\376\377\000A\000.\000B\000e\000k\000m\000u\000r\000a\000t\000o\000v\000a\000 \000 \000 \000 \000 \000 \000T\000a\000s\000v\000i\000r\000i\000y\000 \000s\000a\000n\000`\000a\000t\000 \000d\000a\000r\000s\000l\000a\000r\000i\000d\000a


Umumta`lim maktablarida tasviriy san`at darslarining maqsadi va



Download 342,25 Kb.
bet8/8
Sana13.01.2022
Hajmi342,25 Kb.
#357518
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tasviriy sanat darslarida oquvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish (1)

Umumta`lim maktablarida tasviriy san`at darslarining maqsadi va vazifalari

Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir.



Tasviriy san’at o`quv predmeti har bir inson uchun zarur bo`lgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. CHunki, har bir o`quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo`ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko`rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. SHuningdek, ko`pchilik o`quvchilar o`zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to`g`ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, u o`qituvchilar, injenerlar, mediklar, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Ularning har biri o`z faoliyatlarida rasm, sxemalar, diagrammalar, eskizlar orqali so`z bilan tushuntirib bo`lmaydigan o`z g`oya va fikrlarini tasvirlab ko`rsatishga harakat qiladilar. Lekin bu maktablarda tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Maktablar o`z nomiga ko`ra umumiy o`rta ta’lim maktablari deb nomlanib, bolalarga boshqa fanlar qatori tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan umumiy, elementar bilim va malakalar berishni vazifa qilib qo`yadi. YAna shuni ham qayd qilish lozimki, umumiy o`rta ta’lim maktablari rassomlarni tayyorlamaydi, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirish bilan ham shug`ullanishni nazarda tutmaydi. Rassomlar tayyorlash, iqtidorli bolalar bilan ishlash maktab to`garaklarida, maxsus

maktab va akademik litseylarda, kollej va oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. SHuning uchun umumiy o`rta ta’lim maktablarida haddan ziyod, bolalarni qiynab qo`yadigan, ortiqcha zo`riqishga olib keladigan topshiriqlar berishga harakat qilish to`g`ri emas. Maktablarda tasviriy san’atdan beriladigan elementar bilim va malakalarga yarasha o`qitish metodlarini qo`llash zarur bo`ladi. Biroq tasviriy san’atdan oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida qo`llanilayotgan o`qitish metodlarining ayrim jihatlaridan foydalanish inkor etilmaydi. SHuningdek, ulardan to`laligicha umumiy o`rta ta’lim maktablarida foydalanish ham pedagogik jihatdan to`g`ri emas.



Maktabda tasviriy san’at mashg`ulotlarining vazifalari haqida to`xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bo`lish mumkin:

      1. Tasviriy san’at darslarining o`ziga xos, maxsus vazifalari hisoblanib ular: borliqdagi va san’atdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o`rgatish; estetik va badiiy didni o`stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san’atning nazariy asoslari (yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan elementlar malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, ko`rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarni, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda o`qiy olishga o`rgatish; san’atga nisbatan qiziqish uyg`otish, uni qadrlashga, sevishga o`rgatish.

      2. Tasviriy san’at darslarining qo`shimcha vazifalari, ular: borliqni, hayotni bilishga ko`maklashish; milliy g`urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; bolalarda axloqiy (vatanparvarlik, baynalminal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli kasb va hunarlarga yullash.

Tasviriy san’at o`quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to`xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o`qitiladigan deyarli barcha o`quv predmetlari bilan bog`lanadi va ular yuzasidan materiallarni

o`zlashtirishga samarali ta’sir ko`rsatadi. Ayniqsa, u o`qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at, hattoki fizika, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydalidir. SHuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo`lsada, u axloqiy, mexnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Har qanday o`quv predmeti ta’lim mazmunida, albatta, o`zbek halqi yaratgan beqiyos boy, madaniy va ma’naviy merosni o`ziga asos qilib olishi lozim. SHunday ekan, o`zbek halqining dunyoga mashhur bo`lgan me’morchilik, amaliy va tasviriy san’at asarlarini maktablarda boshqa materiallarga qaraganda kengroq va chuqurroq o`rgatilishi talab etiladi. SHu bilan birga maktablarda ta’lim mazmunining viloyat va shaharlar bo`yicha tabaqalashtirilishi ham maqsadga muvofiqdir. CHunki, O`zbekistonning viloyat, shahar, hattoki qishloqlarida amaliy san’at va me’morchilikning rivojlanishida o`ziga xoslik bor. Buni Buxoro, Samarqand, Kattaqo`rg`on, Rishton, SHahrisabz, Nurota, Marg`ilon, Ғijduvon, Urgut, Xo`jayli va boshqa shaharlarning san’atida ham yaqqol ko`rish mumkin.

«Мамлакатимизнинг истиқлол йўлидаги биринчи қадамлариданоқ, буюк маънавиятимизни тиклаш ва янада юксалтириш, миллий таълим- тарбия тизимини такомиллаштириш, унинг миллий замонини мустаҳкамлаш, замон талаблари билан уйғунлаштириш асосида жаҳон андозалари ва кўникмалари даражасига чиқариш мақсадига ката аҳамияб бериб келинмокда», - деган эди юртбошимиз И.А.Каримов [6; 97].

Албатта, мilliy san’atimiz bizning faxrimiz, uni biz keng o`rganishimiz tabiiy xoldir. Lekin, jahonda hamma halqlar tomonidan tan olingan umuminsoniy badiiy qadriyatlar ham mavjud. Ularni o`quvchilarga o`rgatmasdan turib, halqimiz jahon madaniyatida o`z o`rnini topa olmaydi.

Aks holda, o`quvchilarimiz milliy qobiqga o`ralishib qolib, jahon durdonalaridan bahramand bo`la olmay qoladilar. SHuni alohida qayd qilish lozimki, ko`p asrlik milliy-badiiy madaniyatimiz (tasviriy san’at, dekorativ- amaliy san’at, me’morchilik san’ati) haqida tegishli bilimlar berish bilan bir qatorda o`quvchilarga tasviriy va amaliy san’atdan beriladigan malakalarni unutmasligimiz zarur.

Maktabda tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga yo`naltirilgan asosiy o`quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

-o`quvchilarning tabiat, san’at va hayotdagi go`zalliklarni idrok etishga o`rgatish:

-o`quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go`zallikni baholay olish qobiliyati, xaqiqiy go`zallikni xunik voqea va narsalardan farqlay bilishga o`rgatish;

-shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o`zini ko`rsata bilishga, hatti- harakatini qo`llab-quvvatlash va hayotga go`zallik kiritish malakalarini o`stirish:

-bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.

Tasviriy san’at o`quv predmeti o`z xarakteriga ko`ra estetik tarbiyaning asosini tashkil etuvchi estetik idrok, estetik zavq, estetik his-tuyg`u, estetik did, estetik mulohaza, estetik baholash, estetik ijod kabi sifatlarni o`stirishda katta rol o`ynaydi. Dekorativ kompozitsiya darslarida o`quvchilar naqshlar, amaliy san’at buyumlaridagi go`zallikni his qiladilar va o`zlari ham shunday kompozitsiyalar tuzishga harakat qiladilar. SHu maqsadda, bolalarga halq amaliy san’ati namunalari ko`rsatiladi, ularning shakl va ranglarini tahlil qilib beriladi. O`quvchilar o`zbek va qardosh halqlarning naqshlarini kuzatish va o`rganish orqali ularning shakl va ranglaridagi go`zalliklarni, shakl va rasm ranglarining garmonik birligini tushunadigan bo`ladilar. Ming yillar mobaynida ustadan-ustaga, qo`ldan-qo`lga o`tib, har jihatdan takomillashib,

go`zallashib borgan halq san’ati namunalari bolalarni xayratga soladi va ularda tajribali ustalar kabi ifodali amaliy san’at asarlari yaratish ishtiyoqi paydo bo`ladi. Gullar, hayvonlar va parandalarni natura sifatida kuzatish va tahlil qilish jarayonida o`qituvchi ularning tuzilishidagi shakl, rang, o`lchovlari, harakatlaridagi nafosatni qayd qiladi.

O`quvchilarni tabiatdagi narsalarning yorqin va yaltiroqligi, nafis va tozaligi, ular bo`laklarining qaytarilishi yoki almashinishi, simmetrik tarzda joylashuvi to`lqinlantiradi. Tabiatdagi gullarning rang va shakllarining turli- tuman bo`lishi, kapalak va ninachilar, qushlarning engil parvozi, baxorgi va kuzgu manzaralarning chiroyi, manjuntolning suluvligi, maysazorlarning quyosh nuri ostida jilvalanishi, uy derazalarining kechgi miltillab ko`rinishi hayajonlantiradi. Bolalarda bunday estetik his-tuyg`uning o`sishi, ularda predmet va hodisalar xususiyatlarini estetik baholash malakalarining shakllanishiga olib keladi. Bolalarning faoliyatlarida obrazli iboralarning, ya’ni “xushbichim”, “quvonchli”, “bayramdagidek” ishlatilishi ularda borliq va hodisalarni estetik idrok etish malakalari shakllanayotganligidan dalolat beradi.

O`quvchilarning estetik idrokini tarbiyalashda tabiatdagi rang gammalarining bolalar tomonidan idrok etilishiga alohida e’tibor beriladi. Bolalarni faqat rang nomlarini bilishlariga emas, balki ularni ko`ra bilishlariga, tevarak-atrofdagi chiroyli rang birikmalarini qidirib topishga ham o`rgatiladi.

O`qituvchi shoxcha va barg chiqargan daraxtlarni bolalarga ko`rsatish orqali yosh barglarni rangi och yashil va nozik ekanligini qayd etadi. Bahorgi yomg`irdan so`ng o`simlik barglarining tozaligini, ularni xuddi yuvib qo`ygandek ko`rinishi, ulardagi yomg`ir donalarining kumushdek yaltirab ko`rinishini takidlaydi. Kuz faslidagi tabiatda daraxt barglarining sariq va qizg`ish ranglarining oltin tusga kirganligini, to`kilgan barglarning shildirab “gaplashishi” obrazli ko`rinishda ifodalanadi. Bolalar o`z rasmlarida uy,

daraxt, qushlar, hayvonlar, odamlar, transport vositalarini tasvirlaydilar. Bundan ular so`zsiz tasvirlanuvchilarning o`lchovlari, proportsiyalari, fakturasi, shakllari, rangiga duch keladilar va ularni rasmda kompozitsion jihatdan to`g`ri joylashtirishga harakat qiladilar. Bu esa ularning tuzilishidagi proportsionallik, mukammallik, maqsadga muvofiqlik haqida fikr yuritishga undaydi. Bolalar narsa va xayvonlarni shakl va rang jixatdan o`ziga jalb etadigan tomonlari, ularni qaysi tomondan chiroyli ko`rinishi, ularning yaxshi va foydali tomonlari nimadaligi haqida o`ylaydilar. O`quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar haqida o`ylar ekanlar, o`qituvchi o`z e’tiborini ularning tushunchasiga mos bo`lgan voqea va hodisalarning go`zalligi va mukammalligiga qaratadi. U go`zallik kechinmalari orqali bolalarni tevarak – atrofdagi hodisa va voqealarni baholay olishga o`rgatishga harakat qiladi, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga muhabbat his-tuyg`ularini uyg`otadi.

O`qituvchi san’atshunoslik asoslari darslarida o`lkamiz tabiati, halqimizning fidokorona mehnati, buyuk ajdodlarimizning mustaqillik uchun qahramonona kurashi kabi mavzularda yaratilgan ko`plab asarlarni namoyish etish va tahlil qilish jarayonida ulardagi nozik nafosatni ochib berishga harakat qiladi. Bu borada rassomlardan O`.Tansiqboev, N.Karaxan, A.Mo`minov, L.Salimjonova, I.Jabborov, CH. Axmarovlarning yuksak badiiy saviyada yaratgan asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Tasviriy san’at bolalarni borliqni, hayotni bilishga yordam beradi. Ular narsa va hodisalar rasmini chizishga kirishishdan avval narsalarning tuzilishi, shakli, o`lchovlari, rangi, fazoviy holatlarini o`rganadilar va ularni o`z ishlarida tasvirlaydilar. Kuzatilayotgan jonli narsalarning hayoti haqida ham tasavvurga ega bo`ladilar, natijada bolalarning dunyo haqidagi tasavvurlari chuqurlashadi va kengayadi, xotiralari rivojlanadi.

Tasviriy san’atning tarixiy, batal janridagi rangtasvir asarlari, adabiy asarlarga ishlangan illyustratsiyalarni kuzatish asosida bolalar ming yillar

oldin yashab o`tgan ajdodlarimizning turmush tarzi, madaniyati, kiyinishi, ish qurollarini bilib oladilar. O`sha davrdagi binolar, o`simliklar, xayvonlar, buyumlarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Ma’lumki, bolalar, tarixiy. batal, manzara, turmush, natyurmort, animal, afsonaviy janrlarda ishlagan rasmlarda tarixiy voqealar, jangu- jadallar, halqlar hayoti, hayvonlar, shahar va tabiat manzaralari haqida ko`pgina bilimlarga ega bo`ladilar.

O`quvchilarni mantiqiy va abstrakt fikrlashga o`rgatishda tasavvur va xotirani, ijodkorlik va fantaziyani rivojlantirishda maktabda tasviriy san’atni oldiga tushadigan bironta ham o`quv predmeti yo`q. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida ijodiy fikrlashga o`rgatishda katta o`rinni egallaydigan fanlardan matematika ham bunday imkoniyatga ega emas. Xususan, matematika darslarida o`nta masalani bir yo`l yoki bir formula asosida echilsa, tasviriy san’at darslarida o`quvchilar bir masala (topshiriq) ni bir necha yo`l bilan echadilar, u so`zsiz bolalarni fikrlashga, ijodiy o`ylashga yo`naltiradi. Aytaylik, o`quvchi u yoki bu hayotiy yoki afsonaviy mavzularda kompozitsiya ishlash jarayonida, mavzu bilan bog`liq bo`lgan voqeani eslashga harakat qiladi. Bunda voqea qaysi davrda, qaerda yoki boshqa sayyoralardami, suv ostidami, tabiat qo`ynidami yoki uy ichidami, rasmda odamlar tasvirlanadimi yoki hayvonlarmi, tasvirlanadigan mavjudodlarning tuzilishi, shakli, ranglari, o`lchovlari qanaqa bo`lishligi haqida o`ylaydilar.

Eng muhimi, qog`oz yuzasida mazmun kompozitsion jihatdan qanday joylashtirilishidadir. SHuningdek, tasvir variativlik, kombinatsiya, muqobillik va boshqalar asosida ishlanadi. Bolalar rasm ishlashda tasviriy san’atning nazariy asoslari-yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiyaning qonun va qoidalarini tasavvur qiladilar va qo`llaydilar. Ular o`z rasmlarini ijodiy, yangi, qaytarilmas mazmunda bo`lishligiga harakat qiladilar [27; 47-48].

Tasviriy san’atni o`qitish jarayonida qo`yiladigan topshiriqlar esa o`quvchilarni birdan bir va betakror o`z shaxsini, aqliy imkoniyatlarini namoyon etishga yo`llaydi. Bolalar o`quv topshiriqlarini echishda o`zlarini ijodkor bo`lishga undaydilar. Ular ijodkor uchun avvaldan ma’lum bo`lgan yo`ldan muammoni tez va oson hal qilib qo`yaqolmay, balki masalani yangicha, qaytarilmas echimlar orqali o`zlarining ijodkorlik va hayolotlarini, me’yor va uyg`unlik sifatlarini ishga soladilar. Natijada ma’lum miqdorda orginal, yangi qaytarilmas ijod mahsuli dunyoga keladi.

Ijodkorlik, ijodiy fikrlaydigan shaxslar ular oddiy ijrochilar emas, ular jamiyatni rivojlantiruvchi asosiy kuchidir. SHuning uchun ham jamiyatimizga robotsimon ijrochilar emas, fikrlovchi, izlanuvchan, ijodkor, tashabbuskor kishilar kerak. Jamiyatimizning ravnaqi ko`p jihatdan ana shunday kishilarga bog`liq. Jamiyatimizda fikrlaydigan, izlanuvchan, ijodkor, hayotda ko`zda tutilmagan har qanday vaziyatlarda muammoni tez va oson echimini topa oladigan kishilar halqimizni taraqqiyotining yangi bosqichga ko`taradilar.

Ijodiy tafakkur butunlay yangi g`oyalar va tasavvurlarni vujudga keltiradi, shaxsda yashiringan qobiliyat va imkoniyatlarni, o`ziga xoslikni ruyobga chiqishga yordamlashadi. SHuni ham alohida qayd qilish lozimki, bunday sifatlar faqat olimlar uchungina emas, balki hamma sohada ishlovchilar (injenermi, vrachmi, dexqonmi, nonvoymi v.b) uchun muhimdir.

SHuning uchun ham ta’lim tizimida tafakkur va ijodkorlikni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri deb qaraladi. SHu nuhtai nazardan qaraganda umumiy o`rta ta’lim maktablarida ijodiy tafakkurni o`stirishda tasviriy san’at darslari boshqa fanlar orasida eng katta o`rinni egallaydi.

O`quvchilarning ijodkorligi esa ko`proq bolalarda diqqat va tasavvurni o`stirishi bilan bog`lanadi. O`quvchi ayniqsa, boshqa sayyoralar, suv osti dunyosi, afsonaviy hayvonlar (dev, kentavr, suv parisi, dengiz shoxlari v.b.) bilan bog`liq rasmlar ishlaganda tasavvurni kuchli ishga solmasdan turib topshiriqni samarali hal qilolmaydi. Qolaversa har bir ijodiy ishni tasavvursiz

va diqqatsiz echib bo`lmaydi. SHuningdek bu masala bolalarda his-hayajonni rivojlantirish bilan bog`liq. Ma’lumki, bolalar nihoyatda hayajonga boy bo`ladilar. Bolalarni narsalar tasviridagi turfa rang va shakllar, real va afsonaviy obraz va ko`rinishlar, voqea va hodisalar larzaga soladi, ularni to`lqinlantiradi.

Tasviriy san’at o`quv predmetining muhim vazifalaridan biri, u bolalarda kuzatuvchanlikni o`stirish, borliqni ko`ra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivojlantirish hisoblanadi. Ma’lumki, odamzod tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90 foizidan ortig`ini ko`z orqali oladi, qolgan 10 foizini quloq, burun, og`iz v.b. a’zolar orqali o`zlashtiradi. Bundan ko`rinib turibdiki, kishilar faoliyatida ko`z va xotirani rivojlantirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu sifatlar bolalar tomonidan borliqni idrok etish mashg`ulotlarida, shuningdek, naturadan tasvirlash, san’atshunoslik asoslari mashg`ulotlarida alohida ahamiyatlidir. Bunday darslarda o`quvchilar narsalar va hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, fazoviy joylashuvi, harakat go`zalligini kuzatadilar hamda ularni o`z xotiralarida saqlab qolishga harakat qiladilar. Kuzatuvchanlikni mohiyati shundaki, bunda bolalar narsa va hodisalar haqida keng va chuqur tasavvurga ega bo`ladilar. Masalan, kuzatuvchanligi rivojlanmagan kishilar gulni kuzatar ekanlar unga nisbatan yuzaki yondoshadilar, ya’ni gul bandi, guli, yaproqlari, gul rangiga o`z e’tiborlarini qaratadilar. Kuzatuvchanligi rivojlangan kishilar esa gullarning gul bandi, guli yaproqlari va boshqalarning o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, har bir qismning rangi, yaproq va gulbarglarining joylashuvini bir ko`rishdayoq eslab qoladilar. Bolalarning kuzatuvchanligi va sinchkovligi o`z o`rnida narsalar haqidagi ma’lumotlarni xotirada yaxshi saqlanib qolishiga ta’sir ko`rsatadi. SHuning uchun ham xotirani, ayniqsa ko`z xotirasini rivojlantirishda tasviriy san’at o`quv predmetining qanchalik ahamiyatli ekanligi oydinlashadi.

Tasviriy san’at darslarining eng muhim vazifalaridan biri tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlari asarlarini o`qishga o`rgatishdir. Tasviriy san’at asarlari ertak, hikoya, doston, roman kabi ma’lum bir mazmunni aks etiradi. Biroq uni kitob o`qigandek o`qib bo`lmaydi. Tasviriy san’at asarlarini o`ziga xos tili bor. Ularni bilgan kishilargina o`qiy oladilar. Xususan, rassomlar chiziqlar, ranglar, o`lchovlar, kompozitsiya, proportsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar. Bu borada shuni alohida qayd qilish lozimki, san’at asarlari, ayniqsa, tarixiy, turmush janridagi asarlar, ayrim halq va mamlakatlar haqida to`la-to`kis va keng qamrovli ma’lumotlarni o`z ichiga oladi. Bularni o`qiy olgan shaxslargina asarlarda ilgari surilgan g`oyalarni, tasvirlangan mazmunni chuqur idrok eta oladilar. SHuningdek, ular asarning badiiy qiymatini aniqlay oladilar va unga tegishli bahoni ham bera oladilar. SHu bilan bir qatorda asarlardagi go`zallik, ko`tarinkilik, qaxramonlik kabi sifatlardan mamnunlik va zavqlanish hosil qiladilar.

Tasviriy san’at o`quv predmeti yoshlarning estetik tarbiyasida ahamiyatli bo`libgina qolmay balki, axloqiy tarbiyada ham salmoqli o`rinni egallaydi. Ayniqsa, tasviriy san’at darslari yoshlarda milliy g`urur va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyada, do`stlik va o`zaro yordam g`oyalarini tashkil toptirishda katta kuchga ega. Maktab tasviriy san’at dasturiga nazar solar ekanmiz unda Vatanimizning buyuk o`tmishi, vatandoshlarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari, O`zbekistonning nafosatga to`la tabiati, halqlar do`stligi g`oyalarini ifoda etuvchi tasviriy san’at asarlari bilan to`lib toshganligini shoxidi bo`lamiz. Masalan, ona-tuproq uchun kurash olib borgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen, Muqanna kabi buyuk vatandoshlarimiz hayoti va obrazlarini, O`zbekistonning rangorang go`zal manzaralarini, o`zbek halqining Respublikamizda yashayotgan boshqa millat vakillari bilan tinch-totuv mehnat qilayotganligini ifodalovchi tasviriy san’at

asarlari mavjud. Ularni o`rganish jarayonida bolalar san’atning qonun va qoidalari bilan tanishadilar, yuqorida qayd qilingan mazmunda rasmlar ishlaydilar, O`zbekistonning shirin-shakar va rangorang mevalari, gullaridan tuzilgan natyurmortlar rasmini ishlaydilar, natijada ularda Vatanga va o`z halqiga nisbatan mehr–muhabbat, milliy g`urur kabi sifatlar shakllantiriladi.

“Daladagi ishlar”, “Ko`chat o`tkazish”, “hosilni yig`ib terib olish”, “Fermada”, “Bizning qurilishlarimiz ” kabi mavzularda rasm ishlash, halqimizning turli sohadagi (mediklar, kosmonovtlar, o`qituvchilar, olimlar, madaniyat va san’at arboblari, qishloq xo`jaligi xodimlari v.b.) shijoatli mehnatini, mehnat qahramonlarining obrazlarini ifodalovchi tasviriy san’at asarlarini namoyish etish orqali bolalarda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.

hozirda umumiy o`rta ta’lim maktablarining vazifalaridan biri bolalarni turli kasb va hunarlarga yo`llash hisoblanadi. Ma’lumki, har bir bolada u yoki bu hunarga, ilmga havasi bo`ladi. Bu havas har doim har bir bolada ochiq namoyon bo`lmaydi, ayrimlarida ochiq, ayrimlarida yashiringan bo`ladi. Maktab jamoasining, har bir o`qituvchisi va tarbiyachisining vazifasi har bir boladagi mavjud havasni rivojlantirish, yashirincha havasini ro`yobga chiqarib, ularni san’atni tushunish va hurmat qilishga o`rgatishdan iborat. Maktabdagi boshqa fanlar qatori tasviriy san’at darslarida ham bolalarni ko`pdan-ko`p hunar va kasblarga yo`naltirish, ularni tarbiyalash imkoniyatlari bor. Xususan, rassomlar tomonidan ishlangan san’at asarlarida mashhur turli kasb egalari, bunday kishilarning ish jarayonlari (mehnat qahramonlari, xizmat ko`rsatgan kishilar, militsiya xodimlari, olimlar, o`qituvchilar, injenerlar, dehqonlar v.b.) aks etadi. SHuningdek, tasviriy san’at haqida olib boriladigan suhbatlarda mashhur halq amaliy san’ati ustalari, rassomlar, haykaltaroshlarning hayoti va ijodi haqida fikr yuritiladi.

Tasviriy san’at darslarida bolalar turli kasb va hunarlar haqida rasm ishlaydilar (Masalan, “Novvoy”,“Fermada”,“Qurilishlar”, “Olimlar munozarasi”, “TSirkda”,“Otchoparda”, “Fazoga parvoz”, “Sport o`yinlari”,

“CHavandoz”,“Kurash”, “Sahnadagi o`yin”, “hayvon o`rgatuvchi”, “hosilni yig`ib terib olish”, “Dorbozlar”, “Avtopoyga”, “Sehrgar”, v.b.). Bunday mashg`ulotlarda o`qituvchi so`zsiz suvratda aks etgan kasblarning mazmuniga to`xtaladi hamda bu kasblarga bolalarni qiziqtiradi.

hozirgi kunda biz bolalar orasida maktabdan bezish hollarining ko`payish kuzatilmoqda hamda jinoyatchilik va qonunbuzarlikning oshib bormoqda. Bolalarda madaniyatning pastligi, ularning bo`sh vaqtlarini san’at, sport bilan band qilib qo`yilmaganligi, o`qish jarayonida bolalarning qiziqishlarining hisobga olinmaganligining, bolalarga maktabda inson emas mehnat resurslari sifatida qarab kelinayotganligi oqibati deb bilamiz. Bundan buyon ta’limni insonparvarlashtirish talabalaridan kelib chiqqan holda totalitar tuzum davrida maktablarda va maktablardan tashqari muassasalarda ro`y berib kelgan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim va tarbiya ishlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida amalga oshirish hozirgi kunning asosiy vazifalardan bo`lib turibdi. SHuni yaxshi bilish lozimki, badiiy madaniyat asoslaridan hisoblangan tasviriy san’at, bu bolalarning ko`ngil ochuvchi o`quv predmeti emas, balki bolalarga ijodkorlikni, tafakkurni badiiy-estetik didni, fahm- farosatni o`stiruvchi, shuningdek kuzatuvchanlik va hayotni bilishga, uni o`zgartirishga, ezgulikni yovuzlikdan farqlashga o`rgatuvchi o`quv predmeti deb qaramoq lozim. Tasviriy san’at ijodiy ishlar jarayonida o`z vazifalarini bajara borib bolalarga quvonch va qalb ko`tarinkiligini olib keladi, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.


  1. 2. Borliqni idrok etishda o`quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirish


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o`quv predmetining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan va ta’limning davlat standartlariga asoslangan holda ta’lim mazmuni aniqlanadi. Tasviriy san’at dasturida uning quyidagi besh turi belgilangan:



    1. Borliqni idrok etish (1-4 sinflarda). 2. Badiiy qurish-yasash (1-4

sinflarda). 3. San’atshunoslik asoslari (5-7 sinflarda). 4. Naturaga qarab

tasvirlash (1-7 sinflarda). 5. Kompozitsion faoliyat (1-7 sinflarda).

Borliqni idrok etish o`quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari, tasavvur va xotiralarni o`stirishda muhim rol o`ynaydi. Borliqni idrok etish mashg`ulotlari odatda mavzuli kompozitsiyalarni bajarishdan oldin o`tkazilib, unda tabiatdagi va tevarak-atrofdagi nafislik va go`zallikni ko`ra bilish, idrok etish natijasida olingan tassurotlardan amaliy badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi. SHuningdek, tabiatga qilingan sayohat jarayonida zarur hollarda ayrim ob’ekt va hodisalarni qalam, bo`yoq va boshqa badiiy materiallar yordamida xomaki rasmlari ham ishlanadi.

Bunday darslarda bolalar sinf va sinfdan tashqarida o`simliklar, hayvonlar, qushlar, baliqlarni kuzatadilar, tabiatning turli fasllardagi ko`rinishlari, kafiyati (quvonchli, g`amgin, o`ychan va hokazo) haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Boshlangich sinflarda borliqni kuzatish va ular haqidagi suhbatlar o`quvchilarga hayotdagi ba’zi bir hodisalarni kengroq bilib olishga yordam beradi. U narsalarning shakli, tuzilishi, rangi kabilarni ma’lum miqdorda tahlil qilish va umumlashtirishdek muhim sifatlarni o`stirishga ham imkon beradi.

Tabiat va borliqni kuzatish jarayonida bolalarni uni sevishga, asrashga o`rgatiladi. Tabiatga qilingan sayohatlarda ularning ayrim jihatlari fasllarga bog`liq holda o`zgarib turishligi bolalarga tushuntiriladi. SHuningdek, bunda

bolalarni fazoziy tasavvurlari ham o`stiriladi va planlik, chiziqli va havo perspektivasiga qam e’tibor beriladi. Borliqni kuzatish bevosita tasviriy ijodiy faoliyat bilan bog`liq ekanligi, borliqni bilmasdan turib sifatli tasviriy ishlarni bajarish mumkin emasligi bolalar ongigi etkaziladi.

Borliqni idrok etish mashg`ulotlarini vazifalariga rioya qilgan holda quyidagi mazmunda mashg`ulotlar o`tkazish nazarda tutiladi: 1. Kuz, qish, bahor fasllarida tabiatni o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish; 2. Gullar, hashoratlar, dekorativ baliq va qushlarni kuzatish: 3. Tabiat mo`’jizalari, bahorgi va kuzgi ishlar bilan tanishish v.b.

YUqorida qayd qilinganidek, bunday mashg`ulotlardan maqsad bolalarni borliqni bilish, undagi narsa va hodisalarni o`ziga xos xususiyatlarini, ayniqsa, tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, fazoviy holatlari, ularni yil fasllariga qarab o`zgarishlarini anglab etishlariga erishishdan iboratdir. O`rganish zarur bo`lgan ob’ektlarni naturadan kuzatishning imkon bo`lmagan taqdirda o`qituvchi darsda bolalarni san’at asarlarining reproduktsiyalari, slaydlari, foto nushalarini namoyish etish orqali o`z maqsadiga erishadi [ 27; 62-63].

Boshlang`ich sinf tasviriy san’at darslarida o`quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini oshirish va rassomchilikda ishlatiladigan turli materiallar bilan kengroq tanishtirish maqsadida badiiy qurish-yasash ishlari ham olib boriladi.

Tasviriy faoliyatning bu qiziqarli turi uchun dasturda alohida soatlar ajratilgan bo`lib, ular mashg`ulotlar mazmunini yanada boyitadi. Qurish- yasash uchun asosan uch xil materiallardan foydalanish nazarda tutiladi:



  1. Badiiy materiallar (rangli qog`ozlar, folga, gulqog`ozlar, plastilin, loy v.b.).

  2. Tabiiy materiallar (daraxt barglari, shoxlari, ildizlari, po`stlog`lari, meva va sabzavotlarning urug`lari, rangli toshchalar, bug`doy va arpa poyalari v.b.).

  3. Tashlandiq materiallar (ichimlik va dori darmondan bo`shagan sintetik idishlar, gugurt qutichalar, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari) v.b.

Badiiy qurish-yasash mashg`ulotlarida bolalarni qaychi bilan ishlash, kley yordamida elimlash, qog`ozlarni narsalar shakliga mos holda buklash, o`rash, ayrim badiiy tashlandiq va tabiiy materiallarni bir-birlariga yaqinlashtirish, qo`shish orqali tasvir yaratish kabi malakalar hosil qilinadi. Bu malakalarni hosil qilish boshlang`ich sinflar dasturida bir qator topshiriqlarni bajarishni nazarda tutadi. Ular quyidagilardan iborat:

Turli shakldagi qalamdon, quticha, havo shari, bayroqcha, choynak, lagan, mashina, samolyot, raketa va shu kabi narsalarni rangli qog`oz va kartondan tasvirini yasash; hashoratlar - tilla qo`ng`iz, ninachi, kapalak v.b.larni rangli qog`ozlarni qirqish orqali hosil qilish; rangli qog`ozlarni qirqish, buklash va elimlash yo`li bilan osma o`yinchoqlar tayyorlash; tabiiy materiallar yordamida baliq, hashorat, qush, hayvonlarning tasvirlarini hosil qilish; rangli qog`oz, badiiy va tashlandiq materiallardan applikatsiya, kollaj, pape-mashe, aralash usulda mazmunli kompozitsiyalar (masalan, "Ko`chada", "Kosmodromda",) ishlash; tashlandiq materiallar-sim, ip, kanop, gazlama parchalari, plasmass idishlar, gugurt qutichalari, po`kak, penoplast, idish qopqoqlari yordamida uncha murakkab bo`lmagan transport (qayiqcha, pirpirak, mashina, traktor v.b.), qushlar (qaldirg`och, to`ti, g`oz, chumchuq, laylak, o`rdak, sa’va v.b.), hayvonlar (tulki, bo`ri, quyon, ayiq, yo`lbars, it, sher v.b.) ning o`yinchoq tasvirlarini ishlash; quritilgan barglar, rangli qog`ozlar, shoxlar yordamida ochilgan gul, gullagan daraxt shoxchasi tasvirini tayyorlash v.b.

Badiiy qurish-yasash ishlarida eng muhim vazifalardan biri badiiy, tashlandiq materiallarning o`ziga xos jihatlarini (qattiq, yumshoq, mo`rt, egiluvchan, og`ir, engil, och, to`q, v.b.) bilish hamda ular bilan ishlaganda o`lchov va o`lchov nisbatlarini, tuzilishi, shakli ranglarini to`g`ri belgilash talab etiladi.

SHuningdek, qurish-yasash ishlarida qo`llanadigan o`quv qurollari va materiallarni bilish, tabiiy, badiiy, tashlandiq materiallarni bir-birlaridan farqlay olish ham talab etiladi.

Narsalar shaklini ko`ra olish ham badiiy faoliyatning bu turi vazifasiga kiradi. Bunday ishlarni bajarganda ish joyini ozoda batartib tuta bilishga ham o`rgatiladi.

San’atshunoslik asoslari bo`limi o`quv predmetining muhim qismlaridan biridir. U dasturda 5-7 sinflarda mustaqil bo`lim sifatida o`zining o`quv vazifalari tizimiga ega va u tasviriy, amaliy-bezak, me’morchilik san’atlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur bo`limning maqsadi o`quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir.

San’atshunoslik asoslari bo`limi o`quvchi shaxsining estetik rivojiga ko`maklashib, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va san’at asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot go`zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san’atni sevishga o`rgatadi.

O`quvchilar bilan san’atshunoslik asoslari bo`yicha o`tkaziladigan mashg`ulotlarda ular mumtoz madaniy meros bilan tanishtirib boriladi, uning buyuk an’analari va san’atning halq uchun xizmat qilishi, san’atdagi turli oqimlar va yo`nalishlar to`g`risida tushunchalar hosil qilinadi.

Tasviriy va amaliy san’at asarlarini idrok etishga oid o`quv materiallari o`quvchilarning amaliy ishlari bilan bog`langandir. San’at asarlarining nushalarini bolalarga ko`rsatish va ularning tahlili o`quvchilarda san’atga qiziqish uyg`otadi va ularni shu sohaga yo`llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan g`oya, asosiy fikr va qo`llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi.

Dekorativ-amaliy san’atga doir san’atshunoslik asoslari darslarida amaliy-bezak san’ati, halq amaliy-bezak san’ati, o`zbek halq amaliy-bezak san’ati, liboslar, o`zbek va chet el halqlarining milliy liboslari haqida bilimlar

berish, halq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi halq amaliy san’ati muzeyi va Respublikamizdagi halq amaliy san’ati rivoj topgan markazlar, o`zbek halq amaliy san’atining mashhur nomoyondalari hisoblangan Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov, hamro Raximova kabilar haqida ham suhbatlar o`tkazish rejalashtirilgan.

Me’morchilik san’ati borasida esa me’morchilik san’ati va uni atrof- muhit bilan bog`liqligi, me’morchilikda go`zallik, maqsadga muvofiqlik haqida tushunchalar berish, individual va ijtimoiy me’morchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik echimining o`zaro bog`liqligi, fasad va inter’erdagi dekorativ bezaklarning xarakteri, me’morchilikda qo`llaniladigan asosiy atamalar haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan ham tanishtiriladi.

Bu vazifalarni bajarish uchun O`zbekiston xududidagi eng qadimgi me’morchilik obidalari, O`zbekiston IX-XIX asr me’morchiligi, SHarq va

/arb mamlakatlarida Uyg`onish davri me’morchiligi, O`zbekiston va jahonning hozirgi zamon ilg`or me’morchiligi yuzasidan mashg`ulotlar olib boriladi.



Tasviriy san’atdan davlat ta’lim standartlarida qayd qilinganidek, bolalarga san’atshunoslik asoslaridan quyidagilar haqida bilimlar berishni nazarda tutadi:

  1. Tasviriy san’at-san’atning bir turi ekanligi va uning kishilar hayotidagi o`rni va ahamiyati. O`zbekiston xududida tasviriy san’atning taraqqiyoti (Afrasiob, Varaxsha, Tuproq qal’a v.b. joylardan topilgan tasviriy san’at namunalari). Tasviriy san’atning turlari (rangtasvir,grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy, marina). Rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi-freska, mozaika, vitraj.

  2. Haykaltaroshlik turlari-dastgohli haykaltaroshlik, dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik; Relef (barelef, gorelef); yumaloq haykallar.

  3. Grafika turlari-dastgohli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi; gazeta-jurnal grafikasi; targ`ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b.

  4. Movaraunnahr miniatura maktabi; SHarq miniatura maktablari. evropada Uyg`onish davri tasviriy san’ati; O`zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san’ati; Jahonning hozirgi zamon ilg`or tasviriy san’ati; jahon tasviriy san’atidagi asosiy oqimlar; dunyoning eng yirik tasviriy san’at muzeylari; O`zbekistonning eng yirik tasviriy san’at muzeyi. Jahonga mashhur eng buyuk rassomlarning hayoti va ijodi (Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O`rol Tansiqboev, CHingiz Axmarov v.b.).

II. 3. Naturaga qarab tasvirlash darslarida rasm chizishning qonun qoidalari haqida tushuncha berish

Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari, ularning xarakterli, tipik belgilarini bilish imkonini beradi. SHu orqali bolalarda kuzatuvchanlik, xotira, estetik did, obrazli tafakkur kabi eng muhim tasviriy malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Ular tik, yotiq, og`ma, egri, to`lqinsimon chiziqlarni chizish, bo`yoqlar bilan tegishli yuzani bir meyorda bo`yash, och tusdan to`q tusga va aksincha to`qdan ochga o`tish, o`quvchilar to`g`ri va egri chiziqlarni teng bo`laklarga bo`lish malakalarni o`zlashtiradilar. CHizilayotgan rasm mazmunidan kelib chiqqan holda qog`oz formatini to`g`ri tanlashni hamda rasmni qog`ozda kompozitsion jihatdan to`g`ri joylashtirishni o`rganadilar. SHuningdek, rasmni bosqichlar asosida ishlashni o`zlashtiradilar.

Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida o`quvchilar mo`yqalam, rangli qalamlar, akvarel, guash bo`yoqlari bilan ishlash yo`llarini o`rganadilar, imkoni bor joylarda ko`mir (ugol), sous, pastel, sangina kabi materiallar bilan ham ish olib boradilar.

Amaliy ishlarda odam, hayvon, qushlar gavdasining tuzilishi, ular qismlarining o`lchov nisbatlari, shakllarini to`g`ri aks ettirish malakalari takomillashtiriladi. YOrug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya yuzasidan nazariy ma’lumotlar berish bilan bir qatorda o`ziga qarab alohida va natyurmort ishlash yuzasidan amaliy ishlar bajariladi.

Tasvirlash jarayonida naturani tahlil qilish, ularning qismlarini bir-biri bilan taqqoslash, umumlashtirish kabilar rasm ishlovchining e’tibor markazida bo`ladi. Bunda, ayniqsa, chiziqlar ravonligi, ranglarning nafis va mutanosibligi, ifodalangan go`zallikni zehnlab tasvirlay olishga alohida e’tibor beriladi.

YUqorida qayd qilingan vazifalar 1-2 soat davomida va qisqa muddatda (5-10 daqiqa) bajariladigan qoralama va ranglamalar shaklida bajariladi. Bu ishlar alohida mavzu asosida yoki mashg`ulot mazmunidan kelib chiqqan holda darsning boshlanish, o`rta yoki oxirida amalga oshiriladi. YUqorida qayd qilingan vazifalar va topshiriqlar o`simlik va daraxt barglari, turli shakl va rangdagi gullar, meva va sabzavotlar, hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlarini alohida va to`p holda natyurmort tarzida rasmini chizdirish orqali amalga oshiriladi.

Naturaga qarab bajariladigan topshiriqlar qush, hayvon, odam tasvirlarini to`la yoki xomaki rasmini ishlashni ham nazarda tutadi.

Boshlang`ich sinflarda ko`proq bolalarning tasviriy imkoniyatlariga mos keladigan bayroqcha, soat, havo shari, o`yinchoq mashinalar, ninachi, kapalak, tilla qo`ng`iz kabi hashoratlarni rasmini ishlash nihoyatda qo`l keldi. Bunday mashg`ulotlar uchun natura tanlashda o`qituvchi, ularning estetik ko`rinishiga, shakl, rang jihatidan bolalarda qiziqish uyg`otadigan bo`lishligiga o`z e’tiborini qaratadi.


II.4. Ўyувчиларнинг билиш yобилиятини ривожлантиришда кompoztsion faoliyat darslarining tarbiyaviy ahamiyati

Kompozitsion faoliyat o`z mazmuniga ko`ra uch qismga bo`linadi. 1. Rangtasvir kompozitsiyasi. 2. Dekorativ kompozitsiya. 3. haykaltaroshlik kompozitsiyasi.

Kompozitsion faoliyat o`quvchilarda badiiy-ijodiy qobiliyatni, o`z fikr va taassurotlarini rasmda obrazli qilib tasvirlash hamda badiiy didni o`stirishni maqsad qilib qo`yadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari tevarak-atrofdan olingan ko`rinish va hodisalarni uning barcha janrlarida (manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, animalistik, afsonaviy, marina) amaliy ishlar shaklida bajarishni nazarda tutadi. Bu amaliy ishlar bevosita yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva yuzasidan olib boriladigan nazariy bilimlar bilan bog`liq holda amalga oshiriladi. Bunday amaliy mashg`ulotlarda bolalar naturani kuzatish, (qoralama, ranglama, uzoq davom etadigan rasm ishlash) xotiradan, tasviriy san’at asarlaridan olgan bilim va malakalarga tayangan holda ish olib boradilar. O`quvchilar tanlangan mavzuga ko`ra uning elementlarini qog`oz yuzasida bir-biriga bog`liq holda joylashtirish, yaxlit kompozitsiyani hosil qilish, mavzu mazmuniga mos keladigan kompozitsiyani topish uchun bir qancha xomaki ishlar, eskizlar ishlaydilar. Kompozitsiya tuzishda bolalar obrazlarning tipik belgilarini tanlab olib, qismlarning o`rnini almashtirib, qo`shimcha detallar kiritish orqali kompozitsiya mazmunini boyitish kabilarga alohida e’tibor beradilar. Unda kompozitsiyaning bir butunligi, qismlarni, shakllarni, ranglarni xillashtirish va ular o`rtasidagi bog`lanish va kontrastlik, asardagi hamma vositalarning bosh g`oyaga bo`ysindirish kabi qonun va qoidalar hisobga olinadi.

Rangtasvir kompozitsiyasi darslarida o`quvchilar bo`yoqlar bilan tasvirlash, tasvirda asosiyni bo`rttirib ko`rsatish, tasvirda uzoq-yaqinlikni ifodalashda perspektiva qoidalariga amal qilishni o`rganadilar.

Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida badiiy-bezak ishlarida foydalaniladigan yo`lsimon, kvadrat, to`rtburchak, doira naqshlar, ochiq va yopiq naqshlar, nomoyon naqsh namunalaridan ko`chirish va mustaqil ijodiy ishlarni o`rganadilar. Bu ishlar bevosita buyum bezagi bilan bog`liq holda amalga oshiriladi.

SHuningdek, taklifnoma, tabriknomalar tayyorlash kabi amaliy ishlar ham bajariladi. Milliy va chet el xalqlarining liboslari uchun eskizlar tayyorlanadi, tabiiy shakllarni stilizatsiyalash yuzasidan mustaqil ishlar olib boriladi. Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida halq ertaklari, hikoyalar, dostonlar, she’rlar mazmuniga eskizlar ishlash katta o`rinni egallaydi. Bunda bolalar kitoblarni ichki va tashqi (muqova) bezagiga doir (bosh bezak, yakuniy bezak, zarhal harf, illyustratsiya) ishlarni bajaradilar. Dekorativ ishlarda o`quvchilar buyumlarning vazifalari, ularning shakli, bezak elementlarining o`zaro bog`liqligi haqida elementar tushunchalarga ega bo`ladilar hamda yuksak mahorat bilan tasvirlangan narsalarni didsiz, pala- partish ishlangan narsalardan farq qilishni o`rganadilar.

Dekorativ kompozitsiya darslarida bolalarga har qanday naqshlarning elementlari tevarak-atrofdagi narsa va hodisalardan olingani haqida tushuncha beriladi. Binobarin, naqsh ishlash mashg`ulotlarida rasm ishlovchi real shaklni o`zgartirishi, uni soddalashtirishi, unga yangi elementlarni qo`shishi mumkinligini o`rganib oladi [27; 68-69].

SHu bilan birga o`quvchilar turli xalqlarning bugungi dekorativ-amaliy san’ati hamda dizayn san’ati bilan tanishadilar. Dizayn ishlarida bolalar dazmol, choynak uchun taglik, quticha, libos uchun bezak eskizi, televizor, kreslo, engil avtomobilni yangi markasi eskizlarini ishlash bilan shug`ullanadilar.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarida odam, hayvon, qushlarning alohida haykallari, sport, hayvonot olami mavzularida, xalq ertaklari asosida tasviriy ijodiy ishlar bajariladi. Dekorativ haykaltaroshlik o`quvchilarda turli dekorativ bezakli rel’eflar va o`yinchoq haykallar ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi. O`zbek halq kulolchilik san’ati an’analari asosida "Toychoq", "Qo`zichoq", “Bo`taloq“ kabi o`yinchoq haykalchalar ishlanadi. Fantastik mavzularda, dev, ajdarho, kentavr, suv parisi, xumo qushi kabilarni dekorativ haykallari ijodiy tarzda bajariladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar stek bilan ishlash, loy yoki plastilinni dumaloqlash, bosib yapaloqlash, silliqlash, cho`zish usullarini o`rganadilar.

Haykaltaroshlik mashg`ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjud bo`lib, ularning birinchisi alohida-alohida loy yoki plastilin bo`laklarini bir-biriga yopishtirish orqali haykal ishlash bo`lsa, ikkinchisi yaxlit loy bo`lagiga stek bilan ishlov berish orqali haykal ishlashdir. Bularni bolalar yakka yoki guruh bo`lib bajaradilar. Kompozitsiyalardagi obrazlar soniga qarab, guruhdagi bolalar soni kam yoki ko`p bo`lishi mumkin.

X U L O S A


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at o`quv predmetining maqsadi barkamol, komil insonni ayniqsa, badiiy madaniyatini shakllantirishdir.



Tasviriy san’at o`quv predmeti har bir inson uchun zarur bo`lgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va malakalar beradi. CHunki, har bir o`quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini tiklashi kerak bo`ladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey, ko`rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali erishadi. SHuningdek, ko`pchilik o`quvchilar o`zlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to`g`ri keladi. Rasm chizishni bilish, faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, u o`qituvchilar, injenerlar, mediklar, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham zarurdir. Ularning har biri o`z faoliyatlarida rasm, sxemalar, diagrammalar, eskizlar orqali so`z bilan tushuntirib bo`lmaydigan o`z g`oya va fikrlarini tasvirlab ko`rsatishga harakat qiladilar. Lekin bu maktablarda tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan chuqur va keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Maktablar o`z nomiga ko`ra umumiy o`rta ta’lim maktablari deb nomlanib, bolalarga boshqa fanlar qatori tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan umumiy, elementar bilim va malakalar berishni vazifa qilib qo`yadi. YAna shuni ham qayd qilish lozimki, umumiy o`rta ta’lim maktablari rassomlarni tayyorlamaydi, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirish bilan ham shug`ullanishni nazarda tutmaydi. Rassomlar tayyorlash, iqtidorli bolalar bilan ishlash maktab to`garaklarida, maxsus maktab va akademik litseylarda, kollej va oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. SHuning uchun umumiy o`rta ta’lim maktablarida haddan ziyod,

bolalarni qiynab qo`yadigan, ortiqcha zo`riqishga olib keladigan topshiriqlar berishga harakat qilish to`g`ri emas. Maktablarda tasviriy san’atdan beriladigan elementar bilim va malakalarga yarasha o`qitish metodlarini qo`llash zarur bo`ladi. Biroq tasviriy san’atdan oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida qo`llanilayotgan o`qitish metodlarining ayrim jihatlaridan foydalanish inkor etilmaydi. SHuningdek, ulardan to`laligicha umumiy o`rta ta’lim maktablarida foydalanish ham pedagogik jihatdan to`g`ri emas.



Maktabda tasviriy san’at mashg`ulotlarining vazifalari haqida to`xtalganda ularni shartli ravishda ikki qismga bo`lish mumkin:

  1. Tasviriy san’at darslarining o`ziga xos, maxsus vazifalari hisoblanib ular: borliqdagi va san’atdagi go`zalliklarni ko`ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o`rgatish; estetik va badiiy didni o`stirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san’atning nazariy asoslari (yorug`soya, rangshunoslik, perspektiva, kompozitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy qurish-yasash yuzasidan elementlar malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, ko`rish xotirasi, chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarni, abstrakt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish; tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda o`qiy olishga o`rgatish; san’atga nisbatan qiziqish uyg`otish, uni qadrlashga, sevishga o`rgatish.

  2. Tasviriy san’at darslarining qo`shimcha vazifalari, ular: borliqni, hayotni bilishga ko`maklashish; milliy g`urur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; bolalarda axloqiy (vatanparvarlik, baynalminal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli kasb va hunarlarga yullash.

Tasviriy san’at o`quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to`xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o`qitiladigan deyarli barcha o`quv predmetlari bilan bog`lanadi va ular yuzasidan materiallarni o`zlashtirishga samarali ta’sir ko`rsatadi. Ayniqsa, u o`qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida

alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at, hattoki fizika, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydalidir. SHuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo`lsada, u axloqiy, mexnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Maktabda tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga yo`naltirilgan asosiy o`quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:

-o`quvchilarning tabiat, san’at va hayotdagi go`zalliklarni idrok etishga o`rgatish:

-o`quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go`zallikni baholay olish qobiliyati, xaqiqiy go`zallikni xunik voqea va narsalardan farqlay bilishga o`rgatish;

-shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o`zini ko`rsata bilishga, hatti- harakatini qo`llab-quvvatlash va hayotga go`zallik kiritish malakalarini o`stirish:

-bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.

Milliy san’atimiz bizning faxrimiz, uni biz keng o`rganishimiz tabiiy xoldir. Lekin, jahonda hamma halqlar tomonidan tan olingan umuminsoniy badiiy qadriyatlar ham mavjud. Ularni o`quvchilarga o`rgatmasdan turib, halqimiz jahon madaniyatida o`z o`rnini topa olmaydi. Aks holda, o`quvchilarimiz milliy qobiqga o`ralishib qolib, jahon durdonalaridan bahramand bo`la olmay qoladilar. SHuni alohida qayd qilish lozimki, ko`p asrlik milliy-badiiy madaniyatimiz (tasviriy san’at, dekorativ-amaliy san’at, me’morchilik san’ati) haqida tegishli bilimlar berish bilan bir qatorda o`quvchilarga tasviriy va amaliy san’atdan beriladigan malakalarni unutmasligimiz zarur.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati :


1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Toshkent, 1997 yil 29 avgust 2.Ta`lim to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi qonuni.Toshkent, 1997,

29 avgust

3.I.A.Karimov. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin».T., 1994 4.I.A.Karimov. «Bunyodkorlik yo`lidan». II-tom, T., 1996 5.И.А.Каримов. «Баркамол авлод –Ўзбекистон тараққиётининг

пойдевори». Т., «Шарқ», 1998, 9 бет


  1. I.A.Karimov. «Barkamol avlod orzusi». Toshkent. 1999

  2. I.A.Karimov. «Yuksak ma`naviyat-engilmas kuch».Toshkent. 2008 8.I.A.Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, 2012

9.Abdirasilov S., N. Tolipov N. Rangtasvir. -T.: Bilim, 2005. 10.Boymetov B. “Portret qalamtasviri”. O`quv qo`llanma. - Toshkent,

2001.


  1. Boymetov B, Abdirasilov S. Chizmatasvir. O`rta maxsus kasb-hunar kolledjleri uchun o`quv qo`llanma.T., 2004

  2. Boymetov B. “Qalamtasvir”. Darslik 1-qism.- Toshkent, 2006. 13.Oripov B. Tasviriy san`at darslarini samaradorligini oshirish

omillari.T., 1978

  1. Tojiev V. Qalamtasvir asoslarini o`rganish. T.1994

  2. Tolipov N. Rangtasvir asoslari.T., 1999

  3. Tojiev B. Qalamda manzara chizish (oqıw qollanba). T., 2000 17.Tojiev B. Rangtasvir fanidan ma`ruzalar matni. TDPU.Toshkent.

2000

  1. Tolipov N., Abdirasilov S., Oripova N. Rangtasvir (1-qism). T., 2002.

  2. Tolipov, N. Abdirasilov S.Oripova N. Rangtasvir (2-qism). 2003

  3. Tolipov, N. Abdirasilov S.Oripova N. Rangtasvir. 2005

  4. Tolipov, N. Abdirasilov S.Oripova N. Rangtasvir . 2006

  5. Hasanov R. Narsaning o`ziga qarab rasm chizish. T., 1963 23.Hasanov R. Yosh avlodni san`at vositasida estetik ruhda tarbiyalash.

T., 1982

  1. Hasanov R. Tema asosida rasm chizish jarayonida estetik tarbiya. T.,

1980

  1. Hasanov R. Maktabda tasviriy san`at mashg`ulotlarini takomillashtirish yo`llari. T., 1986

  2. Hasanov R. Amaliy bezak san`ati mashg`ulotlari metodikasi. O`quv qo`llanma.-T: 2003.

  3. Hasanov R. Maktabda tasviriy san`at o`qitish metodikasi. Talabalar uchun darslik. -T.: Fan, 2004.

  4. Hasanov R. Tasviriy san`atni o`qitish metodikasidan amaliy mashg`ulotlar. O`quv qo`llanma. 1,2 qismlar. – T:TDPU, 2006.

  5. Hasanov R. Tasviriy san`at. Birinchi sinf o`quvchilari uchun darslik. – T.: G`.G`ulom, 2006.

  6. www.pedagog.uz 31 .www.nbgf.intal.uz

  1. www.ziyonet.uz

  2. www.edu.uz

Download 342,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish