Birinchi yo‘nalish
- matematika, tibbiyot yo‘nalishidagi fanlar bo‘lib, bularga
matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, geodeziya, minerologiya, tibbiyot,
farmakologiya va boshqa shularga turdosh fanlar kiritilib, Muxammad Muso al-
Xorazmiy, Axmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakriyo ar-Roziy kimyo va
tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniylar tibbiyot va falsafa, Abu Rayxon Beruniy,
Ulug‘bek Ali Qushchilar astronomiya va tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo‘nalish
— ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa,
texnika, mantiq, fikx ruxshunoslik, notiqlik va boshqa sohalar bo‘lib, bu sohada
Al-Forobiy, Al-Kindiy, Ibn Rusht, Ibn Sino, Zaxiriddin Bayxakiy, Muxammad
Narshaxiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Uchinchi—yo’nalish
— ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu soxada qomusiy
olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy — falsafiy asarlarida ifodalaydilar.
Butun Sharq bilan bir qatorda, Movarounnaxrda xam ilm-fan va ma’rifat soxasida
o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashxur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika,
fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika soxasida ilmiy merosi bilan nom
qoldirgan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar maydonga keldi. Qomusiy olimlar o‘z
ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga xam katta e’tibor berib, bu
asarlarda ilgari surilgan g‘oyalar insonning xam aqliy, xam axloqiy, estetik va
jismoniy jixatdan kamol topishida, tabiiy xamda ijtimoiy fanlar taraqqiyotida katta
axamiyatga ega bo‘ladi.
Quyida Jahon fani, madaniyatiga yirik hissa qo‘shgan qomusiy allomalardan
biri Ahmad al-Farg‘oniy Abdulabbos ibn Muhammad ibn Kasir
(798-865) ning ilmiy faoliyati va jahon tamadduniga qo‘shgan hissasi haqida
qisqacha fikr yuritmoqchimiz.
Ahmad al-Farg‘oniy Farg‘onada tug‘ilib o‘sgan, voyaga yetgan buyuk
allomadir. U yirik ilm-ma’rifat markazi bo‘lgan Bog‘doddagi «Baytul hikma»da
mudarrislik qilib, tabiiy-ilmiy sohada - riyoziyot, falakiyot, geografiya, hikmat
va boshqa qator fanlar yuzasidan ilmiy kashfiyotlar yaratgan olim. Shuni
ta’kidlash joizki, qariyib, 1200 yildan buyon al-Farg‘oniy yaratgan kashfiyotlar
insoniyatga xizmat qilmoqda. U jahon ziyolilari o‘rtasida buyuk falakiyotchi,
riyoziyun va jo‘g‘rofiyun, Sharqda «Xosib» - (matematik) degan laqab bilan
shuhrat topgandir. Uning falakiyot, geografiya va riyoziyot sohasidagi asarlari
bu fanlar taraqqiyotiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi va o‘zidan keyingi
olimlar uchun qo‘llanma bo‘ldi.
Al-Farg‘oniyning hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam bo‘lganligiga
qaramay, o‘rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo‘lgan. Ibn an-Nadim (X
asr), Ibn al-Qiftiy (XII—XIII asrlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa
39
(XVII asr) kabi Sharq fihristchilari uni o‘z asarlarida eslatadilar. Al-Farg‘oniyning
asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi»
(«Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Yevropada
lotin tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Yevropa tillariga ham tarjima
qilinganidan so‘ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida g‘arbda bir
necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Yevropa
universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi.
Al-Farg‘oniy asarlarining Yevropada tarjima qilinishi va ularning ilk bor
1193 yili jahon tillarida chop etilishi uni jahon ilm ahli o‘rtasida «Birinchi arab
astronomi» - degan nom olishiga asos bo‘ldi. [8]
Ahmad Farg‘oniy arab ilmiy atamashunosligining paydo bo‘lish va
rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimdir. U Bag‘dod va Damashq
rasadxonalarining qurilishida qatnashdi. Ptolemey «Yulduzlar jadvali»dagi
ma’lumotlarni tekshirishda ishtirok etdi. Farg‘oniy Bag‘dod rasadxonasida
astronomik kuzatuv ishlarini olib bordi, ko‘pgina kashfiyotlar qildi. Xususan,
812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bildi. Yerning shar shaklida ekanligini
qat’iy ilmiy dalillar bilan isbotladi.
Arab xalifaligi davrida, xususan, xalifalar Xorun ar-Rashid va uning o‘g‘li
al-Ma’mun davrida yunon ilmiy asarlariga, ayniqsa ularning tarjimasiga
qiziqish kuchaya boshladi. Bu davrda Bag‘dod ilmiy tarjima ishlarining
markaziga aylandi. Tarjima ishlarida turli mamlakatlar, turli millat vakillari
qatnashdilar, ular orasida o‘rta osiyolik Ahmad Farg‘oniy bilan birga
Muhammad Xorazmiy, Abbos ibn Sa’id Javhariy va Ahmad ibn Abdulloh
Marvaziylar ham bor edi.
Xalifa al-Ma’mun davrida ikki rasadxona: biri Bag‘dodda, Shammosiya
degan joyda, ikkinchisi Damashqqa yaqin Qasiyun nomli tog‘da qurildi. Bu
rasadxonalarni qurishga al-Ma’mun xizmatida bo‘lgan Ahmad Farg‘oniy
rahbarligida ko‘pgina olimlar jalb etildilar.
Ahmad Farg‘oniy Bag‘dod rasadxonasida ilmiy ishlar olib borish bilan
birga shu rasadxonaning ma’muriy ishlarini ham boshqarar edi. Ahmad
Farg‘oniy bu davrda yunon tilidan arab tiliga (qilinayotgan falakiyotga doir
asarlar tarjimasida qatnashdi. Alloma o‘zining «Falakiyotga kirish» asarida
Ptolemey va boshqa yunon olimlarining bu fan haqidaga fikrlarini o‘rgandi va
o‘sha davrdagi falakiyotga doir bilimlarni sistemali tarzda bayon qilib berdi,
shu bilan birga ilgari o‘tgan olimlar, jumladan Ptolemeyning bir qator
fikrlarini tanqid qiladi.
Ahmad Farg‘oniy Nil daryosining suvini o‘lchaydigan yangi o‘lchov asbobi
yaratdi. Al-Ma’mun falakiyotchilari tuzgan geografik koordinatalarning
muntazam ma’lumotlari asosan, Bag‘dodda (829 y.) va Damashqda (832 y.)
olib borilgan falakiyotga doir kuzatishlar davriga to‘g‘ri keladi. Bu ma’lumotlar
40
«Azjiz ul-Ma’mun al-mumtaxana» nomi bilan mashhurdir. Bu asar o‘zining
dastlabki holida bizgacha yetib kelgan emas, ammo u IX asrda falakiyot va
geografiya fani rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu Ahmad Farg‘oniy va
Muhammad Xorazmiy kabi olimlarning asarlari misolida ochiq ko‘rinadi.
«Ma’mun ziji»ni asosan Ahmad Farg‘oniyning «Samoviy harakatlar va
yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob» asari orqali bilamiz. Bu falakiyotdan
arab tilida yozilgan dastlabki asarlarning biri bo‘lib hisoblanadi.
Al-Farg‘oniyning “Sayyoralar ilmi” (“Samoviy harakatlar va yulduzlar
fanining majmuasi haqida kitob”) asari tahminan 824-855 yillar atrofida
yozilgan bo‘lib, uning qo‘lyozma nusxasi Misrdagi “Dor al- kutub”
kutubxonasida saqlanadi. Bu asar lotin tilida 1669 yili nashr etilgan.
Ahmad al- Farg‘oniyning shu asari tufayli «Ma’mun jadvallari» haqidagi
tushunchalar Yevropaga juda erta tarqaldi. Ahmad Farg‘oniyning bu asari XII
asrda ikki marta lotin tiliga, XIII asrda esa boshqa Yevropa tillariga tarjima
qilindi. Olimning bu asarida falakiyotga doir aoboblar va quyosh soati yasash
usuli bayon qilingan. Ahmad Farg‘oniy asarlari muallif hayotligidayoq ko‘pchilik
Sharq olimlari tomonidan yuqori baholangan va ular o‘z asarlarini yaratishda
bulardan foydalanib kelganlar.
Ahmad al- Farg‘oniy falakiyot bilan muttasil shug‘ullandi va qator ilmiy-
nazariy asarlar yaratdiki, ular ilm olamining diqqat-e’tiborini tortdi. Olimning
“Kitobu amal ar-Ruxo-mot”, “Kitobu ilal-al aflok” (“Falakda bo‘ladigan sabablar
haqida kitob”), “Al-madhal ila ilmi hay’at al- aflok va an-nu-Jum” (“Falakiyot va
ilmi nujum faniga kirish) singari risolalari shular jumlasidandir.
Ayrim tadqiqotchilarning xabar berishiga qaraganda, Ahmad al- Farg‘oniy
faqat ilmiy kuzatuvchi va tadqiqotchi bo‘lib qolmay, balki rasadxona uchun
maxsus asbob-uskunalar ham yaratdi. Shu ishlar natijasi o‘laroq, olim va
amaliyotchi muhandis “Al–komil fi-usturlab”(“Astrolobiya haqida mukammal
bilimlar”), “Fi-san’at va usturlab” (“Astrolobiya yasash san’ati haqida”) kabi
amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asar yozgan. Risolalar mavzu va
mazmunlaridan Ahmad al-Farg‘oniyning chizmachilik san’ati va sir-sanoatini
puxta bilgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki asbob-uskunalar dastlab qog‘ozga
chizma holda tushiriladi, keyin amaliy mehnat va tajribalar orqali jism sifatida
shakllantiriladi. Aniqrog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy “Falakiyot asoslari” nomli ilmiy-
nazariy jihatdan mukammal kitobi bilan shuhrat qozondi. Akademik T.N.Qori-
Niyoziy so‘zlari bilan aytganda, bu asar “astronomik bilimlarning o‘ziga xos
qomusidir. [10.99]
“Bayt ul-hikma”da taxminan 840 yilga qadar tadqiqotlar olib borgan Ahmad
Farg‘oniy keyinchalik Damashq va Qoxirada chuqur ilmiy va amaliy ishlarni
davom ettirib, samarali ijodi bilan katta shuhrat qozondi. O‘shandan buyon butun
dunyoda uning asarlariga bo‘lgan qiziqish davom etib kelmoqda. XII asrdayoq
41
ispan olimlari kremonlik Gerardo, sevilyalik Ioann uning «Yulduzlar ilmi usuli
kitob» asarini arabchadan lotin tiliga tarjima qildilar.
Al-Farg‘oniy tarjimonlar tomonidan unga berilgan «Alfraganus» nomi bilan
dunyoga tanildi. Uning lotin va boshqa g‘arb tillariga tarjima qilingan mazkur
asari _G‘arbiy Yevropada to‘rt yuz yil davomida falakiyot ilmidan asosiy
qo‘llanma bo‘lib keldi.
Xristafor Kolumb 1492 yilda "Santa Mariya" nomli kema yetakchiligida
uchta kema bilan dunyo okeanlari osha qilgan sayohati davomida al-Farg‘oniyning
dunyo xaritasidan keng foydalanganligini alohida e’tirof etgan.[11]
Shuni alohida qayd etish joizki, Ahmad al- Farg‘oniyning «Samoviy
harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida» kitobi uning astronomiyaga
bag‘ishlangan asosiy asaridir. Bu asar “Astronomiya Negizlari” deb ham
yuritiladi. Bu kitobda al- Farg‘oniy o‘z davridagi astronomiyaga oid bilimlarni
tartibga soldi, ularni yangi ma’lumotlar bilan boyitdi, astronomik asboblar,
Quyosh soati tuzilishining bayonini berdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq,
mamlakatlarni
yetti
iqlimga
bo‘lib
o‘rgandi,
joylarning
geografik
koordinatalarini sharqdan g‘arbga yo‘nalishda berdi. Bu asar astronomiya
bo‘yicha arab tilida yozilgan dastlabki risolalardan hisoblanadi. Astronomiyaga
oid bilimlar qomusi bo‘lmish bu asar Yevropada Kopernikkacha bo‘lgan
astronomiyadan asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Ma’lumki, O‘rta asrlarda
dunyo mamlakatlarini yetti iqlimga bo‘lib o‘rganish an’anaga aylangan edi.
Qadimiy eronliklarniig yetti kishvar haqidagi tushunchalari astronomiya va
geografiya tarixiga ko‘chgan. Yetti iqlim nazariyasida mamlakatlar sharqdan
boshlab yetti iqlimga bo‘linadi. Har bir iqlimga kirgan joylar alohida-alohida
o‘rganilgan. Ahmad Farg‘oniy ham mamlakatlarni shu usulda o‘rgangan va
tekshirgan. U tuzgan jadvalda viloyatlar sharq tomondan g‘arbga (qarab ma’lum
bir izchillikda bayon qilinadi. Shuni ham aytish kerakki, o‘rta asrlarda arab tilida
yozilgan geografik asarlarning eng birinchisi Al- Xorazmiyning “Kitob surat-ul-
arz” asari edi. Unda Al-Xorazmiy yetti iqlimdagi dengizlar, mamlakatlar, tog‘lar,
daryolar, ko‘llar va shaharlarning tavsifini keltirgan edi. Bunda u tavsifni rub’i
ma’murning eng g‘arbiy chekkasidan, ya’ni Afrikaning Atlantika okeani
qirg‘og‘igacha, ya’ni Tinch okeanidagi Yaponiya orollarigacha davom ettiradi.
Tavsif kenglama yo‘nalishida ekvatorial yerlardan to shimoliy qutbiy yerlargacha
davom etadi. Iqlimlarning Al-Farg‘oniy keltirgan tavsiflash usuli Al-
Xorazmiynikidan farq qiladi. Al-Xorazmiy o‘zining tavsiflash usulida Ptolemey
an’anasiga asoslangan bo‘lsa, al-Farg‘oniy hindlarning an’anasiga asoslanib, rub’i
ma’murning tavsifini eng sharqiy chekkasidan boshlaydi.
Uning iqlimlar tavsifida
3, 4, 5, 6 va 7- iqlimlarning tavsifi diqqatga sazovordir. Chunki bularda Markaziy
Osiyoning va unga tutash yerlarning shahar va viloyatlari tavsiflanadi. [12.]
Shuning uchun quyida o‘sha tavsiflarni o‘z ichiga olgan parchani keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |