36 О‘rta asr sharq allomalarining tarixiy merosi va ularning jahon sivilizasiyasi tarixida tutgan о‘rni



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564843
1   2   3   4   5
 
Birinchi yo‘nalish
 
- matematika, tibbiyot yo‘nalishidagi fanlar bo‘lib, bularga 
matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot, 
farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muxammad Muso al-
Xorazmiy, Axmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va 
tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy, 
Ulug‘bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar. 
Ikkinchi yo‘nalish
— ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa
texnika, mantiq, fikx ruxshunoslik, notiqlik va boshqa sohalar bo‘lib, bu sohada 
Al-Forobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zaxiriddin Bayxakiy, Muxammad 
Narshaxiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Uchinchi—yo’nalish
— ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu soxada qomusiy 
olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy — falsafiy asarlarida ifodalaydilar. 
Butun Sharq bilan bir qatorda, Movarounnaxrda xam ilm-fan va ma’rifat soxasida 
o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashxur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, 
fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika soxasida ilmiy merosi bilan nom 
qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar maydonga keldi. Qomusiy olimlar o‘z 
ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga xam katta e’tibor berib, bu 
asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning xam aqliy, xam axloqiy, estetik va 
jismoniy jixatdan kamol topishida, tabiiy xamda ijtimoiy fanlar taraqqiyotida katta 
axamiyatga ega bo‘ladi. 
Quyida Jahon fani, madaniyatiga yirik hissa qo‘shgan qomusiy allomalardan 
biri Ahmad al-Farg‘oniy Abdulabbos ibn Muhammad ibn Kasir
(798-865) ning ilmiy faoliyati va jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida 
qisqacha fikr yuritmoqchimiz.
Ahmad al-Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilib o‘sgan, voyaga yetgan buyuk 
allomadir. U yirik ilm-ma’rifat markazi bo‘lgan Bog‘doddagi «Baytul hikma»da 
mudarrislik qilib, tabiiy-ilmiy sohada - riyoziyot, falakiyot, geografiya, hikmat 
va boshqa qator fanlar yuzasidan ilmiy kashfiyotlar yaratgan olim. Shuni 
ta’kidlash joizki, qariyib, 1200 yildan buyon al-Farg‘oniy yaratgan kashfiyotlar 
insoniyatga xizmat qilmoqda. U jahon ziyolilari o‘rtasida buyuk falakiyotchi, 
riyoziyun va jo‘g‘rofiyun, Sharqda «Xosib» - (matematik) degan laqab bilan 
shuhrat topgandir. Uning falakiyot, geografiya va riyoziyot sohasidagi asarlari 
bu fanlar taraqqiyotiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi va o‘zidan keyingi 
olimlar uchun qo‘llanma bo‘ldi. 
Al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam bo‘lganligiga 
qaramay, o‘rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X 
asr), Ibn al-Qiftiy (XII—XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa 


39 
(XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o‘z asarlarida eslatadilar. Al-Farg‘oniyning 
asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi» 
(«Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Yevropada 
lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima 
qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida g‘arbda bir 
necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Yevropa 
universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi.
Al-Farg‘oniy asarlarining Yevropada tarjima qilinishi va ularning ilk bor 
1193 yili jahon tillarida chop etilishi uni jahon ilm ahli o‘rtasida «Birinchi arab 
astronomi» - degan nom olishiga asos bo‘ldi. [8]
Ahmad Farg‘oniy arab ilmiy atamashunosligining paydo bo‘lish va 
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimdir. U Bag‘dod va Damashq 
rasadxonalarining qurilishida qatnashdi. Ptolemey «Yulduzlar jadvali»dagi 
ma’lumotlarni tekshirishda ishtirok etdi. Farg‘oniy Bag‘dod rasadxonasida 
astronomik kuzatuv ishlarini olib bordi, ko‘pgina kashfiyotlar qildi. Xususan, 
812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bildi. Yerning shar shaklida ekanligini 
qat’iy ilmiy dalillar bilan isbotladi. 
Arab xalifaligi davrida, xususan, xalifalar Xorun ar-Rashid va uning o‘g‘li 
al-Ma’mun davrida yunon ilmiy asarlariga, ayniqsa ularning tarjimasiga 
qiziqish kuchaya boshladi. Bu davrda Bag‘dod ilmiy tarjima ishlarining 
markaziga aylandi. Tarjima ishlarida turli mamlakatlar, turli millat vakillari 
qatnashdilar, ular orasida o‘rta osiyolik Ahmad Farg‘oniy bilan birga 
Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh 
Marvaziylar ham bor edi. 
Xalifa al-Ma’mun davrida ikki rasadxona: biri Bag‘dodda, Shammosiya 
degan joyda, ikkinchisi Damashqqa yaqin Qasiyun nomli tog‘da qurildi. Bu 
rasadxonalarni qurishga al-Ma’mun xizmatida bo‘lgan Ahmad Farg‘oniy 
rahbarligida ko‘pgina olimlar jalb etildilar.
Ahmad Farg‘oniy Bag‘dod rasadxonasida ilmiy ishlar olib borish bilan 
birga shu rasadxonaning ma’muriy ishlarini ham boshqarar edi. Ahmad 
Farg‘oniy bu davrda yunon tilidan arab tiliga (qilinayotgan falakiyotga doir 
asarlar tarjimasida qatnashdi. Alloma o‘zining «Falakiyotga kirish» asarida 
Ptolemey va boshqa yunon olimlarining bu fan haqidaga fikrlarini o‘rgandi va 
o‘sha davrdagi falakiyotga doir bilimlarni sistemali tarzda bayon qilib berdi, 
shu bilan birga ilgari o‘tgan olimlar, jumladan Ptolemeyning bir qator 
fikrlarini tanqid qiladi. 
Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining suvini o‘lchaydigan yangi o‘lchov asbobi 
yaratdi. Al-Ma’mun falakiyotchilari tuzgan geografik koordinatalarning 
muntazam ma’lumotlari asosan, Bag‘dodda (829 y.) va Damashqda (832 y.) 
olib borilgan falakiyotga doir kuzatishlar davriga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar 


40 
«Azjiz ul-Ma’mun al-mumtaxana» nomi bilan mashhurdir. Bu asar o‘zining 
dastlabki holida bizgacha yetib kelgan emas, ammo u IX asrda falakiyot va 
geografiya fani rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu Ahmad Farg‘oniy va 
Muhammad Xorazmiy kabi olimlarning asarlari misolida ochiq ko‘rinadi. 
«Ma’mun ziji»ni asosan Ahmad Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va 
yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob» asari orqali bilamiz. Bu falakiyotdan 
arab tilida yozilgan dastlabki asarlarning biri bo‘lib hisoblanadi. 
Al-Farg‘oniyning “Sayyoralar ilmi” (“Samoviy harakatlar va yulduzlar 
fanining majmuasi haqida kitob”) asari tahminan 824-855 yillar atrofida 
yozilgan bo‘lib, uning qo‘lyozma nusxasi Misrdagi “Dor al- kutub” 
kutubxonasida saqlanadi. Bu asar lotin tilida 1669 yili nashr etilgan. 
Ahmad al- Farg‘oniyning shu asari tufayli «Ma’mun jadvallari» haqidagi 
tushunchalar Yevropaga juda erta tarqaldi. Ahmad Farg‘oniyning bu asari XII 
asrda ikki marta lotin tiliga, XIII asrda esa boshqa Yevropa tillariga tarjima 
qilindi. Olimning bu asarida falakiyotga doir aoboblar va quyosh soati yasash 
usuli bayon qilingan. Ahmad Farg‘oniy asarlari muallif hayotligidayoq ko‘pchilik 
Sharq olimlari tomonidan yuqori baholangan va ular o‘z asarlarini yaratishda 
bulardan foydalanib kelganlar.
Ahmad al- Farg‘oniy falakiyot bilan muttasil shug‘ullandi va qator ilmiy-
nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining diqqat-e’tiborini tortdi. Olimning 
“Kitobu amal ar-Ruxo-mot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan sabablar 
haqida kitob”), “Al-madhal ila ilmi hay’at al- aflok va an-nu-Jum” (“Falakiyot va 
ilmi nujum faniga kirish) singari risolalari shular jumlasidandir. 
Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmad al- Farg‘oniy 
faqat ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun 
maxsus asbob-uskunalar ham yaratdi. Shu ishlar natijasi o‘laroq, olim va 
amaliyotchi muhandis “Al–komil fi-usturlab”(“Astrolobiya haqida mukammal 
bilimlar”), “Fi-san’at va usturlab” (“Astrolobiya yasash san’ati haqida”) kabi 
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asar yozgan. Risolalar mavzu va 
mazmunlaridan Ahmad al-Farg‘oniyning chizmachilik san’ati va sir-sanoatini 
puxta bilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki asbob-uskunalar dastlab qog‘ozga 
chizma holda tushiriladi, keyin amaliy mehnat va tajribalar orqali jism sifatida 
shakllantiriladi. Aniqrog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy “Falakiyot asoslari” nomli ilmiy- 
nazariy jihatdan mukammal kitobi bilan shuhrat qozondi. Akademik T.N.Qori-
Niyoziy so‘zlari bilan aytganda, bu asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos 
qomusidir. [10.99]
“Bayt ul-hikma”da taxminan 840 yilga qadar tadqiqotlar olib borgan Ahmad
Farg‘oniy keyinchalik Damashq va Qoxirada chuqur ilmiy va amaliy ishlarni 
davom ettirib, samarali ijodi bilan katta shuhrat qozondi. O‘shandan buyon butun 
dunyoda uning asarlariga bo‘lgan qiziqish davom etib kelmoqda. XII asrdayoq 


41 
ispan olimlari kremonlik Gerardo, sevilyalik Ioann uning «Yulduzlar ilmi usuli 
kitob» asarini arabchadan lotin tiliga tarjima qildilar.
Al-Farg‘oniy tarjimonlar tomonidan unga berilgan «Alfraganus» nomi bilan 
dunyoga tanildi. Uning lotin va boshqa g‘arb tillariga tarjima qilingan mazkur 
asari _G‘arbiy Yevropada to‘rt yuz yil davomida falakiyot ilmidan asosiy 
qo‘llanma bo‘lib keldi. 
Xristafor Kolumb 1492 yilda "Santa Mariya" nomli kema yetakchiligida 
uchta kema bilan dunyo okeanlari osha qilgan sayohati davomida al-Farg‘oniyning 
dunyo xaritasidan keng foydalanganligini alohida e’tirof etgan.[11] 
Shuni alohida qayd etish joizki, Ahmad al- Farg‘oniyning «Samoviy 
harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida» kitobi uning astronomiyaga 
bag‘ishlangan asosiy asaridir. Bu asar “Astronomiya Negizlari” deb ham 
yuritiladi. Bu kitobda al- Farg‘oniy o‘z davridagi astronomiyaga oid bilimlarni 
tartibga soldi, ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitdi, astronomik asboblar, 
Quyosh soati tuzilishining bayonini berdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq, 
mamlakatlarni 
yetti 
iqlimga 
bo‘lib 
o‘rgandi, 
joylarning 
geografik 
koordinatalarini sharqdan g‘arbga yo‘nalishda berdi. Bu asar astronomiya 
bo‘yicha arab tilida yozilgan dastlabki risolalardan hisoblanadi. Astronomiyaga 
oid bilimlar qomusi bo‘lmish bu asar Yevropada Kopernikkacha bo‘lgan
astronomiyadan asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Ma’lumki, O‘rta asrlarda 
dunyo mamlakatlarini yetti iqlimga bo‘lib o‘rganish an’anaga aylangan edi. 
Qadimiy eronliklarniig yetti kishvar haqidagi tushunchalari astronomiya va 
geografiya tarixiga ko‘chgan. Yetti iqlim nazariyasida mamlakatlar sharqdan 
boshlab yetti iqlimga bo‘linadi. Har bir iqlimga kirgan joylar alohida-alohida 
o‘rganilgan. Ahmad Farg‘oniy ham mamlakatlarni shu usulda o‘rgangan va 
tekshirgan. U tuzgan jadvalda viloyatlar sharq tomondan g‘arbga (qarab ma’lum 
bir izchillikda bayon qilinadi. Shuni ham aytish kerakki, o‘rta asrlarda arab tilida 
yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi Al- Xorazmiyning “Kitob surat-ul-
arz” asari edi. Unda Al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar, mamlakatlar, tog‘lar, 
daryolar, ko‘llar va shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni rub’i 
ma’murning eng g‘arbiy chekkasidan, ya’ni Afrikaning Atlantika okeani 
qirg‘og‘igacha, ya’ni Tinch okeanidagi Yaponiya orollarigacha davom ettiradi. 
Tavsif kenglama yo‘nalishida ekvatorial yerlardan to shimoliy qutbiy yerlargacha 
davom etadi. Iqlimlarning Al-Farg‘oniy keltirgan tavsiflash usuli Al- 
Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy o‘zining tavsiflash usulida Ptolemey 
an’anasiga asoslangan bo‘lsa, al-Farg‘oniy hindlarning an’anasiga asoslanib, rub’i 
ma’murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi.
Uning iqlimlar tavsifida 
3, 4, 5, 6 va 7- iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda Markaziy 
Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. [12.] 
Shuning uchun quyida o‘sha tavsiflarni o‘z ichiga olgan parchani keltiramiz.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish