266
Shadows (Soyalar) qism menyusida soyalarni yoqish/o‘chirish
(On parametri ro‘parasiga nazorat belgisi)
belgilanadi,
shuningdek,
tashlab yuboriladigan soyalar ko‘rinishini tanlash amalga oshiriladi.
3D Studio Max dasturida soyalarning besh xil ko‘rinishi
mavjud:
– Area Shadows (Hajmiy soya) – ba’zi sohada yotuvchi
(to‘g‘ri burchak, dumalok va b.) bir me’yorda
taqsimlangan
manbalar guruhidagi bitta manbani almashtirish hisobiga obyektdan
tushadigan soyani hisoblash amalga oshiriladi. Area Shadows
bo‘lmasida kerakli soha tanlanadi, shuningdek, chiqarib
tanlanadigan soyaning sifati va so‘nishi ko‘rsatiladi;
– Shadow map (Soyalar xaritasi) – vizuallashtirish jarayonida
sahnaga qoplanadigan rastr tasvirlar yaratiladi. Shadow Map Params
(Soyalar xaritasi parametri) bo‘lmasida soyalar xaritasining
o‘lchami (Size) beriladi;
– Ray Traced shadows (nurlarning yo‘nalishini belgilash orqali
yaratiladigan soyalar) – alohida yorug‘lik
nurlarini sahna
obyektlarida akslanishi va shaffof muhitda sinishini hisobga olib
yorug‘lik manbasidan kamera obyektivigacha o‘tishi nazarda tutadi;
– Adv. Ray Traced (kuchaytirilgan yo‘nalishlarni belgilash
orqali yaratiladigan soyalar) – Ray
Traced shadows ga nisbatan
muharrirlash uchun ko‘prok parametrlarga ega;
– Mental ray Shadow map – soyaning ushbu turi mental ray
vizualizatoridan foydalanishda yaratiladi.
General Parameters bo‘lmasining qo‘yi qismida Exclude
tugmasi
joylashgan, bu tugma yorug‘lik manbasidagi obyektlar va
soyalarni kiritish/chiqarish imkonini beruvchi parametrlar oynasini
ochadi (5.90-rasm).
Oynaning chapgi qismida
sahnadagi barcha obyektlar, o‘ng
qismida
kiritiluvchi/chiqariluvchi
obyektlar
(chap
qismda
joylashgan obyektlarni oynaning o‘ng qismiga olib o‘tish uchun,
dastlab keraklilari tanlab olinadi va ikkita strelkali tugma bosiladi)
joylashadi. Exclude (Chiqarish) parametri tanlangan obyektlarni
yoritmaydi, Include (Kiritish) parametri faqatgina tanlangan
obyektlarni yoritadi. Illumination (illyuminasiya (charog‘bonlik))
parametri faqat tanlangan obyektlarni yoritishni kiritilishi/chiqari-
lishini
bildiradi; Shadow Casting – faqat chiqarib tashlanadigan
267
soyalarni kiritish/chiqarish; Both (ikkalasi) – ikkala parametrlarni
kiritish/chiqarish.
5.90-rasm. Chapda: Exclude/Include oynasi parametrlari; O‘ngda:
yorug‘lik manbasidan sahnadagi ikkita obyektni chiqarish natijasi.
2. Intensity/Color/Attenuation (Intensivlik/Yorug‘lik/So‘nish)
bo‘lmasi quyidagi parametrlarga ega: Multiplier (Ko‘payish)
yorug‘lik intensivligi
va rangini belgilaydi; Decay (Susayish) –
yorug‘likni asta-sekin so‘nishi Start (so‘nish boshlanishini belgilash
tekisligi) parametriga bog‘liq.
5.91-rasm. Chapda: Attenuation (So‘nish) parametri diapazoni;
O‘ngda: Yorug‘likni so‘nishidan foydalanish natijasi.
Do'stlaringiz bilan baham: