3 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/195
Sana07.04.2022
Hajmi6,7 Mb.
#533542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
JizPI 2-tuplam 09.04.2021

Адабиётлар 
1. Кулдашев Х., Абдусатторов Х.Х., Кулдашева А.Х. “Бетон технологияси”.Ўқув қўлланма. 
Самарқанд. “Зарафшон” нашриёти ДК, 2019. 420 б. 
2. Кулдашев Х., Асатов Н.А., Тиллаев М. Асбест толалари билан дисперсли арматураланган 
бетонларни йўл қопламалари ва сув иншоотларида қўллаш. “Архитектура ва қурилиш соҳаларида 
инновацион техологияларни қўллаш истиқболлари” мавзусидаги халқоро илмий-техник 
конференция материаллари. 1-китоб. Самарқанд, СамДАҚИ, 2016. 131-133 б. 
3. Кулдашев Х., Тиллаев М., Тўхташев Қ. Асбест толалари билан дисперсли арматураланган 
бетонларни тадқиқотлаш. “Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интелектуал 
салохиятли ёшлар мамлакат тараққиётининг муҳим омили” мавзусидаги XIII республика илмий-
амалий конференцияси материаллари. II-қисм.Самарқанд, СамДАҚИ, 2016. 152-154б. 
TARIXIY SHAHARLARGA MOS AN’ANAVIY TURARJOY BINOLARINING 
ARXITEKTURASI 
O’sarov JamoliddinTo’lqinovich, Xoliqov Sindorqul Ravshanovich, Ro’zmatov Eldor Ikromovich. 
Jizzax politexnika instituti 
Annotasiya:
O’zbekiston hududi iqlimlari turlicha bo’lgan regionlardan iborat bo’lib, uy-joy 
qurilishi bu regionlarda turlicha tarkib topgan bo’lib, o’ziga xos rivojlanish tarixiga ega. O’rta asrlarda 
rivojlangan markazlar Buxoro, Xiva, Samarkand, Toshkent va Fargona vodiysida uy-joy qurilishining 
o’ziga xos turlicha yo’llar bilan rivojlanganligini. Bunda uy-joy qurilishga iqlim sharoitining va dinning 
ta’siri nixoyatda katta bo’lgan, an’anaviy tarixiy turar joylar binolari ushbu shuhurlar me’moriy shakllari 
yuzasidan olib borilgan ishlari yoritilgan. 
Respublikamizning asosiy hududlari issiq zonalardan iborat. Yoz faslida xavo xaroratining isish 
darajasi 50˚ dan oshadi. Shu sababli uylarning tuynuklari (eshik, deraza) kichikroq, devorlarini qalinroq 
qilishga harakat qilingan. Uy-joy inson extiyojlarini qondirishga mo’ljallanganligi tufayli, zarur bo’lgan 
xonalar ro’yxati quyidagilardan iborat: umumiy xona, oshxona, yuvinish xonasi, hojatxona. Oila uchun 
bu ro’yxatdagi xonalar mavjud bo’lsa, yashash uchun yetarlidir. Shunga qaramasdan dunyoning har-xil 
joylarida uy-joy qurilishi o’ziga xos tarzda rivojlangan. Bunga asosan ikkita sabab bo’lishi mumkin. 
1.Tabiiy sharoitning ta’siri. 
2.Maxalliy urf odatdar va dinning ta’siri. 
Tabiiy iqliming ta’siri natijasida qurilish konstruksiyalari, uy–joy plani o’zgarib, takomillashib 
borgan.
Iqlimi 
sovuk xududlarda uy–joy qurilishida hamma harakatlar issiqni ushlashga harakat qilgan 
bulsa, iqlimi issiqhududlarda salqinlik yaratishga qaratilgan. 
Tabiiy sharoit esa, ko’proqqanday material qo’llanilishini belgilagan. Tog’ sharoitida ko’prok 


10
tosh, o’rmon sharoitida yogoch, tuprog’i sho’r bo’lmagan hududlarda g’isht, paxsa va boshqa mahalliy 
konstruksiyalardan qo’llanilgan. 
Respublikamizda uy–joy qurilishining o’ziga xosligini ko’rsatish maqsadida Buxoro va Xorazm 
uy–joy qurilishi haqida ma’lumot keltiramiz. 
Uy-xovli qurilishning o’ziga xoslik tomonlari tabiiy sharoit bilan uzviy bog’liqdir. Buxoro uy-joy 
qurilishida quyosh nurlarining ta’sirini kamaytiruvchi omillar yaratishaga harakat qilingan. Azaldan 
tarixiy shaharlarimizda uy-joy hovli bilan birgalikda qurilgan. Xovli bir, ikki va uch qismga bo’lingan. 
Samarqand, Toshkent shaharlarida birinchi qismida xo’jalik hovlisi, ikkinchi qismida savdo va ishlab 
chiqarish, uchinchi xovlida oilaga tegishli bo’lgan bog’ va dam olish xovlisidan iborat bo’lgan bo’lsa,
Buxoro va Xorazm hovlilari ikki qismga bo’lingan bo’lib ichki (1) va tashqi (2) xovli deb nomlangan. 
Ichki xovli ayollar uchun muljallangan, ular nomaxramlar ko’ziga ko’rinma-ganlar, tashqi hovli 
esa asosan erkaklar va mehmonlar uchun mo’ljallangan. Odatda bu hol din va shariat bilan bog’lanadi. 
Bizni esa ko’proq qiziqtiradigan jihati bu hovli konstruksiyasi, undagi insolyasiya, shamollarning 
aylanishi yoki mikroklimit va albatta kanalizasiya. Chiqindi suvlar oqadigan umumiy shaxob bo’lmagan 
sharoitda bu masala qanday hal qilingan? Yuqoridagi savolarni birma bir ko’rib chiqamiz. 
Toshnov, Jamoat binosi oldida 
Toshnov, Xorazm viloyati 
Avvalom bor uy–joy qurilishi haqida quyidagilarni aytish mumkin. Xonaning kirish qismi qayerga 
qarab qurilishidan kat’iy nazar yashaydigan uylar fasadi asosan shimolga va janubga qaratib qurilgan (1–
chizma). Endi hovli planiga e’tiborni qaratamiz. Yuqori supada joylashgan baland uy yozgi uy 
hisoblanadi, pastki supada joylashgan, pastki uy esa qishki uy xisoblanadi. Nima uchun bunday 
nomlanishini quyidagilardan bilib olish mumkin. Birinchidan qishki uyning patsligi, eshik va 
derazalarning janubga qaratilganligi tufayli ozgina havo issiq bo’lsa, ham uy iliq bo’lib, yonilg’i tejaladi, 
ham issiq bo’ladi. Ikkinchidan yuqori supadagi uy yozning issiq kunlarida ham salqin bo’ladi. Uning 
eshik va derazalari shimolga qaratilgan bo’lib 2–shaklda ko’rsatilgandek shimoldan esadigan shamollar 
yulini to’suvchi xona pastakkina bo’lganligi sababli shamol kelib, yozgi uyga uriladi, ayvon shamolni 
supaga yo’naltiradi va doim salqin shamol esib turishini ta’minlaydi, Xorazm viloyatida bunday holatni 
ters va ulli ayvon deb yuritishadi. Bu xolat uyda mikroklimit yaratadi va nafaqat uy, balki hovli ham 


11
salqingina bo’ladi. Qirqimda shamol yo’nalishi strelka orkali ko’rsatilgan. Ko’rib turganimizdek bu 
hovlining ko’cha tomonida deraza bo’lmaydi. Bu ham sharqona tarbiyaga mos kelishi bilan birga chang, 
to’zon va shovqindan himoya qilgan. 2–shaklda qirqimda hovli uylarning joylashishi ko’rsatilgan. 
Shimolga qaratilib qurilgan uy nafakat baland kilib qurilgan balki, yer relyefi ham baland joyda 
joylashgan. Uy oldida pishgan obi g’ishtdan terilgan supa bo’lib, u pastki supaga yo’naltirilgan, qiyalikka 
ega. 
Pastki supada o’z navbatida suv bir nuqtaga ya’ni “Tashnov” Xorazm viloyatida “suv adanlari” 
deb ataluvchi konstruksiya tuynugiga yo’naltirilgan. Yana bir jixati «Obi g’isht»dan yasalgan supaga bir 
ozgina suv sepilsa hovli muzdekkina bo’lib, beton yoki asfaltga o’xshab uzidan issiqlik chiqarmaydi, 
aksincha havo ham salqin bo’ladi. “Tashnov” konstruksiyasi esa uchinchi chizmada ko’rsatilgan. 
Bu konstruksiya yomg’ir, oqova suvlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan. “Tashnov” qazilganda 
quyidagilarga juda katta e’tibor beriladi: “Tashnov” chuqurligi ostki qismi kichraytirib boruvchi ko’za 
shaklida qaziladi. Odatda u hovli o’rtasida qaziladi. Shunday qilish zarurki qazilgan chuqurlikdan yer osti 
suvlari (5) chiqishi shart. Undan keyin yer osti suvlari ustida xarsang tosh (4) teriladi. 
Xarsang toshlar ustidan esa g’isht (2) teriladi.G’isht sement qorishmasi bilan teriladi. G’isht xum 
formasiga o’xshab terib chiqiladi. «Tashnov» og’ziga marmar plita (1) qo’yiladi. Marmar plitada 
diametri 20–30 millimetrli silindrik teshik o’yiladi va ulariing soni 2, 3 yoki 4 ta bo’ladi. Marmar plita 
kalinligi 60-80 millimetr atrofida bo’ladi.Uchinchi chizmada obi g’ishtdan (3) terilgan hovli yuzasi ham 
ko’rsatilgan. 
«Tashnov» xumining eng katta diametri ikki metr bo’lishi mumkin. «Tashnov»ning ishlash 
prinsipi quyidagicha: tashnov xumining yuqori qismi diametri katta va pastki qismlarining diametri kichik 
bo’lgani uchun har doim xarsang toshlarga suv massasi bosim o’tkazadi va bu bosim natijasida suv pastga 
yer osti suvlariga qarab harakat qiladi. Suv massasi qancha ko’pbo’lsa shuncha bosim oshadi. Natijada 
suvlar yer osti suvlari bilan qo’shilib ketadi va tashnovga kancha suv oqsa ham to’lmaydi. Ota 
bobolarimiz bu konstruksiyalardan juda ham oqilona foydalanganlar. Bunday «Tashnov»larni nafaqat 
eski Samarqand, Buxoro, Xiva xovlilarida, balki machit, madrasalar xovlisida ham uchratish 
mumkin:Samarkandning Registon ansambilida, Go’ri Amir maqbarasi, Xorazmning ichan qala qismida, 
Buxoroning Machiti Kalon, Mavlono Sharif ansanbli bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin. Tozalash 
jarayonida faqat toshlar ustida yig’ilib qolgan chiqindilar olib tashlanadi va «Tashnov» uz funksiyasini 
bajarishni davom ettiraveradi. 
Samarqand viloyati turar joy uyining tashqi ko’rinishi
Xiva shahri turar joy uyining tashqi ko’rinishi 
«Tashnov» konstruksiyalari Buxoro shaxrining eski kismida juda keng tarqalgan. Shunday 
“Tashnov”lar mavjudki 20–30 yillab ishlab turibdi va xech kanday tozalash ishlarini talab qilmaydi. Yana 
bir yaqqol misol keltiramiz. Bu eski Buxorodagi 2–toqiy (savdo rastasi)–“Telpakfurushon” yonida 
joylashgan “Bozori kord” xammomining kanalizasiyasi yoki suv ketadigan joyi aynan shu tartibda 
bajarilgan. 
Xulosa kilib aytish mumkinki, uy–joy qurilishidagi o’ziga xoslik nafakat yurtimiz iqlimiga, balki 
urf–odatimizga ham mos keladigan darajada uylab amalga oshirilgan. Ajdodlarimiz qoldirgan boy 
me’rosni chuqur o’rganish, tadqiq qilish va asrab–avaylash barchasmizni burchimizdir. 

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish