MHXSlarga o‘tish yo‘llari
Chunonchi, dunyoga yangi koʻz bilan qarayontgan Resublikamiz endilikda yopiq iqtisodiyotdan imkon boʻricha voz kechib, ochiq, shoffof, yangicha iqisodiyotni tashkil etishini ushbu qaror yana bir qadamligini bildiradi.
Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga asosida yuritish zarurati bizningcha quydagilar bilan asoslanadi:
Birinchidan, duniyo mamlakatlari moliyaviy hisob va hisobotlarga qoʻyiladigan milliy talablar asosda shakilantirilishi, oʻrganish obe’ktini moliyaviy holatini aniqlashda, solishtirish va taqqoslash imkoniyatini eitarliy darajada taminlamay olmasligi;
Ikkinchidan, hisob va hisobotlarga MHXS talablarini etalon sifatida ishlatilishi mamlakat investitsion jozibadorligini oshirishga va ichki mulkdorlarning axborotga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi;
Uchinchidan, milliy qimmatliy qogʻozlar bozori jahon fond birjalari orqali sotilishi erishish imkoniyati yaratiladi va valuta oqimini oshirishga hizmat qiladi; Tortinchidan, milliy iqtisodiyotda xalqaro kompaniyalar sonini ortishiga va faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi;
Beshinchidan, MHXS talablari asosida yagona tan olinadigan moliyaviy hisobotni tuzish uning natijadorliligini oshiradi va tuzish xarajatlari qisqaradi.
Xoʻsh MHXS oʻtish shuncha imkoniyat berar eka nega bu jarayon shu kungacha choʻzilib ketdi, bunga bir necha sabablar bor:
▪ yangi Oʻzbekiston tarixi boshlanishigacha respublikamiz raxbariyatida yurtimiz iqtisodiyotini duniyo iqtisodidan chegaralangan holda boʻlishidan manfaadorlik va xayrixohlik bor edi.
▪ davlat moliyaviy axborotlarni yuritilishini ta’minlovchisi va bir vaqtning oʻzida moliyaviy axborotdan foydalanuvchisiga aylanib qolishi. Bu oʻz navbatida moliyaviy axborotlarni qadri va shakilanishi bir tomonlama qarashga olib keldi.
▪ mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi pastligi va bu texnik jihatdan yaxshi yolga qoʻyilmaganligi.
▪ malakaliy mutaxasislar yetarliy emasligi va oʻquv qoʻllanmalar yetishmovchiligi muammosi borligi hamda xorijiy tillar bilish darajasi pasligi.
▪ mamlakatimiz xufyona iqtisodiyotda ulushu balandligi. MHXS talablari asosida toʻliq moliyaviy hisobot tizimiga oʻtishning muvaffaqiyati va muddati, haqida gapirganda asosan, oʻtish gʻoyasi toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniya va tashkilotlar, rahbariyatida samarali boshqaruvining asosi ekanligini anglab etishi bilan oldindan belgilanishi mumkin
MHXS tamoyilari orqali moliyaviy hisob va hisobotlarni tashkil etish, maxsus davlat dasturlari doirasida amalga oshirilmasligi, davlat tomonidan jiddiy qo’llabquvvatlanmasligi kelgusi yillarda o’tishning asosiy vazifalarini hal yetishga imkon bermaydi.
Xalqaro standartlar darajasida milliy buxgalteriya standartlarining iqtisodiy tushunchalaridan maksimal darajada foydalanish tavsiya etiladi.
Eskicha fikirlashga va ishlashga o’rganib qolgan buxgalterlar MHXS printsiplarini tushunarsizlik va o’ta mavhumlikda ayblashlarini kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, yangi qoidalar bosh buxgalterni o’zi ishlab turgan tashkilot biznesini iqtisodchi va moliyachi tarzida tushunishga majburlaydi. Shu bilan birgalikda shubhasiz, xalqaro hisobot standartlarini joriy etish mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning yangi bosqichiga oʻtadi.
MHXS tomonidan tuzilgan hisobot, oʻzbek korxonalari, tashkilotlari va kompaniyalari faoliyatida real jarayonlarni aks ettiradi. Aktivlar bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, zaxiralar toʻgʻri hisoblansa, dunyoning aksariyat mamlakatlarida tashqi foydalanuvchilar uchun tushunarli boʻladi. Natijada, MHXSni joriy etish nafaqat oʻzbek korxonalari, kompaniyalar va banklarning xalqaro darajaga chiqishiga, balki investitsiyalarni jalb qilishga ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |