310
Ko‘p sonli qismlardan tarkib topgan, bir-biriga nisbatan
harakat qiluvchi mukammal personajlar,
mexanik qurilmalar yoki
boshqa obyektlarni yaratish uchun bog‘lanishlar yordamida
qismlashgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tashkil etish lozim.
Bog‘lanish
(link) – bu ikki obyekt o‘rtasidagi ulanish bo‘lib, unda
bir ob’ekning animatsiyalanishi boshqasida aks etadi. Qachonki
aloqadorlik aniqlansa, birinchi obyekt
bosh/ota
(parent) deb ataladi,
u bilan amalga oshiriladigan operasiyalar avtomatik tarzda
tobe/bola
(child) deb ataluvchi ikkinchi obyektga uzatiladi.
Zanjir (chain) – bu ota/bola ierarxiyasi o‘xshashligiga ko‘ra
tashkil etilgan o‘zaro bog‘liq obyektlar to‘plami. Agar ota qismi
ko‘chirilsa, bola qismi ham ko‘chiriladi,
shu boisdan bola qismi
nabira obyektlarining otasi hisoblanadi, oxirgisi o‘zining “otasi”
bilan birga ko‘chadi.
Agarda bog‘lanishlar va zanjirlardan foydalanilmaganda,
animatsiyalashni boshida obyektlar birdaniga alohida qismlarga
bo‘linib ketardi. Bog‘lanishlar orqali obyektlarni
birlashtirgandan
so‘ng ierarxik daraxt (hierarchical tree) hosil bo‘ladi, qaysiki bosh
tana (obyekt)ga ta’sir etganda unga tobe novda (obyekt)larga
uzatiladi, yagona katta novdani joyini o‘zgartirish unga bog‘liq
bo‘lgan kichik novdalarga ta’sir etadi. O‘z navbatida, ierarxik daraxt
animatsiyalar
bilan
ishlashda
obyektlar
o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘lanishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi (6.8-rasm).
6.8-rasm. Obyektlarning bog‘liqligi.
O‘zaro bog‘langan obyektlar qismlarini bir-biri bilan
birlashtirish lozimligi sira ham shart emas. Bo‘g‘inlarni bir qancha
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ulardan
foydalanish obyektlarning
butun zanjiriga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha
sharli birikma
(ball
311
point) deb ataluvchi bir bo‘g‘in insonning elka bo‘g‘imini eslatadi,
hamda o‘z joyini o‘zgartirish diapazoniga ega (6.9-rasm). Agar
o‘xshash erkinlik nomaqbul bo‘lsa, ba’zi aylanish o‘qlarini
blokirovka
(constraint) qilish yo‘li bilan uni cheklash mumkin.
Aylanish sohasini burchakli cheklanishlar yordamida ham
boshqarish mumkin, undan foydalanganda birikma belgilangan
yo‘nalishda qayrilishi yoki o‘ziga teskari tomonga bukilishi mumkin
emas.
6.9-rasm. Sharnirli birikma obyektlari.
Tizza bo‘g‘imiga o‘hshash
sharnirli birikmada
(hinge)
faqat
bitta o‘q atrofida aylanishga ruxsat beriladi. Undan eshiklar,
dastaklar va boshqa mexanik qurilmalar (yoki jism qismi)ni
yaratishda foydalaniladi.
Boshqa ko‘rinishda bug‘inlarni aylantirish umuman ruxsat
etilmaydi, ammo teleskop elementlarini tushirishga o‘xshash
obyektlarni bir-biriga harakatlantirib ichiga qo‘yish imkoniyati
saqlanib qoladi. Ushbu holatda obyekt
birikmasi ikkita obyekt
uzunligi bo‘ylab yo‘naltirilgan harakatlanishning yagona o‘qiga
bog‘langan. Shuningdek, obyektni alohida qismlarga ajralib
ketishiga yo‘l ko‘ymaslik maqsadida harakatlanib ko‘chish
masofasini
sozlash
mumkin.
Masalan,
eshik
qo‘ng‘irog‘i
tugmasining harakat erkinligini cheklash uchun birikmaga o‘xshash
nusxa qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: