\376\377\000I\000n\000t\000e\000r\000f\000e\000r\000e\000n\000s\000i\000y\000a\000 \000m\000a\000v\000z\000u\000.\000 \000B\000e\000k\000c\000h\000a\000n\000o\000v\000a\000 \000F



Download 22,07 Kb.
bet2/7
Sana27.02.2021
Hajmi22,07 Kb.
#60162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
interferensiya mavzusini oqitishda innavatsion texnologiyalardan foydalanish (1)

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


Yanglikni yaratish va ijro etishni ta'minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo'linadi. Hozirgi davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish tizimi mavjud: yangiliklarning yuzaga kelish bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar; kashf etish bosqichi, ya'ni ob'yekt moddiy yoki ma'naviy mahsulot namuna ko'rinishidagi yangilik yaratishdir.Yaratilgan yangilikning amaliy qo'llanishi uni qo'shimcha ishlab kiritish orqali yuqori samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so'ng yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o'tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish sharti bilan amalga oshadi. Yangilikdan foydalanish davrida keyingi bosqichlar ko'rinadi. Bu bosqichda yangilikning tarqalishiga, uning yangi sohalariga qo'shilib, keng tadbiq etilishidan iborat. Yangilikning biror sohada hukmron bo'lishi, bunda, xususan, yangilik o'z yangiligini yo'qotib, yangilik sifatida mavjud bo'lmay qoladi. Yangilik qo'llanishining doirasi qisqarib, uning yangi mahsuldorligi bilan almashadi. Innovatsioan jarayon tuzilishi yangilikni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tib borishi bilan o`zgarib boradi. Shu bilan birga, yangilikning dinamik xususiyatlari va uning natijasi yakuni hamda samarasiga bog'liq bo'ladi. Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning amalga oshirganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlarida qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga bog'liqdir. Yangilikning samaradorligini uning natijasidan belgilash kerak bo'ladi. O'zgartirish har bir o'qituvchi rivojlanish darajasining asoslanishi pedagogning shaxsiy ichki yo'l yo'riqlari va ularni qayta yo'naltirish. Ta'limda interfaol metodlarni qo'llashning asosiy maqsadi o'quvchilarni faol ta'lim olish jarayoniga jalb qilish, ularga bilish hamda izlanish malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, umumta'lim maktablari fizika fani bo'yicha o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishda faoliyatni oshirishdaniboratdir.

Interfaol metodlar o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, bir-birini to'liq tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi – dars qaysi shaklda bo'lmasin, qaerda o'qitilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O'qituvchi darsida tegishli muammolarga o'quvchilarni jalb etish, ularning harakatini faollashtirish va natijada o'zlashtirishlarini ta'minlash lozim. Ta'lim jarayoniga bilish vazifasini qo'yilishida muammoli savollar asosiy o'rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyatlar yaratishning har qanday usullariga tegishli ravishda qo'yiladi. Bilishga doir savol o'quvchilar uchun muayyan darajada qiyin bo'lishi, ulardagi mavjud bilimlarning cheklanganligini ko'rsatish va ayni vaqtda, ular bajara oladigan bo'lishi, ya'ni idrokning hayotiy tajribaga va nazariy bilimlarning qay darajada egallaganliklariga bog'liqligini hisobga olish zarur. Fizika darslarida o'quvchilarning erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda ''Aq1iy hujum'' texnologiyasidan fodalanish yaxshi samara berishini biz o'z tajribamizda ko'rishimiz mumkin. Chunki, fizika fanining har bir mavzusi hoh u nazariy bo'lsin, hoh u amaliy bo'lsin, muammoli savollarga duch kelasiz. Bunday vaziyatlarda o'quvchilarning vaziyatdan chiqib ketishi uchun bu metod samarali hisoblanadi. O'quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga savollar beriladi. Ular bu savollarga bir birlari bilan o'ylashgan holda javob topadilar. Bir birlariga qarama-qarshi fikrlar bilan yangi g'oyalar yaratadilar. Masalan Difraksiya mavzusini olaylik. O'quvchilarga difraksiya haqida o'quvchilarga nazariy ma'lumotlar beriladi va o'quvchilar berilgan savollarga birgalikda javob topadilar. Bu holatda o'quvchilar olgan nazariy bilimlarni berilgan savollarga javob topish orqalimustahkamlaydilar.





Download 22,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish