304-guruh talabasi abdumutalova malikabonu ulug`bek qizining



Download 160 Kb.
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi160 Kb.
#891334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-6 YOSHLI BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'Iimni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:

  • Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

  • Maktabgacha ta'Iimni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

  • Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta'minlash;

  • Zamonaviy o'quv-uslubiy qo'llanmalar, texnik vositalar, o'yinchoqlar va o'yinlar yaratish harnda ularni ishlab chiqarish;

  • Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy - tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma'naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim sharoitlar yaratish;

  • Maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo'yicha malakali maslahat ko'rsatish imkoniyatini yaratish;

  • Maktabgacha ta'lim va sog'lomlashtirish muassasalari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.



2-BOB. MASHG‘UIOT - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI
2.1.Maktabgachata`lim konsepsiyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yilgan davlat talablari
Mashg'ulot ta'Iim muassasida bolalarga ta'Iim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot - pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbi- yachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madani- yati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli-tu- man malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limni tashkil etish shak- lidir. .
Ta'lim shakli deganda ta'lim beruvchi pedagog va bolalar- ning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tarti- bida ma'lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi n'zaro ta'sir xususiyatiga, o'tkazish joyiga shuningdek, kun tar- :ibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'limning frontal (umu- miy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta'Iim berish ishlari ekskursiya, di- daktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratjlgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahami- yatga ega. Mashg'ulot orqali bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish nati- jasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish kat- ta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlari- ga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berish- ning talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yo- pishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim berish orqaii bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tar- biyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar ho- sil qilinadi.
Bolalarni maktab ta'limiga ruhiy jihatdan tayyorlash- ni ularning boshlang'ich sinflarda dastur materialni yax-
shi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malaka- larni rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg'ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg'ulot bo- lalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta'lim muassasa- si ta'lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomi- da o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg'ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol ta- fakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik, xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qi- lish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o'rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bi- lan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasav- vurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qu- rish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali surat- da muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib bo- rishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bos- qichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun gu- ruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shu- ning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, im- koniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri al- mashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsad- ga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug'lik bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga bo'lgan holda o'tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo'ladi. Mashg'ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma'lumki haf- taning o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalar- ning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tan- lanadi (elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o'rgatish va h.k). jadval tuzganda bu mashg'ulotlarni birinchi qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagru- zkani talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiya- lovchi bo'lishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasi dasturi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilim- larning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hay- vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish asosi- da bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug' kishilarga muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayo- tiga qiziqish paydo bo'ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijtimoiy hodisalar, voqealar to'g'risida, umumlashgan tasav- vurlar tarkib topadi. Masalan, qo'shni o'lkalardagi bolalarning hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti va do'stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tar- biyachi yangi mashg'ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg'ulotlarda o'zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog'lanishini o'ylab ko'radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bi- lan o'qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma-xil mehnat turlari haqidagi ma'lumotlar sistemasining bir qismidir.
Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar - ijti- moiy mehnatning jamoa xarakteri to'g'risidagi bilimlar siste- masining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyati- ni tushunish uchun bola shunga o'xshash ko'pdan ko'p mehnat turlari bilan tanishishi lozim. Mashg'ulot quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardanxabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bil- imlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotlarga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib so'zlab berish va boshqa- lar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh guruhlarida o'tkaziladi.
2. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkam- lovchi va sistemaga soluvchi mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dast- labki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida bolalarning bili- mini yangi narsalar - detallar bilan boyitib boradi.
3. Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday mashg'ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.
4. Kompleks mujassam mashg'ulotlar bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib, bunday mashg'ulotlarda bo- lalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamla- nadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va mala- kalarni amalda qo'llashga o'rgatiladi. MTMda tasviriy faoli- yat, konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va ta- biat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng od- diy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Mashg'ulotga to'g'ri tay- yorgarlik ko'rib, uyushgan holda o'tkazilganda bolalar oldiga ma'lum aqliy vazifa qo'yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoli- yati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyin- chilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma'lum to- monga yo'naltiradi. Eng avvalo, bolaning aqliy vazifani hal etish yo'lidagi qiyinchilikni yengish imkoniyati tug'iladi, nati- jada bolada faoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, o'ylaydi va vazifaning uddasidan chi- qish uchun fahm-farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bo- la tarbiyachi ko'rsatmasi va namunasiga qarab malaka va ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamni, mo'yqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish, narsa yasash, solishtirish, umumiashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning takrorlanaverishiga yo'l qo'ymasligi kerak.
Mashg'ulotning tuzilishi: Mashg'ulot quyidagi tuzilishga ega: bolalarni uyushtirish, asosiy qism, yakunlovchi qism.
Bolalar mashg'ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi puxta o'ylanib olinishi kerak. Bolalar o'quv faoliyatini qanchalik pux- ta egallab olsalar, tarbiyachini e'tibor bilan tinglab, o'yindan mashg'ulotga osonlik bilan o'tadilar.
Bolalarni uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni yig'ib, ularn- ing mashg'ulotga tayyorligini tekshiradi: tashqi ko'rinishi, joy-joyiga to'g'ri o'tirishganligi, diqqatini to'plaganini sinab ko'radi.
Mashg'uiot muvaffaqiyatli o'tishi uchun bolalar oldi- da turgan faoliyatga qiziqish uyg'otishi, buning uchun bo- lalarning yoshi, qiziqishi, faoliyatiga mos har xil usullarni qo'llashi kerak.
Kichik guruh bolalarida mashg'ulotga qiziqish uyg'otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi. «Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo'g'irchoq biznikiga mehmon- ga kelibdi», - deb mashg'ulotni boshlash mumkin. Bolalar- ning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to'g'risidagi tasavvurini tartibga soluvchi mashg'ulot mana shunday boshlanadi.
Katta guruhlarda qanday mashg'ulot bo'lishini tar- biyachi bolalarga oldindan aytib qo'yadi. Bu bolalarning bo'Iajak mashg'ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mus- taqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o'tadi va ularga rasmlarni ko'rishni, ota- onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko'rganini eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo'r qiziqish bilan kutishadi.
Kattavatayyorlovguruhlaridagibolalar mashg'ulotning zarurligi va majburiyligini tushunishlari, unga ongli ra- vishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg'ulotda bolalarga yangi bilim berila- di, topshiriqni bajarish yuzasidan yo'I-yo'riq ko'rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam beriladi. Bolalar bilan bo'ladigan jamoachilik munosabatlari alohida munosabat bilan qo'shib olib boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo'llaydi.
Mashg'ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqa- tini tashkil eta bilish kerak. Bu bolalar oldiga qo'yilgan aqliy vazifaga bog'liq. Bolalarga qanday ishlar olib bo- rish zarurligi ko'rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e'tibor bilan eshitib o'tirishga o'rgatish kerak, zarurat tug'ilsagina takrorlash mumkin.
Bog'chadagi bolalar o'qish, yozishni bilmaganlari uchun o'tilgan materiaini qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullari- dan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qoch- ish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi,
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to'ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalarda bilimga qizi- qish uyg'otadi va shu narsa to'g'risidagi tasavvur va tu- shunchalarini chuqurlashtiradi. Mashg'ulotni dastur maqsadi va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo'llaniladi.
Bolalar o'zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo'lgan material so'z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yo- ki bu ishni bajarishda bolalardan uni qanday amalga oshir- moqchi ekanini so'z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son-sanoqga o'rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday qilishi, qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishni tushun- tirib berishi talab etiladi).
Mustahkamlash jarayonida didaktik material bilan ba- jariladigan mashq aqliy vazifani o'z ichiga oisa, bolalarda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Masalan, son-sanoq mashg'ulotida bolalar sanash ma- terial bilan o'zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbi- yachining topshirig'iga qarab narsalar sonini kamaytiri- shadi yoki ko'paytirishadi. Buning uchun o'yinchoqlardan ham foydalanish mumkin.
Mashg'ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qat- nashishini va ishni o'z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg'ulot yakka tartibda olib boriladigan bo'lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar ya- sash, qurish-yasash, konstruksiyalash), bolalar ishni har xil vaqtda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg'ulot tu- gashiga bir necha daqiqa qolganda mashg'ulotni tugatish kerakligi to'g'risida ularni ogohlantiradi.
Mashg'ulotni tugatayotib, tarbiyachi o'tkazilgan mashg'ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bi- lan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg'ulotda qat- nashganini gapiradi, ba'zan kelgusi mashg'ulotda nimalar o'tishlarini aytadi.
Bolalarning o'quv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to'g'ri baholashga bog'liq.
Qo'yilgan vazifaning bajarilishiga qarab baho berili- shi kerak. Bolaning ishini to'g'ri baholab, «to'g'ri» yo- ki «noto‘g‘ri» deyish bola uchun oddiy maqtovdan ancha qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilinsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg'ulotdan keyin tarbiyachi bolalarni o'yinga tak- lif etadi, boshqa mashg'ulot bo'Imasa, sayrga tayyorlani- shadi.
Mashg'ulotda tarbiyachining bolalarga qo'yadigan ta- labi ularning yoshi va imkoniyatlariga mos bo'Iishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini ikkiga bo'lib mashg'ulot o'tiladi. Tarbiyachi birinchi guruh bolalari bilan mashg'ulot o'tkazganda ikkinchi guruh bolalariga enaga qarab tura- di. Tarbiyachi mashg'ulot paytida hamma bolalarning faol qatnashishlariga harakat qiladi: savolga to'g'ri javob ber- ishlarini, tayyorlanishi kerak bo'lgan jihozlar, bolalar bi- lan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo'lsa], mashg'ulotning borishi va tarbiyachi foydalana- digan metodik usullar ko'rsatiladi. Mashg'ulot jarayoni- ni bayon etib yozishda mashg'ulotning boshi va oxirida (yakun chiqarish va keyingi faoliyat turiga o'tishda) bo- lalarni uyushtirishni alohida ajratib ko'rsatish kerak.
Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun jihozlarni o'z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg'ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilagan metodik usullarga bog'liq.
Odatda metodika kabinetida «MTMda ta'lim-tarbi- ya dasturi»ning hamma bo'limlari bo'yicha metodik qo'llanmalar bo'ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o'zi tay- yorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bo- lalarini jalb etadi. Mashg'ulot uchun kerakli materiailar- ni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, di- daktik materiallar hamma bolalar uchun yetarli ekanligi- ni tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o'tkazadigan bo'lsa, u old- indan ekskursiya o'tkaziladigan joyga borib kelishi, kuza- tish uchun obyekt tanlashi, bolalarni qanday joylashtirish- ni o'yiab qo'yishi, eng yaqin va xavfsiz marshrutni tanlashi kerak. Maydasanoqmateriali,rasmmashg‘uloti,applikatsi- ya, qurish-yasash uchun materiallar, she'r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo'yiladi. Ba'zi mashg'ulotlarga tay- yorgarlik ancha oldin boshlanadi. Masalan, kichik guruh bolalariga ekish yoki ko'chat o'tkazishga qiziqish uyg'otish uchun ularga ko'karib turgan o'simlikni ko'rsatish kerak. Buning uchun uni avval yetishtirish zarur.
Navbatchilar mashg'ulotga kerakli jihozlarni tayyorlay- dilar, stol, stullarni qulay qilib joylashtiradilar, qo'llanma va, materiallarni qo'yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va mu- siqa mashg'ulotiaridan oldin bolalar poyabzalni almashti- radilar, sport formasini kiyadiiar.
Mashg'ulotlarda tarbiyachining yetakchilik roli va uni o'tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi MTMda asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bi- lish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-pe- dagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgiianadi.
> Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyati- ni, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlari- ni bilishdir.
> Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jis- moniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzil- gani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyat- ning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldin- dan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlan- gan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
> Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoli- yati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uc- hun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan hol- da undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa} yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.
> Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo'lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoni- yatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha ta'lim yo- shi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri ju- da katta bo'ladi. Chunki, bu davrdagi har bir taas- surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma'naviy dunyosiga ki- ra olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab eta- di. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qurol sifatida foy- dalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq ta'sir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiqroq va qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinchlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqiyoti asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga alohida e'tibor beri- shi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishi- ni sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirib borish maqsadga muvofiq- dir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch, quvnoq muhitni tashkil etish lozim. Bolani: «Tezroq yuvi- ninglar - nonushtaga kech qolyapmiz», «0'yinchoqni tez- roq yig'ishtiringlar, sayrga yoki mashg'ulotga kech qol- yapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta'lim berganda uni shunday tashkil etish kerakki, har bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malaka- lari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bo- lalar olgan bilimlarini qo'llay olishlari ularning yaxshi o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hech qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir.
Agar bolalar yetarlicha bilim va malakalarga ega bo'lsa, ular bilan xilma-xil mashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foy- danishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qur- ish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg'ulotlar odatdagi mashg'ulotlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil material- lar beriladi va ularga rasm mavzusini o'zi belgilash, qu- rilishni o'zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yara- tiladi. Bunday mashg'ulotlar dasturning ayrim bo'limlari bo'yicha ta'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
Bolalar olgan bilimlaridan o'z o'yinlarida keng foydala- nadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash soha- sidagi malakalarni qo'llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, inshootlar barpo etadilar va hokazo. Olingan bilimlar turli xil o'yinlarning mazmunida aks ettiriladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi
Hissiy bilish maktabgacha yoshidagi bolalikda alohida aha- miyatga ega. Fikrlash va nutq yetakchi o'rin tutadigan manti- qiy bilish hissiy tajribadan kelib chiqadi. Sensor rivojlanish har qanday amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli egallashning sharti hi- soblanadi,
Tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asosla- nadi. Tasavvurning asosini bevosita sezish orqali idrok qilish tashkil etadi. Bunday tasavvurning aniqligi, to'Ialigi sensor ja- rayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tar- biya sezgi va idrokni biror maqsadga qaratilgan holda rivoj- lantirishdir. "Sensor" so'zi lotincha "sensus” - "tuyg'u”, "sezgi", "idrok", "sezish qobiliyati" ma'nolarini anglatadi. Borliqni bi- lish sezgi, idrok qilishdan boshlanadi.
Inson ko'rish, sezish va hokazolar yordamida tevarak - atrofdagi narsa va hodisalar to'g'risida bilimga ega bo'ladi, faqat shular asosidagina unda xotira, tafakkur, xayol jarayon- lari hosil bo'ladi.
Bog'cha va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 10,9 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo'lsa, insonning tevarak- atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo'Iadi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning rivoj- lanish darajasi bilish faoliyatining muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi.
Sensor tarbiya pedagogika fanida bolalarning aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanti- rish davridir. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o'rinni egallaydi. Sensor tarbiya hissiy bilish qobiliyatlarini shakllantirishga, sezgi, idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik ta’sir sistemasidir.
Mariya Montesori texnologiyasi aynan shu fikrni olg'a su- ruvchi usullar majmuyi bo'lib, ma'nan yetuk, mustaqil fikrlov- chi, intiluvchan shaxsni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shi- fokor-pedagog Mariya Montesori yaratgan Maktabgacha ta'lim metodikasi maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida- gi barcha tizimlar orasida alohida ajralib turadi. Agar ota-ona- lar o'z farzandlariga rahmdillik, mehr-muruvvat tuyg'ularini uyg'ota olmas ekanlar, u holda bolalar nafaqat begona odam- larga, balki o'z ota-onasiga ham hissiz bo'lib qoladilar. Monte- sori metodikasi bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalarni sen- sor tarbiyalashda quyidagi maqsadlar nazarda tutilishi kerak:
1. Barcha tashqi hissiyotlarni shakllantirish.
2. Tashqi hissiyotlarni tarbiyalash orqali hali to'Iiq shakllan- magan barcha ruhiy jarayonlarni rivojlantirish kerak. Chunki diqqat, intellekt va iroda to'liq rivojlanmagan bo'Iadi.
3. Odatiy bir yoqlama madaniy tasavvurdan xalos bo'lish.
4. Nutq apparatlari orqali tilni rivojlantirish, so'z boyliklari- ni oshirish.
5. Bolalarning ruhiy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq tarzda, o'z-o'ziga xizmat qilishda ehtiyoj va talablarni rivojlan- tirish.
Yuqorida ko'rsatilgan pedagogik maqsadlarga erishish uchun Montesori yaxshi sharoitda bolani tarbiyalash usullari- ni tavsiya etadi. Uning materiallari ayniqsa, aqliy faoliyatni ri- vojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sensor tarbiyaning vazifasi va mazmuni
Sensor tarbiyaning maqsadi Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning sensor qobiliyatlarini o'stirishdan iborat.
Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini, nomigagina bilishi ye- tarli bo'lib qolmay, balki ular buyumlarni chuqurroq idrok eti- shi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo'lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir, deb biladi. Tarbi- yachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e'tibor berishi, bolalarga tegishli topshiriqlar berishi: buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo'yishda ularning og'irligini his qi- lish, buyumni qo'lga olib, uning sirtini sezishi va sifatini - is- siq yoki sovuqligini ana shunga o'xshashlarini aniqlashi kerak,
Bolalarning yoshi ulg'ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoit- larning o'zgarishi bilan idr ok etish jarayoni va unga qo'y iladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar tarelkalarning kat- ta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlar- ning og'irligini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuqroqligi- ni, plastmassa buyumlarning yengilligini his qiladilar. Stollar- ni u yoq bu yoqqa siljitish, stullarni joy-joyiga qo'yish boshqa harakat sezgilarini uyg'otadi, fazoviy munosabatlarni, kontur chiziqlar va hokazolarni idrok qilishni talab etadi.
Shunga asoslanib, sensor tarbiyaning quyidagi vazifalari belgilanadi:
- Bolalarda perspektiv harakatlarni shakllantirish.
- Buyumlarning xususiyati, sifati, munosabati to'g'risidagi umumlashgan tasavvurlar sensor etalonlar sistemasini shakl- lantirish.
Sensor etalonlar ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida hosil qil- ingan namunalardir. Asosiy ranglar, geometrik shakllar, no- talarda ifodalangan musiqali tovushlarning turli balandligi ana shunday etalonlar jumlasiga kiradi. Agar bola etalonlar va ularning og'zaki ifodalanishi bilan tanish bo'lsa, uning te- varak-atrofni bilishi oson bo'ladi, u o'zi uchragan buyumlarni ma'lum bir etalon bilan taqqoslaydi hamda buyumning rangi, shakli, katta-kichikligi, detallarining fazoviy joylashishini ay- tib beradi.
Perseptiv harakatlardan, etalonlar sistemasidan amaliy faoliyatda va bilish jarayonida mustaqil foydalanish malakasi- ni shakllantirish.
Sensor tarbiyaninng mazmuni o'z ichiga tevarak-atrofda- gi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bular bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi va har xil sensor asosga egadir.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola ranglarni farq qilish va ularning nomini aytishga o'rgatiladi, ularda rang tuslari ha- qida, bo'yoqlarni aralashtirish natijasida yangi rang yoki tus- lar paydo bo'Iishi to'g'risida tasavvur hosil bo'Iadi, shuning- dek ular (nutqning tovush tomonlarini, so'zning tovush tu- zilishini tahlil qilish qobiliyatini) va musiqa tinglash o'quvini rivojlantirish ham sensor tarbiya mazmuniga kiradi. Sensor tarbiya, shuningdek, taktik sezgilarni, buyumlarning sifati- ni paypaslab, ko'rib farqlash va ularni to'g'ri aytish (silliq, ma- yin, dag'al, yumshoq, og'ir, yengil, sovuq, issiq va boshqalar) ko'nikmalarni rivojlantirish ham sensor tarbiya vazifalaridn biridir.
Bolalar sekin-asta vaqtni tushuna boshlaydilar hamda vaqt tushunchasini o'zlashtiradilar, vaqtning ketma-ketligi va davomliligini anglaydilar. Dastlab bolaning "kecha", "bugun", "ertaga” tushunchalarini nisbiyligini, vaqtning davomliligini (bir daqiqa, besh daqiqa, bir soat) tushunib olishi qiyin bo'ladi. Bunga tajribaning to'planib borishi va biror maqsadga qaratil- gan ta'Iim natijasida erishiladi,
Yuqorida aytilganlarga xulosa qilib, sensor tarbiya bolalar- ning hamma faoliyatlarida amalga oshiriladi deb aytish mum- kin.
Sensor tarbiya usuli
Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikatsiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgi- na qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olish- ga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizish- dan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o'rgatiladi, suratlarni ko'zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko'rish qobiliyati rivojlanadi.
MTMda bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o'simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish top- shiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib, bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo'lish tufay- li gul, toshlarning nomini osongina va bajonudil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini sil- liqligi va mayinligiga qarab topadilar.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar "oldinga”, "orqaga", "tepada - pastda”, "uzoq-yaqin”, "chapda-o'ngda" kabi fazoviy tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar va hayotiy vaziyatda ularga amal qiladilar, buyumlarning shakli, ular o'lchamining farqiga yetadilar, ularni o'zaro taqqoslaydilar.
Bolalar tabiatbilan tobora ko'proq aloqada bo'lishlari tufay- li taassurotlari, eshitib ta'sirlanish xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, sham- olning guvillashi, yomg'irning shatir-shuturi va momaqaldiroq- ning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o'rgatish zarur.
Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri - tekshirishdir. Tekshirish - buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo'lib, uning natijalaridan keyinchalik ma'lum bir mazmunli faoliyatda foydalaniladi. Tekshirish jarayoni- da bolalar katta-kichiklikni, shaklni, fazoviy munosabatlarni, rangni, nutq tovushlari bilan musiqiy tovushlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish va farqlashga o'rganadilar.
Mashg'ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o'ynaydi. Holbuki shu mashg'ulotlarda bo- lalarning sezgi, idrok va tasavvurlarni tarbiyalashga jonli rah- barlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Bolalar biror buyumni nima uchun sinchiklab qarash, ba'zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganla- ridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakasi hosil bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar- ni narsa va hodisalarni idrok qilishga o'rgatib, ular qiladigan ishlarning ma'nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagi- na ular ancha tushungan holda idrok qiladilar va biror maqsad- ga qaratilgan bo'ladi: axir, daraxt shoxlari yaxshilab ko'zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo'Iadi.
Boshqa faoliyat turlariga, masalan, mehnatga tayyorgarlik ko'rishda tegishli tekshirish usullari tanlanadi.
Masalan, qog'oz va gazlamaning xossalarini aniqlash uchun tarbiyachi bolalarga qog'oz va gazlamani g'ijimlaganda ni- ma bo'lishini eshitib ko'rishni, qog'oz va bir parcha gazlamani yirtib ko'rishni, qog'oz va gazlamadan qilingan qo'g'irchoq ko'ylagini suvda yuvishni taklif etadi.
To'plangan tajribalarni bolalar boshqa buyum va hodisa- larga ko'chiradilar, undan kundalik hayotlarida foydalanadi- lar: "Kel, qumga suv quyamiz, u nam bo'ladi, biz undan tunnel quramiz", "Bu chelakni ko'tarma, unda qum bor, u juda og'ir”.
Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta'rifini aniqlash, ularni ma'lum bir xossalarga ko'ra taqqoslash uchun didaktik o'yin va qo'llanmalardan ham foydalanish mumkin. Ular bo- lalar bilan olib boriladigan xilma-xil mashg'ulotlar, mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida yaxshigina qo'shimcha material hisoblanadi.

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish