OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI BO’LIM YO’NALISHI
304- GURUX TALABASI
Artiqova Nigora Mamurovna
“Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan
“MTT katta guruhlarida matematika mashg’ulotlarini o’tkazish texnologiyasi va tashkil qilish” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Sh. Karimova ____________
Qo’qon 2023
Reja
Kirish 3
I.BOB. MTT da katta guruhlarda matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi talablar va tarbiyachining nutqi 5
1.1. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari 5
1.2. Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyachining nutqi 8
II.BOB. MTT katta guruhlarda matematika mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyasi va tashkil qilish 10
2.1. Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash 10
2.2. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari 11
2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda oila bilan ishlashni tashkil qilish 15
Xulosa 19
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 21
Ilova 23
Kirish
«Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar» Abu Ali Ibn Sino
Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning etarli bo‘lishiga katta ahamiyat berish muhimdir. CHunki, inson hayoti davomida matematik hisob-kitoblarga tez- tez duch keladi, ya’ni matematik bilimlar har qadamda kerak bo‘ladi. Agar biz maktabgacha yoshdan bolalarni matematika olamiga turli qiziqarli usullardan foydalangan holda olib kira olsak, matematik bilimlar bilan etarli darajada qurollantirsak, ular maktabda a’lo baholarga o‘qib, yuqori natijalarga erishadilar, hayoti davomida xalqimiz uchun foydali kasbni tanlash va chuqur egallashda qiynalmaydilar. Chunki qaysi kasbni olmaylik uni mahorat bilan bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo‘ladi. SHu sababli turli ta’limiy usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos matematik bilimlar berib borishga katta ahamiyat berish muhimdir.1
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi.
Prezidentning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |