Bolalarning mehmat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir
rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda
topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi
mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish,
so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga
muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan,
tarbiyachi mehnat hajmi va mazmumi, bolalarga navbalchilik vazifalarini
tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni
va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va
joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |