2 (a) va 3 (b) holatlarda xromosoma va DNK lar sonini aniqlang.
A) a-52;104, b-52;52 B) a-52;52, b-52;52
C) a-104;208, b-52;104 D) a-52;104, b-104;104
61. O'simlikni suniy urug'lantirish uchun olingan 1-mahsus idishda 50 ta chang donasi, 2-idishda esa 100 ta chang donasi mavjud. 1-idishdagi yetilgan chang donalari soni keyingi idishdagi yetilmagan chang donasi generativ yadrolari sonidan 2 marta kichik. 1-idishdagi yetilmagan chang donasi, keyingi xaltadagi yetilgan chang donslaridan 2,67 marta kichik bo'lsa, 1-idishdagi chang donalaridan maksimal nechta chin mevalar hosil bo'ladi?
A) 100 ta B) 50 ta C) 20 ta D) 80 ta
62. Endoplazmatik to`r uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang.
1.bir qavat membranaga ega bo`lishi
2.moddalarni sintezini amalga oshirishi
3.qo`shni hujayralar bilan bog`langanligi
4.yarim avtonom organoid
5.hamma hujayrada soni bir xilligi
6.hujayraning ichki aylana tizimi hisoblanadi
7.membranalariga fermentlar biriktirilganligi
8.Yadroning silliq membranasi bilan bog`langanligi
9.barcha eukariotlarda uchrashligi
A.1,2,3,6,7,9 B.1,2,3,5,6,7,9
C.2,3,4,5,6,7,8 D.1,3,4,6,8,9
63. Uzoq ta'sir etuvchi kuchli shovqin quyidagilarning qaysilariga sabab bo'ladi?
1) uyqusizlik 2) hotiraning buzulishi 3) yurak sanchishi 4) gipotoniya 5) ko'p terlash 6) tez jahl chiqish
A) 2,4,6 B) 1,3,4,6 C) 2,5,6 D) 1,3,6
64. Bakteriya hujayrasiga tushgan fag bakteriyada mavjud bo'lgan nimalardan foydalanib o'zini-o'zi replikatsiya qiladi?
A) fosfolipidlardan B) polifosfatlardan
C) ozuqalardan D) ATF dan
65. Tog etaklari va cho'llarda tarqalgan issiqqonli hayvonni korsating.
A) qalqontumshuq B) daraxt jayrasi
C) charx ilon D) qashqaldoq
66. Glukoza (a), dezoksiriboza (b), riboza (c) ga xos xususiyatlarni tanlang.
1) Monosaxarid; 2) tamaki mozaikasida uchraydi; 3) Uzum shakari; 4) ATF uchraydi; 5) Qondagi miqdori 0,1-0,12% ; 6) Tarkibidagi vodorod va kislorodlar nisbati suvdagidek emas; 7) Ti plazmid tarkibiga kiradi; 8) Saxaroza tarkibiga kiradi; 9) Fag tarkibida uchraydi; 10) Past molekulali karbonsuv; 11)Timin bilan birga uchramaydi; 12) Ribosomaning kichik subbirligi tarkibida uchraydi; 13) Uratsil nukleotidi tarkibida uchramaydi;
14) Mushaklarda anaerob nafas olish tufayli 2 molekula sut kislota hosil qilmaydi.
A) a-1,8,11,14; b-9,1,7,10,13; c-2,1,4,10,12,11;
B) a-1,3,5,8,10; b-1,10,9,4,13,14; c-4,1.0,1,2,11;
C) a-1,10,5,6,3; b-1,7,9,10,13; c-2,14,10,12,11;
D) a-1,10,11,13; b-10,13,14,6; c-11,1,10,4,14.
67. Qora mol va itlarning tana hujayrasidagi xromosomalar farqi 18 ta ga teng ( itlarniki ko'proq ) qoramol va itlarning zigotasi 4 martadan bo'linishidan hosil bo'lgan hujayralaridagi ja'mi avtosomalar soni 2144 ta bo'lsa qoramolni birlamchi spermatozoidlaridagi xromosomalar sonini hisoblang?
A) 60 B) 17152 C) 160 D) 120
68. Odamdagi qaysi kasallik geni o'zi yakka xolda(allelsiz) kelishi xam mumkin
A) sil kasalligiga moillik
B) shizofreniya
C) polidaktilya
D) daltonizim
69. DNK ning tarkibidagi nukleotidlari G,S/A,T=1,5 nisbatda bo’lsa, undagi vodorod bog’lar soni 1950 ta ekanligi malum . Shu DNK molekulasidan transkripsiyalangan i-RNK tarkibidagi fosfodiefir bog’lar va undan sintezlangan oqsil tarkibidagi peptid bog’lar sonini toping?
A) 749, 249 B) 1499,499 C) 551, 159 D) 679, 299
70. Sholi o’simligi spermiylardagi xromosomalar soni makkajo’xori xromosomalarning n to’plamidan 2 taga ortiq. Sholi o’simligida xosil bo’lgan mikrosporalardagi jami autosoma xromosoama xromosomalar yig’indisi 6952 ta bo’lsa, shu mikrosporalardan xosil bo’lgan spermiylarning 37,5%i markaziy hujayrani urug’lantirishda qatnashgan. Xosil bo’lgan spermiylarni nechtasi tuxum hujayrani urug’lantirishda qatnashmagan?
A) 710 B) 948 C) 474 D) 790
71. Sudraluvchi ayiqtovon qanday muhitda o'sadi?
A) gidrofit
B) mezofit
C) kserofit
D) gigrofit
72. Quyonlarning quloq suprasining uzunligi polimer tasirga misol bo'ladi. To'la dominant gomozigota holatida quloq suprasining uzunligi 40 sm , to'la tessesiv gamazigota holatida esa 28 sm ga teng bo'lsa quydagi A1a1A2a2 x a1a1A2a2 genotipli quyonlar chatishtirilishidan F1 avlotdagi 34 sm li quyonlarni chiqish % ni hissoblang.
A) 25 % B) 12.5 % C) 18.75 % D) 37.5 %
Do'stlaringiz bilan baham: |