304- gurux talabasi artiqova Nigora Mamurovna “Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan



Download 417 Kb.
bet1/7
Sana14.04.2023
Hajmi417 Kb.
#927981
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Artiqova Nigora Mamurovna


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI BO’LIM YO’NALISHI

304- GURUX TALABASI
Artiqova Nigora Mamurovna
Matematik tassavurlarni shakillantirish nazaryasi va texnologiyasi” fanidan
MTT katta guruhlarida matematika mashg’ulotlarini o’tkazish texnologiyasi va tashkil qilish” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Sh. Karimova ____________
Qo’qon 2023
Reja



Kirish 3
I.BOB. MTT da katta guruhlarda matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi talablar va tarbiyachining nutqi 5
1.1. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari 5
1.2. Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyachining nutqi 8
II.BOB. MTT katta guruhlarda matematika mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyasi va tashkil qilish 10
2.1. Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash 10
2.2. Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari 11
2.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda oila bilan ishlashni tashkil qilish 15
Xulosa 19
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 21
Ilova 23

Kirish

«Haqiqatni ochinglar, to‘g‘ri yo‘ldan yuringlar. Bir-biringizdan ilm o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar»

Abu Ali Ibn Sino


Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning etarli bo‘lishiga katta ahamiyat berish muhimdir. CHunki, inson hayoti davomida matematik hisob-kitoblarga tez- tez duch keladi, ya’ni matematik bilimlar har qadamda kerak bo‘ladi. Agar biz maktabgacha yoshdan bolalarni matematika olamiga turli qiziqarli usullardan foydalangan holda olib kira olsak, matematik bilimlar bilan etarli darajada qurollantirsak, ular maktabda a’lo baholarga o‘qib, yuqori natijalarga erishadilar, hayoti davomida xalqimiz uchun foydali kasbni tanlash va chuqur egallashda qiynalmaydilar. Chunki qaysi kasbni olmaylik uni mahorat bilan bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo‘ladi. SHu sababli turli ta’limiy usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos matematik bilimlar berib borishga katta ahamiyat berish muhimdir.1
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari rasmiy sayti xabar berdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. 
Mamlakatda milliy genofondni mustahkamlash, yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ta'lim tizimini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi.
Prezidentning joriy yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. 
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi. 
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. 
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. 

Download 417 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish