37. Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang
1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda
3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va mag`izdan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan
A1,4,6 B 2,4,7 C1,4,8 D3,4,6
38. Kalamitning uzunligiga teng uzunlikdagi hayvon qaysi sinf vakili bo'lgan?
A) sutemizuvchilar
B) qushlar
C) hasharotlar
D) sudralib yuruvchilar
39. Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?
1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2)boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi
A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D faqat 3
40. Yashil o’simliklardagi xlorofill qachon yemiriladi?
A) yorug’lik yetishmaganda, harorat ortib ketganda
B) yorug’lik ortib ketganda, harorat yetishmaganda
C) yorug’lik yetishmaganda, harorat yetishmaganda
D) yorug’lik ortib ketganda, harorat ortib ketganda
41. Odam ajdodlari (a-avstrlopiteklar, b-pitekantroplar, c-neandertallar, d-kromanyon odamlar)ni ularga xos bo'lgan ma'lumotlar bilan birlashtiring.
1) qoldiqlari Avstraliyadan ham topilgan 2) g'orlarda yashab, uning devorlariga turli bo'yoqlar bilan ov epizodlari, raqslar, hayvonlar, odamlar tasvirini ishlaganlar 3) miya bilan birgalikda nutqi ham rivojlangan 4) peshonasi nishab, iyagi zaif bo'lgan 5) toshdan, suyakdan qurollar yasagan 6) o'zaro imo-ishoralar bilan a'loqada bo'lganlar 7) yava orolidan suyak qoldiqlari topilgan 8) oldinga biroz egilib ikki oyoqda yurgan 9) toshdan, suyakdan qurollar yasagan 10) olovdan foydalanishni bilganlar 11) muqim turar joyi bo'lmagan 12) ochiq yerlarda yashagan 13) tosh va yog'och qurollar yordamida yirik hayvonlarni o'ldirganlar 14) o'simliklarni tuproq ostidagi piyozlari, tugunaklari, ildizlarini kovlaganlar
A) a-1, 12, 13; b-10, 8, 11, 9, 7; c-3,6, 4, 5, 6; d-14,2
B) a-14, 12, 13, 7; b-10, 8, 11, 9, c-3,6, 4, 5, 6; d-1,2
C) a-1,14, 12, 13; b-10, 8, 11, 9, 7; c-3,6, 4, 5, 6; d-1,3,2
D) a-14, 12, 13; b-10, 8, 11, 9, 7; c-3,6, 4, 5, 6; d-1,2
42. Shamshodga xos xususiyatlarni juftlang.
1) guli, bargi va shox-shabbalari bilan chiroy baxsh etuvchi ko'p yillik o'simlik
2) ligusturum singari barglari to'kilib turadi 3) hujayra qobig'i sellobioza 4) o'sishining tez va sekinligi nok singari 5) tanasining eniga va bo'yiga o'sishi kambiy hujayralariga bog'liq 6) tanasining faqat eniga o'sishi kambiy hujayralariga bog'liq 7) agar mitoxondriyalarida aerob sharoitda 68 molekula ATF sintezlansa, xloroplastlarda anaerob sharoitda 81600 kj energiya sintezlanadi
A) 2; 4; 5;7 B) 1; 4; 5;7 C) 1; 4; 5;6;7 D) 4; 6
43. Jinssiz ko'payish bilan bog'liq jarayonlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) xlamidomonadaning shizogoniya usulida ko'payishi; 2) tustovuqdag tabiiy partenogenezning uchrashi; 3) molodiloning ajratuvchi kurtakchalaridan ko'payishi; 4) oq planariyaning zigota hosil qilishi; 5) saksovulning qanotchali meva hosil qilishi; 6) ignatanlilarning tana bo'laklari bilan ko'payishi; 7) tilyapiyaning tashqi urug'lanishi; 8) achitqining kurtaklanib ko'payishi
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 6, 8 C) 1, 5, 6, 8 D) 1, 5, 7, 8
44. Sutemizuvchilarning vakillari bilan oziqlanuvchi sudralib yuruvchilar (I) va qushlar (II) ni belgilang 1. chipor
ilon 2. ko‘lvor ilon 3. ukki 4. tuyaqush 5. laylak 6. toshbaqa 7. gekkon 8. kapcha ilon
A)I-1,2,8 II-3,5 B)I-1,2,6,7,8 II-3,4,5 C)I-2,7,8 II-3,4 D)I-1,2,7 II-4,5
45. Hakka qaysi turkumga mansub?
A) kaptarsimonlar
B) chumchuqsimonlar
C) tuvaloqlar
D) qarg’alar turkumi
46. Harakatlantiruvchi tabiiy tanlanish uchun xos formani tanlang.
A) F3←F2←F1→F''2→F''3
B) F3←F''2←F1→F''2→F''3
C) F3→F2→F1
D) F1→F2→F3
47. Salamandra uchun xos xususiyatlarni belgilang.
1) yurak qorinchasida faqat venoz qon oqadi;
2) O'rta Osiyoda uchramaydi; 3) atmosfera kislorodi bilan nafas oladi; 4) ayirish sistemasi - tasmasimon buyrak; 5) orqa ichak kengayib kloaka hosil qiladi; 6) dumsizlardan kelib chiqqan; 7) qovurg'alari bo'lmaydi; 8) urug'lanishi tashqi; 9) dumlilar turkimiga kiradi
A) 2, 4, 5, 8 B) 1, 5, 7, 8 C) 2, 4, 7, 6 D) 7, 3, 6, 8
48. Drozofila ko'krak bo'limining uchinchi segmenti ustki qismida joylashgan qanotlar uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) rudiment organ hisoblanadi; 2) muvozanat saqlash organi bo'lib xizmat qiladi; 3) hasharot uchganida ovoz chiqaradi; 4) uzun va ensiz, 5) oldingi qismi qalinlashgan, qolgan qismi yupqa;
A) 1, 2 B) 1, 2, 5 C) 4, 5 D) 1, 2, 3
49. Yashash sharotining o'zgarishi, ya'ni o'rmonlarning kamayishi sababli burun teshigi tor bo`lib, tog`ay to`siq bilan ikkiga ajralgan, dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega bo'lmagan maymunlar irsiy o'zgaruvchanlik, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli ikki tarmoqqa … va … ajralganlar.
A) odamga o'xshash yuksak maymun ajdodlari, martishkasimonlar
B) pliopitek, driopitek
C) odamga o'xshash yuksak maymun ajdodlari, odamsimon maymunlar
D) odamning boshlang'ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar
50. Tana massasi qancha(a) bo’lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta`minlash 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya farflangan bo’lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha(b) va to’qim va organlarni xayotiy jarayonlarini taminlash uchun(c) qancha energiya sarflanadi?
A) a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal
B) a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal
C) a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal
D) a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal
51. Botirning yurak qorinchasi qisqargan vaqtda tonometr ko'rsatkichi 95 mm, bo'shashgan vaqtda esa 55 mm ga teng. Unda qanday kasallik mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |