produtsent
,
konsument
va
redutsent
ekologik guruhlari
ajratiladi. Produtsentlar uglerod, quyosh energiyasi va suv ishtirokida organik
mahsulotlarni yaratadi, konsumentlar birlamchi mahsulotni iste’mol qiladi va
redutsentlar organik moddalarni parchalaydi. Yashil o`simliklar quyosh
energiyasidan foydalanib, tirik moddalarning birlamchi mahsulotini hosil qiladi,
SO
2
ni o`zlashtirib O
2
ni ajratadi. Hayvonlar o`simliklar bilan oziqlanadi,
kislorodni o`zlashtirib SO
2
ni ajratadi. O`lik hayvon va o`simlik qoldiqlarini
hasharotlar, zamburug`lar, bakteriyalar va boshqalar parchalaydi, mineral yoki
noorganik birikmalarga aylantiradi. Ular tuproqqa tushib, yana o`simliklar
tomonidan o`zlashtiriladi. Katta aylanma harakatda ushbu jarayon quruqlik va
okean o`rtasida amalga oshadi.
V.I.Vernadskiy aylanma harakatda ishtirok etadigan tirik moddaning
quyidagi besh asosiy funktsiyasini ajratadi:
gaz funktsiyasi-atmosferadagi asosiy gazlar tirik organizmlar faoliyati
natijasida vujudga kelgan va yangilanib turadi;
biogen moddalarni to`plash funktsiyasi-organizmlar tanasida ko`plab
kimyoviy elementlarni to`playdi;
oksidlanish-qaytarilish funktsiyasi temir, oltingugurt, marganets, azot
va boshqa elementlarning biogen migratsiyasini ta’minlaydi. Tirik
xujayralar ishtirokida oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari millionlab
marta katta tezlikda amalga oshadi;
biokimyoviy funktsiya-tirik moddaning ko`payishi, o`sishi va
ko`chishi, o`lgan organizmlarning parchalanishi va chirishi bilan
bog`liqdir.;
insonning biogeoximik faoliyati- oraliq moddalarni(ko`mir, neftь, gaz
va boshqalar) ko`plab chiqarish va ishlatish .
Yer yuzida tirik moddaning asosiy sayyoraviy funktsiyasi fotosintez
jarayonida quyosh energiyasini bog`lash va uni zaxiraga o`tkazishdir.
Organizmlar tog`
jinslarining nurashida, tuproq hosil bo`lishida, relьyef
shakllarini o`zgarishida, qazilma boyliklarning paydo bo`lishida va atmosferaning
hozirgi tarkibini vujudga keltirishda katta rol o`ynaydi.
To`xtovsiz davom etadigan va tirik organizmlar faoliyati tufayli tartibga
solinib turadigan moddalarning doimiy aylanishi biosferaning o`ziga xos
belgisidir. Atmosferada sarf bo`ladigan kislorod o`rnini fotosintez va boshqa
jarayonlar natijasida to`ldirib turiladi. O`simliklar karbonat angidridni yutib,
organik mahsulot yaratadi.
Biosferada suvning almashinuvida tirik moddalar katta rol o`ynaydi.
Biosferadagi organizmlar azot, kaliy, kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqalarni
aylanib yurishida bevosita ishtirok etadi. Demak, moddalarning tabiatda to`xtovsiz
aylanib yurishida tirik mavjudotlarning ahamiyati juda katta.
Biotik aylanishda million tonnalab fosfor va azot, katta miqdordagi kaliy,
kalьtsiy, temir hamda juda ko`p miqdorda suv ishtirok etadi.
Suvning aylanishida bug`lanish, transpiratsiya jarayonlari muhim rol
o`ynaydi. O`simliklarning yer ustki qismlari tomonidan suvning bug`lantirilishi
ko`tarish kuchini hosil qiladi, tuproqdan eritmalarni oladi. Ular o`simlikni suv
bilan birgalikda mineral tuzlar bilan ham ta’minlaydi. Suv tuproqdan bug` holatida
atmosferaga ko`tarilib, soviydi, keyin kondensatsiyalanib, yomg`ir holida u yana
quruqlikka yoki okeanlarga qaytib tushadi.
Biosferada SO
2
ham davriy aylanadi(19-rasm.). Atmosferada 0,03% SO
2
bor. Fotosintez jarayonida o`simlik atmosferadan SO
2
ni yutadi va organik modda
hosil qiladi va oziq zanjirlari orqali hayvonlarga o`tadi. Uglerod o`simliklar va
hayvonlarning nafas olishi va boshqa jarayonlarda ajralib chiqadi.
V.I.Vernadskiyning ko`rsatishicha, tirik organizmlar biosferada kimyoviy
elementlar migratsiyasi (ko`chib yurishi)ning asosiy omillaridir. Bu migratsiyani
ikkita qarama —qarshi, ammo, o`zaro bog`langan jarayon keltirib chiqaradi: 1)
quyosh energiyasi hisobiga anorganik tabiat elementlaridan tirik moddaning tarkib
topishi; 2) organik moddalarning energiya ajralib chiqishi bilan birga davom
etadigan yemirilishi. Bunday yemirilish jarayonida organik moddalar mineral
moddalarga aylanadi.
Turli moddalarning migratsiya qobiliyati mutlaqo bir xil emas. Lekin
davriy sistemadagi kimyoviy elementlarning ko`pchiligi biosferada faol ravishda
migratsiyalanish qobiliyatiga ega. Bunday faol migrantlarni ikki gruppaga bo`lish
mumkin:
1,
Do'stlaringiz bilan baham: |