma falsafiy oqimlar va falsafiy yo‘nalishlar bu sohaga oid o‘z qarashlarining ma’lum tizimini ishlab chiqqanlar. Natijada, falsafada inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta’limotlar, turli xil qarashlar va nazariyalar kelib chiqdi.
Voqelikni bilishning falsafiy muammolari: bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o‘rin egallab kelmoqda. Shu bois falsafa fanining bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus umumnazariy sohasi – bilish nazariyasi, ya’ni gnoseologiya vujudga keldi. (Gnoseologiya yunoncha gnosis – bilish, bilim va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan).
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar bo‘limi bo‘lib, unda:

  • insonning dunyoni bilish imkoniyatlari;

  • insonning o‘zlikni anglash jarayoni;

  • bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, rivojlanishi;

  • bilimlarimiz tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi ob’ektiv voqelik bilan o‘zaro nisbati kabi masalalar o‘rganiladi.

Moddiy voqelikning ongda aks etishi murakkab dialektik jarayon bo‘lib, bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Gnoseologiyaning vazifasi ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot ob’ekti va predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bo‘lgan bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi yoki yo‘qmi? degan masalada falsafada ikki muxolif an’ana: bilimlarimizning tajribada sinalganini, tajribaga asoslangan bilimlargina haqiqiy bilim ekanligini qayd etuvchi empirizm (lot. empirius – his, tajriba) va bilim va g‘oyalar faqat inson aqliga, tafakkuriga xos bo‘lib, aqlda tafakkur va mushohada yuritish jarayonidagina tug‘ilishini ta’kidlaydigan ratsionalizm (lot. ratsionalius – aql, tafakkur) ta’limotlari to‘qnashadi.
Falsafada idrok etish – persepsiya (lot. “perception”- idrok etish) deb ataladi. Persepsiya – bu o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok qilishdir. Borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oya va bilimlarda ifodalash esa apersepsiya deb ataladi. Inson bilishi persepsiya chegaralarini ham, tafakkurimiz doirasini ham, ya’ni empirik va ratsional jihatlarni ham qamrab oladi.
Bilish nazariyasining asosiy masalasi – “Dunyoni, undagi buyum va hodisalarni, ularning mohiyatini haqqoniy bilish mumkinmi?, qanday bilish mumkin?, bilishning chegaralari bormi?” kabi savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni falsafada farqlash mumkin: gnoseologik optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm. Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar esa buni rad etadilar. Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar, biroq bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.Biz ularning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz yig‘indisi (kompleksi yoki kombinatsiyalari)dan iborat xolos. Binobarin, biz o‘z sezgi va idroklarimiznigina bila olamiz, deyishadi.
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va o‘zini bilishiga shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni to‘liq bila olmaydi, deyishib, inson bilishini cheklaydi yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar. Ulardan skeptitsizm1 ta’limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va vaziyatlar bilan bog‘liq ekanligini aytishib hamma e’tirof qiluvchi, isbot talab qilmaydigan inson bilimlarining bo‘lishi mumkinligiga shubhalanadilar.
Skeptitsizm tarafdorlari ikki qoidadan kelib chiqqanlar. Birinchisi – falsafada tizimni tashkil etuvchi yagona asos yo‘q, ya’ni u o‘z ichida mantiqan ziddiyatlidir. Ikkinchisi – faylasuflar bir-biriga zid keladigan va bab-baravar rad etilishi mumkin bo‘lgan qoidalarni asoslashlari sababli falsafa haqiqatni topa olmaydi. Binobarin, dunyo haqida ishonchli bilimning bo‘lishi mumkin emas.
Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron (eramizdan oldingi taxminan 365-275 yillar) xissiy idrokni ishonchli deb hisoblagan (masalan, agar biron narsa sub’ektga achchiq yoki shirin tuyulsa, shu haqidagi fikr haqiqat bo‘ladi), yanglishuv esa, uningcha sub’ekt bevosita hodisadan mohiyatni, ob’ekt asosini bilishga o‘tmoqchi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Uning fikricha, ob’ekt haqidagi har qanday da’voga uning mazmuniga zid bo‘lgan da’voni qarama-qarshi qo‘yish mumkin. Demak skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmog‘i lozim.
Sinopalik Diogen va Sekst Empirik shunga o‘xshash g‘oyalarni yoqlab chiqdilar. Ular bilish faoliyatida, shuningdek kundalik hayotda ham sub’ekt o‘z sog‘lom fikriga tayanmog‘i kerak deb hisoblaganlar. O‘rta asrlar davrida skeptitsizm g‘oyalari G‘arbda ham (Per Abelyar), Sharqda ham (al-G‘azzoliy) rivoj topdi. Masalan, Al-G‘azzoliy bunday degan: «Oxirigacha bilishga ojizlik ham bilishdir; kishilarga Uni bilish yo‘lini faqat Uni bilishga ojizlik orqali yaratib bergan Zotga sharaflar bo‘lsin»1.
Yangi zamon falsafasida skeptitsizm pozitsiyasini Yum izchilik bilan himoya qilib chiqdi. Yum tashqi dunyoning realligini shubha ostiga oldi. Faqat o‘z sezgilarimizning realligiga shubhalanish mumkin emas, deydi shotlandiyalik bu mutafakkir. Sezgi organlarining bu taassurotlari yo ularga tashqi dunyo ta’siri tufaylik yoki inson aqlining alohida energiyasi tufayli kelib chiqishi mumkin. Bu yerda tajriba sezgilarimizning haqiqiy manbaini aniqlashga ojizdir. Yum dunyoni bilish mumkinligini inkor etibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, sub’ektning xissiy taassurotlari doirasidan tashqarida biron-bir real narsaning mavjudligi to‘g‘risidagi masalani ochiq qoldirdi.
Falsafiy ta’limotlardan biri bo‘lgan agnostitsizm2 vakillari esa inson dunyoni bila olmaydi, bilishga qodir emas, degan g‘oyani ilgari suradi. Masalan, ingliz agnostik faylasufi D.Yum ta’limotiga ko‘ra, bilish ob’ekti, bizning bilimlarimizning manbai ob’ektiv borliq emas, balki sub’ektiv sezgi va idroklarimizdir, biz o‘z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz, deyiladi.
Nemis faylasufi I. Kant esa insondan va uning ongidan tashqarida ob’ektiv borliqning mavjudligini e’tirof qilgan holda, undagi predmet va hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar o‘zida» ga bo‘ladi. Uning qarashicha, «narsalar biz uchun» ni inson bila oladi, «narsalar o‘zida»ni esa inson bila olmaydi. Kantning «narsalar biz uchun» bu insonni qurshab to‘rgan predmetlar va hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar o‘zida» esa bular: erkinlik, o‘lmaslik, g‘ayritabiiy kuchlar, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon to‘liq bila olmaydi. Kant fikricha, biz biladigan narsa (fenomen) va o‘z holicha mavjud bo‘lgan narsa (noumen) mutlaqo har xildir. Biz hodisalar olamini qanchalik anglamaylik, bizning bilimimiz o‘zicha mavjud narsalardan farq qiladi. Bizning ongimiz, hissiyotimiz, tafakkurimizga bog‘liq bo‘lmagan narsalar olami mavjud va u “narsalar o‘zida”dir. Bilish jarayoni “narsalar o‘zida”ning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri ostida his-tuyg‘uning uyg‘onishidan boshlanadi. Vaholanki, his-tuyg‘ular, tushuncha va mulohazalar o‘z holicha “narsalar o‘zida” haqida haqqoniy nazariy bilim bo‘la olmaydi. Kant o‘z bilish nazariyasida e’tiqodga o‘rin qoldirish, uni mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy va amaliy aqllarga bo‘ladi: amaliy aql, uningcha, cheklangan. Uning qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga ham ega bo‘lavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasiga bog‘liq bo‘lmagan aprior (lotincha aprior so‘zidan olingan bo‘lib o‘zbekchaga: tajribadan oldin, azaldan degani) bilimlar bo‘ladi. Bu aprior bilimlar tug‘ma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega bo‘lgan bo‘ladi.
Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior bilimlardan iborat. Kant ilmiy bilimning ishonchliligi va haqiqatliligi uning eng umumiyliligi va zaruriyligi bilan belgilanadi, deydi. Xullas, Kant o‘z falsafasida bilish nazariyasini birinchi bo‘lib falsafiy muammo sifatida atroflicha, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir.

Download 122,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish