3G va 4G texnologiyalarining zaif joylari va ularga boladigan tahdidlar



Download 1,74 Mb.
bet1/3
Sana19.02.2022
Hajmi1,74 Mb.
#457546
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ishi OXUNOV


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI


TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
“TT VA KT” FAKULTETI
“TARMOQ XAVFSIZLIGI” FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Oxunov Temur (630-18 guruh)

Qabul qildi:



3G va 4G texnologiyalarining zaif joylari va ularga boladigan tahdidlar.

Reja


  1. 3G va 4Gning rivojlanish istiqbollari.

  2. Internet tushunchasi va texnologiyasi

  3. Tahdid va uning ishtirokchilari

  4. Mobil qurilmalar xavfsizligi nima uchun muhim

  5. IOT.3G va 4G zaif joylari



3G va 4G TUSHUNCHASI




4G'ning 3G'dan tez ekanligini sezmaslik uchun g‘orda yashash kerak. Lekin aslida 4G 3G'dan qanchalik tezroq?
4G'ning maksimal darajadagi yuklab olish tezligi 60 Mbit/soniyani tashkil qiladi, bu esa 3G'ga nisbatan 20 baravar ko‘proq.
Nazariy jihatdan, 4G tezligi 300 Mbit/s dan oshadi, ammo bunga faqat laboratoriya sharoitida erishish mumkin, xolos.
Internet tarmog‘i bo‘yicha tezlik 
4G qanchalik tezligini tushunish uchun biz texnologiyags eski uyali aloqa tarmoqlari, ya’ni 3G va 3G HSPA+ texnologiyalariga nisbatan qarashimiz kerak. Buning uchun 4G LTE'ning nazariy va real ishlashini ko‘rib chiqamiz.
Mobil tarmoq tezligini o‘lchash haqida gap ketganda, qiziqish uyg‘otadigan ikkita holat mavjud: nazariy va real tezligi.
Nazariy tezlik - bu mukammal sharoitga ega bo‘lgan laboratoriya muhitida erishish mumkin bo‘lgan tezlik, real tezligi esa har kuni telefon orqali haqiqiy mobil tarmoqdan foydalanishda kuzatish mumkin bo‘lgan tezlikdir.
Tarmoq tezligini aniqlash uchun biz tarmoqdan yuklab olish va tarmoqqa yuklash tezligini solishtiramiz.
Yuklab olish tezligi - bu internetdan telefoningizga yoki boshqa mobil qurilmangizga mobil ma’lumot uzatish tezligi. Masalan, video yuklab olish. Yuklash tezligi esa - ma’lumotni telefoningiz yoki mobil qurilmangizdan internetga uzatish tezligidir. Masalan, Facebook'ka rasm yuklash. 3G - bu odatda ko‘rish mumkin bo‘lgan eng sekin tezlik. 3G'ning real tezligi 3 Mbit/s va nazariy maksimal yuklab olish tezligi 7.2 Mbit/s ga teng. Agar siz videoni YouTube'dan 3G orqali yuklamoqchi bo‘lsangiz, masalan, uni yuklash uchun o‘n soniya kutishingizga to‘g‘ri keladi. 500 MB hajmdagi faylni yuklab olish 22 daqiqaga yaqin vaqtni oladi, kattaroq dasturlar, filmlar va albomlarni ko‘chirib olish esa bundan-da uzoq davom etadi.
3G'ning tarmoqqa yuklash tezligi yuklab olish tezligidan ancha past, odatiy tezligi 0.4 Mbit/s va nazariy chegarasi 2 Mbit/s . Amalda, 3G veb-sahifalarni ko‘rish va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda yaxshi, sahifalarni yuklash uchun bir necha soniya kutiladi, xolos. 10 MB hajmli fayl yoki rasmni yuklash uchun 25 soniya kerak bo‘ladi.
3G HSPA+ - bu 3G'ning takomillashtirilgan versiyasidir. Ushbu texnologiyada doimiy tezlik, odatda, 6 Mbit/s, nazariy jihatdan maksimal tezlik sa 42 Mbit/s tashkil etadi. Bunda video taxminan 5 soniya yuklab olinadi. O‘rtacha hajmdagi ilovalarni esa bir daqiqada yuklab olish mumkin, shu bilan birga yuqorida aytib o‘tilgan 500 MB faylni yuklab olish uchun 11 daqiqa vaqt ketadi.
3G HSPA+ tarmoqqa yuklash tezligi 3 Mbit/s gacha, nazariy maksimal esa 22 Mbit/s gachani tashkil qiladi. 10 MB fayl yoki rasmni yuklab olish uchun atigi 8 soniya vaqt kerak bo‘ladi.


2000 yildan oldi to’rtinchi avlod mobil texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish masalalari boshlangan bo’lsa, birinch marta 2009 yilning oxirida Stokgolm va Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi. Undan keyin dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga tushirdi. 4G tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi mumkin. Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha xizmatlariga qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan simsiz yechimlar, shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini qo’llab quvvatladi.




4G tarmoqlari 2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi va polosa kengligi 100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP texnologiyasini to’liq qo’llab quvvatlaydi. Batariya quvvati talab dajarasida ishlay oladigan 4G smartfonlar orasidagi axborot xavfsizligi darjasida yuqori va xizmat ko’rsatish sifafi (QoS) talab darajasida. 
 
7-rasm. 4G mobil tarmoqlari arxitekturasi 
4G mobil aloqa tarmoqlari 3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida ishlab chiqildi: WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) va LTE (Long-term evolution). Dunyoda ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX texnologiyasi va ba’zilari LTE texnologiyasi asosida qurib kelmoqda.
WiMAX texnologiyasi 2001 yilda birinchi marta ishga tushurilgan bo’lib, simsiz keng polosali aloqa texnologoiyasi IEEE 802.16e standartlari to’plami asosida ishlab chiqilgan va OFDMA (Orthogonal Frequency Division Multiple Access) texnologiyasiga asoslangan ushbu standart asosida ma’lumot uzatish tezligi soniyasiga 12Mbit/s yetadi. LTE tarmoqlarining asosiy elementlari haqida qisqacha ma’lumot keltirib o’tamiz.

Insoniyat o‘z tarixi davomida uchta axborot inqilobini amalga oshirgan: birinchisi – yozuvning kashf qilinishi, ikkinchisi – kitob bosishni kashf qilinishi va uchinchi axborot inqilobi – Internet.Hozirda Internet orqali yozishmalar, videoqo‘ng‘iroqlar va hatto savdo ishlarining bajarilishi hamma uchun oddiy holdir. Hattoki, hukumat ham o‘z vazifalarining muayyan bir qismini Internet orqali bajarmoqda. Global tarmoqning imkoniyati bu bilan cheklanib qolayotgani yo‘q. Nafaqat insonlar, balki insoniyatning kashfiyoti hisoblanmish turli xil maishiy texnikalar ham hozirgi kunda Internetdan foydalanmoqda.



Buyumlarning Internet tarmog‘i orqali o‘zaro muloqoti.
Buyumlar orasidagi ilk Internet orqali muloqotni amalga oshirgan maishiy texnika bu – tosterdir. Bu texnologiyani ilk bor Massachusets texnologiya instituti bitiruvchisi Jon Romkin amalda sinab ko‘rgan. U 1990-yilda TCP/IP protokoli orqali tosterni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalangan.
1999-yil Massachustes texnologiya institutida «Avtomatik identifikatsiya Markazi» (Auto-ID Center) radiochastotali identifikatsiya va yangi sensor texnologiyalari tashkil qilindi. Ushbu markaz bo‘limlaridan biri Cisco IBSG (Internet Business Solutions Group) fikricha: «Shunday vaqt bo‘ladiki, Internetga ulangan buyumlar soni insonlardan ham ko‘p bo‘ladi». 2003-yilda Yer yuzida 6,3 mlrd. aholi, Internetga ulangan, buyumlar esa 500 mln.ga yaqin edi. Har bir aholiga 0,08 tadan texnikalar to‘g‘ri kelgan. 2004-yil «Scientific American» ilmiy jurnalida «Internet ashyo» haqida maqola chop etilgan. Unda maishiy mahsulotlar (budil’nik-soat, konditsioner), uy tizimi (xavfsizlik, o‘simliklarni sug‘orish, yoritish), datchiklar (issiqlik, yoritish) va boshqa turli texnikalarning o‘zaro tarmoq orqali kommutatsiyasi va to‘liq avtomatik boshqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 2010-yilga kelib haqiqatdan ham Internet orqali boshqariladigan buyumlar soni aholi sonidan oshdi. Yer yuzi aholisi 6.8 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lsa, «Internet ashyo» esa 12,5 mlrd., ya’ni har bir kishiga 1,84 ta shunday texnikalar to‘g‘ri kelgan. Rob Van Kranenburg mashhur nazariyotchi fikriga ko‘ra, «Internet ashyo» o‘zining to‘rt avlodidan iborat bo‘lib, uning bosqichlari:
1-bosqich: har bir obyektning identifikatsiya aloqasi;
2-bosqich: har bir insonning o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi tizim, misol uchun: «aqlli uy»;
3-bosqich: shahar hayotining urbanizatsiyasi, misol uchun: «aqlli shahar»;
4-bosqich: sensorli sayyora. Bir nechta tarmoq orqali alohida megapolislar orasidagi tarmoq muloqoti.
Bashariyat uchun buyumlarni Internet orqali boshqarishni yo‘lga qo‘yishga quyidagi ikki omil sababchi bo‘lsa kerak. Birinchi va eng dolzarbi – erinchoqlik. Tasavvur qilib ko‘ring: o‘rningizdan turmagan holda nonushta tayyorlash. Buning uchun oshxona jihozlaringizni Internetga ulaysiz va ularning har birini o‘z mobil telefoningiz orqali istaganingizcha boshqarasiz. Ikkinchi omil esa – xavfsizlikka bog‘liqdir. Ko‘pincha uydan chiqqandan so‘ng dazmolni tokdan uzdimmi, gaz va suvni o‘chirdimmi, eshikni quluflab chiqdimmi kabi savollar o‘z-o‘zidan hammaning xayoliga kelishi mumkin. Shu kabi hayollarga chek qo‘yish maqsadida uydagi har bir texnikani Internet tarmog‘iga ulagan holda ularni boshqarish har bir insonga qulaylik tug‘diradi, albatta. Misol uchun, dazmolga ikki daqiqadan so‘ng undan foydalanilmayotgan holatda avtomatik tarzda o‘chishi kerakligi haqidagi ma’lumotni kiritib qo‘yish, suvni o‘chirmagan holda esa suvni nazorat qiluvchi datchiklar avtomatik tarzda ishga tushib suvni o‘chirishi hamda bu haqda uy egasiga Internet orqali xabar berishi. Uyingizning xavfsizligi maqsadida uydan chiqilgandan so‘ng oynalarning avtomatik tarzda yopilishi hamda kimdir o‘g‘irlikka tushmoqchi bo‘lsa, uydagi kameraning rasmga yoki video tasvirga olish funksiyasi orqali uy egasiga xabar berishi, uydagi signalizatsiya tizimini ishga tushishi va hattoki bu haqida militsiya xizmatiga ham xabar berishi qanday qulayliklarni yaratadi.
.
Buning yana bir qulayligini aytadigan bo‘lsak, uyga kirgan zahoti chiroqning avtomatik yonishi hamda uydagi haroratni me’yorlashtirish uchun konditsionerning o‘zi ishga tushishi, biror-bir ko‘rsatuvni avvaldan ko‘rishni o‘zingiz uchun belgilab olgan bo‘lsangiz, aynan o‘sha paytda televizorning o‘zi yonib bu haqda sizga xabar berishi qanday yaxshi. «Internet ashyo» ni xonadonda qo‘llash «Aqlli uy» texnologiyasi orqali hozirgi kunda rivojlanib bormoqda. Agarda bu texnologiyani uydan ham kattaroq bo‘lgan hududda, misol uchun, shaharda amalga oshirishimiz orqali «Aqlli shahar» termini vujudga keladi. Bu terminning ham o‘ziga yarasha qulayliklari mavjuddir. Jumladan, avtomobilingizga o‘tirishingiz bilan shaharning qaysi ko‘chasida tirbandlik bo‘layotgani va qaysi ko‘chada nisbatan mashinalar qatnovi kamroq ekani haqida ma’lumotga ega bo‘lish. Ofisingiz ham «Aqlli ofis» tizimida loyihalashtirilgan bo‘lsa, ya’ni mashinangiz ofisga yetishiga ikki daqiqa qolganda o‘zi Internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga va noutbukka xabar berib, siz kirguncha ularning hammasi ishga tushib tayyor holda bo‘lishi qanday ajoyib.

Shaharning ko‘chalarida tirbandlikni aniqlash.
Shunday ekan, yaqin kelajakda buyumlarning Internet orqali o‘zaro muloqoti «aqlli buyumlar» texnologiyasi nomi ostida rivojlanishiga va shu zamon kelishiga guvoh bo‘lamiz. Hozirda «Interneti » rivojlanish bosqichida bir qancha muammolarga duch kelmoqda. Bulardan ikkitasi yaqin vaqtlarda o‘z yechimini topishiga oz qoldi. Birinchisi yagona muloqot tilining mavjud emasligi bo‘lsa, ikkinchisi muloqot qilish uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqarilmaganligi. Buning natijasida, ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini xavfsizligi maqsadida, mahsulotlarini faqatgina o‘zlariga xos bo‘lgan protokollar orqali ishlashga mo‘ljallab chiqarishlari, oqibatda butun uydagi Internet ashyolarining hammasini faqatgina o‘sha firma tomonidan olishga majbur qilmoqda. Bu o‘z navbatida, xaridor uchun qimmatga ham tushmoqda. Yaqin kelajakda xalqaro standartning ishlab chiqarilishi natijasida, bunday texnologiyalar raqobatining oshishiga va buyumlar narxining ham arzonlashishiga olib keladi.
Bundan tashqari, texnologiyaning xavfsizligi ham muhim omillardan biri hisoblanib, agarda xavfsizlik yetarli darajada ta’minlanmagan bo‘lsa, bunday texnologiyadan hech kim foydalanmaydi. Axir kim ham xohlaydi – o‘z uyidagi buyumlarni oila a’zolardan tashqari chetdan boshqa bir odam boshqarilishini. Hattoki, jinoyatchilar ham uyning xavfsizlik tizimini bemalol buzib kira olishi kabi noqulaylik mavjud bo‘lib turgan hollarda. Buning uchun shaxsni tanish funksiyasining har tomonlama rivojlanishi va xavfsizlik tizimining ham mukammallashgan tarzda ishlashi lozim.
Shunday qilib, zamon tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda ekan, «Internet ashyo» texnologiyasining rivoji ham ko‘plab qulayliklar keltirishiga ishonchim komil. Erta tongdan uyg‘onishingiz bilan o‘z uyingiz bugungi ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berishi, mazali nonushta tayyor holda va bugungi qilishingiz kerak bo‘lgan ishlarni eslatishi, oynaga qaraganingizda sizning sog‘lig‘ingiz haqida axborot berishi, qayeringizda qanday kasallik yuzaga kelishi mumkinligi va hattoki, sizni doktor qabuliga ham yozdirib qo‘yishi mumkinligi, kerakli dori-vositasini o‘zingizga yaqin bo‘lgan dorixonadan qanchaga sotib olishingiz mumkinligi va oldindan buyurtma qilishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish, uyingizda qanday mahsulot tugayotgani va siz uchun kerakli barcha narsalar xaridi haqida ham ma’lumotlarni olib turish qanchalar yaxshi.
Bularning hammasi hozirda fantastika bo‘lib tuyilishi mumkin, biroq yaqin kelajakda bu sohaning rivoji inson hayotiga ulkan bir o‘zgarish olib kelishi aniq. Axir hamma texnologiyani Internet orqali avtomatik boshqarish orqali inson uchun qimmatbaho bo‘lmish vaqtini o‘zi va yaqinlari bilan birgalikda o‘tkazishiga, ko‘proq sevimli ishi bilan shug‘ullanishiga sarf bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida yangi imkoniyatlar yaratilishiga zamin yaratadi.


Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish