3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124
Bog'liq
2-1051

Vizualizatorlar 
3D Studio Max dasturi obyektlarni vizuallashtirishning har xil 
turlaridan foydalanish imkonini beradi. Ularning har biri so‘nggi 
ko‘rinishdagi tasvirni yaratishda o‘ziga xos xususiyatga ega.
Standart vaziyatda vizuallashtirish uchun Scanline Renderer 
(Satrli vizualizator) buyrug‘idan foydalaniladi, shuningdek, yana bir 
o‘rnatilgan vizualizator Mental Ray mavjud.
Vizuallashtirish 
algoritmini 
tanlash 
Assign 
Renderer 
(Vizualizatorni tanlash) (Render Scene (Sahnani vizuallashtirish) 
oynasidagi Common sahifasi) bo‘lmasida amalga oshiriladi. 
Vizuallashtirish algoritmini uch xil parametrlar bo‘yicha tanlash 
mumkin: Production (Ishlab chiqarish); Material Editor (Materiallar 
muharriri); Active Shade (Faol ko‘rinish ekrani). 
Standart vaziyatda Production (Ishlab chiqarish) va Material 
Editor (Materiallar muharriri) parametrlari “qulf” belgisi orqali 
birlashtirilgan, shu sababli Production (Ishlab chiqarish) parametri 
uchun vizualizatorni bemalol tanlash etarli.
Izoh
: Active Shade (Faol ko‘rinish ekrani) buyrug‘i proeksiya 
oynasining qo‘shimcha menyusida joylashgan (Proeksiya oynasi 
nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi, so‘nga Views 


288 
(Ko‘rinishlar) bandi) va ixtiyoriy proeksiya oynasida qisman 
vizuallashtirishgan sahnani aks ettirish imkonini beradi.
Standart vaziyatda foydalaniladigan vizualizatordan tashqari
tanlash menyusida yana ikkita algoritm joylashgan: Mental Ray 
(Oqilona nur) va VUE File Renderer (VUE faylga vizuallashtirish). 
VUE File Renderer vizualizatori sahnadagi barcha vizual-
lashadigan obyektlar ro‘yxati bilan matnli faylni yaratadi.
Mental Ray vizualizatorida global yoritishni (Global Illu-
mination) quvvatlash o‘rnatilgan, shu sababdan u satrli vizu-
alizatordan foydalanishga nisbatan ancha realistik tasvirlarga ega 
bo‘lish imkonini beradi. Scanline Renderer algoritmi tasvirni satrli 
vizuallashtiradi, Mental Ray vizualizatori esa tasvirni bo‘limlarga 
ajratadi.
Ushbu vizualizator ikkita yorug‘lik manbasiga (mr Area
Omni va mr Area Spot), yorug‘lik manbalarida soyalarni hisoblash 
bo‘yicha o‘zining algoritmiga (mental ray Shadow map) va realistik 
obyektlar yaratish imkonini beruvchi o‘z materiallariga (masalan: 
SSS materiallari (Subsurface Scaterring – sirt osti aks) teri 
qoplamasiga o‘xshatib ishlash imkonini beradi) ega. 
Mental Ray vizualizatorining noyob jihatlari akustik va 
fotonlardan foydalanish hisoblanadi.
Kaustiklar (Caustics) effekti o‘zida yorug‘likni bir necha bor 
aks ettirish natijasi olingan yorug‘lik dog‘larining (shu’la) 
shakllanishini ifodalaydi (5.106-rasm).
Fotonlar (Photons) – muayyan energiyaga ega bo‘lgan 
yorug‘lik qismi bo‘lib, sahna obyektlariga va atrof muhitga 
sochiladi. Fotonlar sonini ko‘paytirish yorug‘lik aniqligini oshiradi.
Kaustiklar effektlari va fotonlar sonini boshqarish Render 
Scene (Sahnani vizuallashtirish) oynasidagi Indirect Illumination 
(Qisman yoritish) sahifasida amalga oshiriladi.
Renderer (Vizualizator) sahifasida vizuallashtirish algoritmlari 
va sifati (Sampling Quality (Tanlanmalar sifati) bo‘lmasi)) beriladi. 


289 
5.106-rasm. Kaustiklar effektidan foydalanish. 
O‘rnatilgan vizualizatorlardan tashqari, 3D Studio Max dasturi 
realistik sahnalar yaratishga sharoit tug‘diruvchi alohida tarzda 
ko‘shiladigan vizualizatorlardan foydalanish imkonini beradi. 
Ularga quyidagilar tegishli: V–Ray, Final Render va boshqalar. 5.8-
rasmdagi “shisha” obyekti V–Ray vizualizatori yordamida 
yaratilgan.
Sahna obyektlarini rastli tasvirlarga qoplash (background)
Zamonaviy kinematograf ko‘proq modellashtirilgan makonga 
real 
qaxramonlarni, 
shuningdek, 
yaratilgan 
uch 
o‘lchovli 
obyektlarni haqiqatda mavjud manzalarga qo‘yishdan foydalanadi.
3D Studio Max dasturi modellashtirilgan obyektni ikki 
o‘lchovli rastli tasvir bilan qoplash imkonini beradi (Background).
Qoplash jarayoni quyidagi algoritmlar bo‘yicha amalga 
oshiriladi: 
1. Uch o‘lchovli model yaratiladi (5.107-rasm). 
2. Qoplash uchun tasvir tanlanadi (Background) (5.108-rasm).
3. Bosh menyuning Views (Ko‘rinishlar) bandidan Viewport 
Background (Proeksiya oynasining orqa foni) buyrug‘i tanlanadi 
[Alt+B]. 
Bu 
buyruq 
tanlangan 
tasvir 
yoki 
videolavhani 
proeksiyaning faol oynasida aks ettirish imkonini beradi. 


290 
5.107-rasm. “Gul ekilgan tuvak”. 5.108-rasm. Orqa fon
(Background). 
Files (Fayllar) tugmasi orqali ochilgan oynada (Viewport 
Background) kerakli tasvir tanlab olinadi. Display Background 
parametri ro‘parasiga nazorat belgisini o‘rnatish tasvirni proek-
siyaning faol oynasiga aks ettiradi.
Apply Source and Display to (Tasvirni ishlatish va aks ettirish) 
qism menyusida ikkita parametrni tanlash mumkin: Active Only 
(Faqat proeksiyaning faol oynasida aks ettirish); All Views 
(Proeksiyaning barcha oynalarida aks ettirish).
4. Obyektni ko‘chirish, burish va masshtablash buyruqlari, 
shuningdek, proeksiya oynalarini boshqarish tugmalari (5.3-jadval) 
orqali proeksiyaning faol oynasida yaratilgan model orqa fon bilan 
qoplanadi (5.109-rasm).
5. Tanlangan obyekt vizuallashtirish jarayonida paydo bo‘lishi 
uchun, Environment and Effects (Atrof muhit va effektlar) (bosh 
menyuning Rendering (Vizuallashtirish) bandida joylashgan 
Environment buyrug‘i) oynasida joylashgan Environment Map 
(Muhit xaritasi) qism menyusida None (Hech narsa) tugmasini 
bosish kerak. Ochilgan Material Editor oynasida Bitmap parametrini 
tanlash (5.14-jadval 1-band), so‘ngra kerakli tasvirni tanlab olish 
lozim.
Izoh
: Use Environment Background (Muhit orqa fonidan 
foydalanish) buyrug‘i ro‘parasiga nazorat belgisi o‘rnatish, 
Environment and Effects (Atrof muhit va effektlar) oynasida 
berilgan, tasvirni proeksiya oynalarida aks ettirish imkonini beradi.


291 
5.109-rasm. Obyektni orqa fon 5.110-rasm. Oxirgi natija. 
bilan qoplash. 
6. Fon bilan oxirgi qoplashni amalga oshirish uchun obyekt 
yaratish Plane (Tekislik), qoplanadigan quyi obyektda uni 
joylashtirish va materialni qo‘llash Matte/Shadow (Maska/soya) 
(5.11-jadval 5-band) zarur (5.110-rasm).
Videomontaj va vizuallashtirish effektlarini yaratish (video 
post) 
3D Studio Max grafik muharriri vizuallashtirilayotgan tasvirga 
turli xil effektlarni qo‘yish imkonini beradi.
Effektlarni tanlash Environment and Effects (Atrof muhit va 
effektlar) oynasida Rendering (Vizuallashtirish) bandida joylashgan 
Environment buyrug‘i) oynasidagi Effects sahifasida amalga 
oshiriladi.
Effekt yaratish uchun Add (Yaratish) tugmasini bosish va 
ro‘yxatdan kerakli effektni tanlash zarur. Preview (Dastlabki 
ko‘rish) qism menyusi Frame Window (Freym) (Show Original 
(Originalni ko‘rsatish) tugmasi) oynasida tanlangan effektlarni 
ko‘rish imkonini beradi. Update Effect (Effektni yangilash) tugmasi 
obyekt parametri o‘zgarishini aks ettiradi. Nazorat belgisi 
o‘rnatilgan Interactive tugmasi real vaqtda effektning o‘zgarishini 
ko‘rsatadi.
5.16-jadvalda vizuallashtirish effektlari keltirilgan.
5.16-jadval 
Vizuallashtirish effektlari 


292 

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish