30. AMALIY MASHG'ULOT
Mavzu: Eshitish VA VESTIBULYAR ANALIZATORLARNI TEKSHIRISH Usullari.
ESHITISH ANALIZATORI
Eshitish analizatori odamda, xayvonlarda axamiyati bo'yicha 2-o'rinda turuvchi sezgi organi.
Eshitish analizatori odam uchun, ayniqsa katta axamiyatga ega bo'lib, u tufayli nutq rivojlanadi, fikr almashadi, bilim oladi.
Eshitish analizatori 3 kismdan iborat:
I. Periferik-1) tashqi quloq, 2) o'rta quloq, 3) ichki quloq
II.O'tkazuvchi
III.Markaziy eshituv-miya po'stloG'ining eshituv 41,42 maydonlari (Geshlya)
Quloq suprasi tovushlarni yig'adi, tashqi eshituv yo'liga yo'naltiradi, orqadan keluvchilarini chegaralaydi. (eshituvdan tashqari faoliyati bor).
Tashqi eshituv yo'li – rezonator bo'lib, tovushlarni o'tkazadi, 3000 Gts tebranishiga ega. Uning noG'ora parda soxa xarorati va namligini doimiy saqlab, parda tarangligini doimiy saqlaydi.
NoG'ora parda (0,1 mm)-tovush to'lqinlarini mexanik xarakatlarga o'tkazuvchi transformator bo'lib, turli yo'nalishdagi tolalardan tuzilgan, yuzasi 75mm, o'z tebranishlariga ega, xavo tebranish to'lqinlarini o'rta quloq, bolG'acha suyakchasining xarakatiga aylantiradi.
O'rta quloq-noG'ora parda va chiG'anoq o'rtasidagi bo'shliq, 3 ta kichik suyakchalari bor (bolG'acha,sandoncha, uzangicha). Ular mexanik tebranishni oval teshikka o'tkazadi.
O'rta quloq bo'shliG'i noG'ora pardani erkin tebranishi uchun Evstaxiy nayi orqAli xalqum bilan Birlashgan. Shu asosda o'rta quloq bosimi atmosfera bosimi bilan tenglashib turadi. Yutish bo'lganda nay ochiladi (yuqoriga ko'tarilish.
O'rta quloqda eshituv adaptasiyasida ishtirok etuvchi 2ta mikroskopik muskulchalar bo'lib, ular kuchli tovush bo'lganda (90db) nog'ora pardani, uzangini reflektor (10msek) tortib, tarangligini oshiradi, tebranishni chegaralaydi, uni yorilishdan saqlaydi. Cheksiz kuchli tovushlarda (portlash...) noG'ora parda teshiladi, suyaklar tushadi, eshituv keskin susayadi
Eada tovushni qabul qilish o'tkazish va analiz qilish tartibi:
1.Quloq suprasi
2.Tashqi eshituv yo'li
3.NoG'ora parda
4.3 ta suyakcha
5.Oval teshik membranasi
6.Perelimfa endolimfa
7.Fonoreseptorlar (kortiev organ)
8.Eshituv nervi
9.Po'stloq osti yadrolari
10.Po'stloq eshituv soxasi (41, 42 maydonlar)
Tovush tebranish chastotasiga mos ravishda asosiy mebranasining turli qismlarida joylashgan fonoreseptorlar qo'zg'aladi. Yuqori chastota chiG'anoq uchida qAbul qilinadi.
Tovush kuchini Farqlash qo'zg'algan neyronlar soni va qo'zG'alish chastotasi bilan amalga oshiriladi. Ichki kiprikli fonoreseptorlar kuchli, tashqilari esa kuchsiz tovushlarni qAbul qiladi.
Odam 16-20000 Gts (// aktova) chastotali tovush to'lqinlarini qAbul qiladi. Yosh ortgan sari yuqori chastotali tovushni eshitish susayadi. Xayvonlarda esa bu ko'rsatgich juda yuqoridir. Eshituv sezgirligi 1000-4000 Gts tebranishda yuqori bo'ladi.
Ichki quloq (labirint) chakka suyagining piramidasida joylashib vestibulyar tuzilma va chig'anoqdan iborat.Vestibulyar tuzilma(Vt) bo'lib, u yarimaylana (uch yuzadagi gravitasiya organi ) naychalar va daxlizdan (otolit) iboratdir.
AMALIY ISHLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |