Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tadbiqi:
Tasviriy san`at mashg`ulotlari o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, ko`rganlarini, o`rganganlarini yodda saqlanishi, ijodiy tushunchalarini, badiiy did, estetik his-tuyg`ularini orttiradi. Tasviriy san`at bo`yicha mashg`ulotlar o`quvchilarning ijodiy qobiliyatining o`sishi, dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, insonni har tomonlama takomillashtiradi va fikr doirasini kengaytirib, hayotni va borliqni bilish tushunchalarini rivojlantiradi, go`zallikka intiluvchan kayfiyat beradi.
Ish tuzilishi va tarkibi:
Bakalavr bitiruv ishi kirish, II-bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va mavzuga tegishli ko`rgazma qurollardan iborat.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari:
Bakalavr malakaviy ishimiz davomida ishimizning maqsadi va vazifalari, shuningdek uning amaliy zarurligini ko`rsatishga harakat qildik va qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya maktablarda o`quvchilarga tasviriy san`at darslarida o`yin-mashg`ulotlarni o`tkazish metodikasi, ularning san`atni sevishga o`rgatishda bu ishimiz yaxshi natija berganligiga erishdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |