O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY va O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMEZ MUXANDISLIK –TEXNALOGIYA INISITITUTI , TRANSPORT INSHOOTLARI VA AVTOMOBIL YULLARI kafedrasi , 3S-18 (204) GURUX TALABASI JO’RAQULOV SHAXRIYORning KO’PIRIKLAR TONELLAR YO’L O’TKAZGICHLARNI LOYIXALASH FANIDAN TAYORLAGAN PREZIDENTATSIYASI - REJA.
- 1. Koʻprik
- 2. Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligi
3. .Ko`priklar va yo`l otkazgichlar - Koʻprik — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, Koʻprikning avtomobil, temir yoʻl va piyodalarga moʻljallangan Koʻprik, yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar Koʻpriklari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va temir yoʻllar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall,
- temir-beton Koʻprikga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, Koʻprik doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. Koʻprik-kanal va Koʻprik-uylar ham boʻladi.
- Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari Koʻpriklar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch Koʻpriklar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang Koʻpriklar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh Koʻpriklar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi Koʻprikdan foydalanilgan. Choʻyan Koʻpriklar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) Koʻprik Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan.
- . Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon Koʻprik qurilishida yigʻma Koʻprik konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, Koʻprik konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton Koʻprik qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa.
- 2.Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar sifati va xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni, shuningdek yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash, yo‘l-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish sohasida texnik jihatdan tartibga solish borasida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
- Davlat inspeksiyasi o‘z vakolati doirasida ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarni loyixalash, qurish va ekspluatatsiya qilish ishlarini nazorat qiladi. Ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlar qurilishiga hurmatli Prezidentimiz tomonidan katta e’tibor berilishi xammaga ma’lum. Sifatli, barcha me’yoriy talablarga javob beruvchi, uzoq muddat ishlovchi ko‘prik inshootlari qurilishida o‘z hissamizni qo‘shish bizning asosiy vazifalarimizdan biri.
- Avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining deformatsion choklari va oraliq qurilma gidroizolyatsiyasining ishdan chiqish sabablari va bu nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari Axborot-tahlil Deportamentiga 2018 yil 15 fevraldagi 85-sonli xat orqaliyuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |