36 О‘rta asr sharq allomalarining tarixiy merosi va ularning jahon sivilizasiyasi tarixida tutgan о‘rni



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564843
1   2   3   4   5
42 
Uchinchi iqlim. 
Sharqdan boshlanib, Xitoy mamlakatining shimolidan, so‘ng 
Hind mamlakatidan va so‘ngra Kobul va Kermon viloyatlaridan o‘tadi.
To‘rtinchi iqlim.
Sharqdan boshlanadi va Tibetdan, so‘ngra Xurosondan 
o‘tadiki, bunda Xo‘jand, Usrushona, Farg‘ona, Samarqand, Balx, Buxoro, 
Hirot,Amuya, Marvarrud, Marv, Saraxs, Tue, Nishopur shaharlari bor. Undan 
so‘ng Jurjon, qumis, Tabariston, Demovand, Qazvin, Dailam, Ray, Isfahondan 
o‘tadi.
Beshinchi iqlim
. Sharqda Yajuj 
mamlakatidan boshlanadi, so‘ng 
Xurosonning shimolidan o‘tadi, unda Toroz shahri — savdogarlar shahri bor,
Navokat (Navkat), Xorazm, Isfijob (Sayram), Turar-band (O‘tror— hozirgi Aris) 
va Ozarbayjon, Arminiya (Armaniston) viloyati, Barda’a (Barda), Nashava 
(Naxchivon) shaharlari bor. 
Oltinchi iqlim.
Sharqdan boshlanadi va Yaju mamlakatidan o‘tadi ,so‘ng 
Xazar mamlakatidan (Shimoliy Kavkaz va quyi Volga bo‘yi), Jurjon (Kaspiy)
dengizining o‘rtasidan kesib o‘tadi va Rum (Vizantiya)
mamlakatigacha boradi.
Yettinchi iqlim.
Sharqda Yajuj mamlakatining shimolidan boshlanadi, so‘ng 
turkiy mamlakatlardan (Markaziy Osiyo), so‘ng Jurjon dengizining shimolidan
so‘ng Rum dengizini (qora dengiz) kesib, saqlablar (slavyanlar) mamlakatidan 
o‘tadi va g‘arb dengizida (Atlantika) tugaydi».
Keltirilgan parchadan ko‘rinadiki, al-Farg‘oniy katta kenglikdagi o‘lkalarni 
tavsiflagan bo‘lsa ham, o‘zining asl vatani Movarounnahrni mufassalroq 
tavsiflagan. Undan tashqari shuni ham ta’kidlash kerakki, al- Farg‘oniyning rub’i 
ma’mur haqidagi tasavvuri ancha aniq bo‘lib, har xil afsonaviylikdan xolidir. 
Chunonchi, u Yajuj mamlakati deb Sharqdagi afsonaviy yerni emas, balki hozirgi 
Mo‘g‘ulistonning sharqi va Xitoyning shimoli-sharqiga mos keladigan aniq 
geografik hududni aytgan. Ahmad Farg‘oniy bajargan hisob-kitob ishlari — xoh u 
riyoziyotu astronomiyaga, xoh u geografiyaga taalluqli bo‘lsin, nihoyatda 
pishiq-puxta, to‘g‘ri, mukammal edi. Farg‘oniy al-Xorazmiy, «Ziji» ga sharhlar 
yozgan. Munajjim olimlarning bir necha avlodi Ahmad Farg‘oniy asarlarini o‘qib 
olim bo‘lishdi. Beruniy, Ulug‘beklar Farg‘oniyning asarlaridan o‘z ilmiy 
faoliyatlarida foydalanishgan. Al-Farg‘oniyning falakiyot va matematika 
sohasidagi, ibn Sinoning falsafasi, al-Xorazmiy va al-Beruniylarning ilmi nujum, 
aljabr va tabobatga doir asarlari hamda ibn Rushd ta’limoti Yevropada 
hurfikrlilik mash’alasini yoqdi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, “Ahmad Farg‘oniy insoniyat tarixidagi ilk 
Uyg‘onish davrining eng zabardast va kuchli namoyondasi, o‘z zamonasining 
fundamental fan asoschilaridan biri sifatida bashariyat dunyoqarashi va 
ma’naviyatining rivojlanishiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. Uning bebaho merosi o‘z 
davri olimlari uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilgani tarixiy manbalar orqali 


43 
yaxshi ma’lum. Allomaning “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomli asari o‘n 
ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgani ham bu fikrning 
dalilidir. Umuman olganda, Ahmad Farg‘oniy tinimsiz samarali ilmiy mehnati va 
faoliyati tufayli buyuk falakiyotshunos sifatida ilmi riyoziyot va geografiya 
sohasida katta obro‘ qozondi. Qolaversa, u Sharq mamlakatlarida “Hojib” 
(matematik), G‘arb mamlakatlarida esa, ”Alfraganus” nomi bilan tanilgan va 
shuhrat 
qozongan. 
Shu 
bois 
Yevropa 
Uyg‘onish davrining buyuk 
namoyandalaridan biri bo‘lgan mashhur olim Regiomontan XV asrda Avstriya va 
Italiya universitetlarida astronomiyadan ma’ruzalarni al-Farg‘oniy kitoblaridan 
o‘qigan. Al-Farg‘oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan. 
Hozirgi kunda al-Farg‘oniyning bizgacha yetib kelgan quyidagi kitob va risolalari 
dunyo kutubxonalarida saqlanmoqda . Jumladan: “Astronomiya asoslari haqida 
kitob” qo‘lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor. 
“Asturlobyasash haqida kitob” - qo‘lyozmalari Berlin, London, Mashhad, Parij va 
Tehron kutubxonalari, “Asturlob bilan amal qilish haqida kitob” birgina 
qo‘lyozmasi Rampurda (Hindiston), “Al-Farg‘oniy jadvallari” qo‘lyozmasi 
Patnada (Hindiston), “Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash 
haqida risola” qo‘lyozmalari Gota va Qohirada, “quyosh soatini yasash haqida 
kitob” qo‘lyozmalari Halab va Qohirada saqlanadi. Al- Xorazmiy “Zijining nazariy 
qarashlarini asoslash” asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo‘lyozmasi 
topilmagan Yevropa olimlaridan Dalambr, Brokelman, I.Y.Krachkovskiy, X.Zuter, 
A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeldlar al-Farg‘oniyning ijodin yuqori 
baholaganlar. Darhaqiqat, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “...Muhammad 
Xorazmiy Ahmad al- Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo 
Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab daholar nomi nafaqat islom, ayni 
vaqtda jahon sivilizatsiyasi tarixida haqli ravishda oltin harflar bilan 
bitilgan”[1.28]. Zero, Farg‘oniyning nomi Xorazmiy kabi butun Sharq va G‘arbda 
mashhurdir.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish