Abu Ali Ibn Sino:
Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zarurligini qayd
etib, maktabga barcha kishilarni bolalari tortilishi, birga o’qitilishi va
tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi
bo’lgan. Bolaning maktabda jamoa bo’lib o’qishining foydasi
quyidagicha ifodalanadi:
- Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish
yuzaga keladi, bir biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish
istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o’qishning yaxshilanishiga
yordam beradi;
- O’zaro suhbatda o’quvchilar bir biriga kitobdan o’qib olganlari,
kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar;
- Bolalar birga to’planganlarida bir birini hurmat qila boshlaydilar,
do’stlashadilar, o’quv materiallarini o’zlashtirishda bir biriga
yordamlashadilar, bir biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.
Bilim olishda maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, olim
ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini takidlaydi;
- Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
- Ta’limda yengildan og’irga qarab boorish orqali bilim berish;
- Olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
- O’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
- Bilim berishd bolalarning maylini, qiziqishini va qobiliyatini
hisobga olish;
- O’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim prinsiplariga ham mos kelishi bilan
qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o’zining “ Tadbiri manzil” asarida
maxsusu bo’lim bag’ishlaydi. “Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash”
bo’limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi
prinsiplar esa bolalarni yengil yelpi bilim olish emas, balki
hartomonlam chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
Talabaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burchidur. Shunga
ko’ra Ibn Sino o’qituvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr
yuritar ekan, shunday yo’l yo’riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat;
- Bolalar bilan muomilada bosiq va jiddiy bo’lish
- Berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirayotganiga
e’tibor berish;
- Ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- Talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlarini bilish;
- Fanga qiziqtira olish;
- Berilayotgan bilimlarni eng muhimini ajratib bera olish;
- Bilimlarni talabalarga tushunarli, uning Yoshi, aqliy darajasiga mos
ravishda berish;
- Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida bo’lishiga
erishishi zarur.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metoddan foydalanilmasin- u
og’zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko’rinishdagi suhbatmi,
tajribalarmi, baribir, talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil ,
mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga
tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo’lgan.
Shu jihatdan olimning “ Hayy ibn Yaqzon” ( Uyg’oq o’g’li tirik) asari
kishilarning did farosatini o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan
ta’lim-tarbiyada kata ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora
qiladi. Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinoning o’zi ham
takidlaydi.
Ibn Sinonig fikricha: Talim-tarbiya yagona jarayon. Bu jarayonda
yoshlarga aqliy va jismoniy, ahloqiy tarbiya berish va hunar o’rgatish
nazarda tutiladi.
Ibn Sino o’zining “Tib qonunlari” asarida bolani 6 yoshidan
boshlab muallimga topshirish hususida fikr yuritadi. Ulug’ hakim ta’lim
jarayonida o’qitishda oddiydan murakkabga qarab boorish qoidasiga
amal qilish lozmligini uqtiradi, ayniqsa bolaga kuchi yetadigan
mashqlarni bajartirish amali bu jarayonda kata ahamiyat kasb etadi.
Ibn Sino bolalarni yakka yakka o’qitishdan ko’ra jamoad ta’lim berish
afzal ekanini e’tirof etadi.
Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish
natijasida vujudga keladi. Yaxshi hulqqa ham odat tufayli erishiladi.
Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga,
g’ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo’lish, unga
nasixat qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |