O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI BO`LIM
MAKTABGACHA TA`LIM YO’NALISHI
304-guruh talabasi
ABDUMUTALOVA MALIKABONU ULUG`BEK QIZINING
“5-6 YOSHLI BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI” MAVZUSIDAGI
ILMIY RAHBAR: G.MO`MINOVA
Qo’qon – 2022
MUNDARIJA
KIRISH……......……………………………..…………………………3
I-BOB.MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI ....................................................5
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi……................5
1.2.Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning o'ziga xosligi..10
I-bob yuzasidan xulosa ………………………….……………….……14
2-BOB. MASHG‘UIOT - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM BERISHNING ASOSIY SHAKLI……....15
2.1.Maktabgacha ta`lim konsepsiyasi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo`yilgan davlat talablari...............….............................................…....15
2.2.Olib borilgan ishlarning amaliy tahlili …………….……………....31
II-bob yuzasidan xulosa…………………………….………………….35
XULOSA VA TAVSIYALAR………………….………………….....37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………….…………….…38
KIRISH
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasida: maktabgacha ta'Iimning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o'z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xususiyatlarini uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Maktabgacha ta'lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |