3-sinf "O'qish kitobi " darsligida keltirilgan xalq og'zaki ijodi namunalarining badiiy xususiiyatlari mundarija kirish asosiy qism I bob boshlangich 3-sinflarda xalq og’zaki ijodining nazariy asoslari



Download 61,08 Kb.
bet7/9
Sana27.06.2022
Hajmi61,08 Kb.
#708981
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-SINF O\'QISH KITOBI DARSLIGIDA KELTIRILGAN XALQ OG\'ZAKI IJODI NAMUNALARINING BADIIY XUSUSIIYATLARI

_____________________________
Ikromova R., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Shodmonqulova D. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: ”O’qituvchi”, 2013.
II Bob Xalq og`zaki ijodi janrlari
2.1 3-sinfda xalq og'zaki ijodi namunalarining badiiy xususiiyatlari
Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo`ladi. Badiiy adabiyotni o`rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og`zaki poetik ijodini o`rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o`rganish obyekti badiiy adabiyot bo`lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g`azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she`r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o`rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og`zaki adabiyotidagi maqol, qo`shiq, ertak, doston kabi janrlarning o`ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat`i nazar har bir yo`nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo`shilgan hissa sifatida baholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko`ra uch xil bo`lishini esga olaylik. Jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asarlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og`zaki adabiyotda ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya`ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar yaratilish usuliga ko`ra (og`zaki yoki yozma) boshqa-boshqa janrlardan iborat bo`lishi mumkin.
Epos – yunoncha “epos” – rivoya, hikoya, qo`shiq so`zidan iborat bo`lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash ma`nosini anglatadi. Ta`rifdagi “qo`shiq” so`ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo`shiqlar so`zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so`z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og`zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o`rgangan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to`rtinchisini ham qo`shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o`tirish olqishlari, qarg`ish, so`kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish uchun aniq ma`lumot, axborot mavjud bo`lishiga qarmay, aytilgan matnning hajm jihatdan o`ta ixchamligi alohida ko`zga tashlanadi. 
Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o`zbek xalq og`zaki ijodidagi dostonlarni “Qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947- yilda Moskvada e`lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O`zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go`ro`g`li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug`mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan.
Lirika – lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo`lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg`usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma`lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro`y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta`sirida shaxs qalbida paydo bo`lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo`lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo`lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o`tgan zamonda, o`n olti urug` Qo`ng`irot elida Dobonbiy degan o`tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o`g`il farzand paydo bo`ldi. Alpinbiydan tag`in ikki o`g`il paydo bo`ldi: kattakonining otini Boybo`ri qo`ydi. Kichkinasining otini Boysari qo`ydi”, - deb boshlanadi. O`z-o`zidan ma`lumki, Fozil Yo`ldosh o`g`li dostonni tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan ma`lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo`ng`irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to`liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo`shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo`ldim,
Tusholmay behol bo`ldim.
O`z tengimning ichida
Muncha betole bo`ldim”.4
Qo`shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas. Balki o`z tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo`shiqlarning dastlabki misralari, ko`pincha, tinglovchini chalg`itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to`qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba`zan 3-4-misralarda ifodalanadi.Inson qaysi vosita bilan bo`lmasin, o`zining his-tug`usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslarning ma`nosiz qofiyalar yig`indisidan iborat she`riy asarlarini lirika namunasi deb bo`lmaydi. Haqiqiy ma`nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga ma`naviy huzur bag`ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og`zaki ijodidagi har bir lirik qo`shiq qachonlardir dil so`zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o`zgarishlarni bildirmoqchi bo`lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo`shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.
Xullas, lirik qo`shiqlar asrlar davomida xalq og`zaki ijodidagi qalb izhorini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan so`z durdonalaridir.
Drama. Yunoncha “drama” so`zidan olingan bo`lib, harakat, tanglik, mushkullik ma`nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” so`zidagi harakat ma`nosi asos qilib olingan va muayyan voqea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali so`z vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo`ladi. Voqeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og`zaki ijodida dramatik janrlarni, Bahodir Sarimsoqov fikricha, og`zaki drama, kulki – hikoya, qo`g`irchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat og`zaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi – intonatsiya, yuz, ko`z, bosh, qo`l harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilarni o`ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko`rinishi vujudga keladi. Misol uchun Yo`ldosh A`zamov rejissyorlik qilgan “O`tkan kunlar” badiiy filmidagi Xudoyorxon va Musulmonqul qiyofalari bilan o`ynalgan qo`g`irchoqbozlikni eslashingiz mumkin. Xalq dramasi haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo`lishni istasangiz, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romanidagi “Xon ko`ngil ochmoqchi” va “Qiziqlar” bobini o`qib chiqishingizni maslahat beramiz.
Xalq dramasi qatnashchilari asar mazmunini o`zlari o`ylab topadilar. Tomoshaga yig`ilgan odamlar o`rtasida qallob qozi, jinoyatchi, jabrlanuvchi, sho`rpeshona ona yoki xotin, baxtsiz ota, landovur farzand kabi rollarni bajaradilar. Uzoq o`tmishdan tortib o`tgan asrning o`rtalarigacha bozorlarda, guzarlarda qiziqchilarning sahna ko`rinishlarini uyushtirishlari oddiy odat edi.
Askiya esa maxsus so`z o`yini musobaqasi tarzida to`ylarda, sayillarda, yig`inlarda o`tkazilgan. Askiyabozlar ikki, ba`zan uch-to`rt guruhga bo`linib tanlangan mavzu doirasida so`z asos bo`lgan bellashuvlarda kuch sinashganlar. Bunday anjumanlarda askiya ishtirokchilarining turgan joylari o`z-o`zidan sahnaga aylanib qolar edi. Tinglovchilar esa askiya jozibasiga mast bo`lib, qayerda o`tirganlarini ham bilmay qolar edilar. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan janrlar dramatik tur tarkibini tashkil etgan.
Shunday qilib, xalq og`zaki ijodidagi asarlarning jins va turlari, ulardagi janrlar tarkibi haqida umumiy fikrga ega bo`ldik. Endi mazkur janrlarning o`zaro munosabati yuzasidan eng muhim tushunchalar haqida to`xtab o`tamiz. Avvalroq qayd etganimizdek, badiiy adabiyot yaratilish usuliga ko`ra og`zaki va yozma ijoddan iborat. Og`zaki ijod yozuv madaniyati shakllanishidan ancha oldin vujudga kelgan. Ammo og`zaki ijodning o`zi paydo bo`lishida qadimgi miflarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqovning chuqur ilmiy tadqiqotida mif xalq og`zaki ijodi asosini tashkil etashi aytiladi . Mif badiiy ijod turiga kirmaydi. Chunki unda badiiylik darajasi nihoyatda past bosqichda namoyon bo`ladi. Binobarin, mif xalq og`zaki ijodi tarkibidan o`rin ololmaydi. Lekin og`zaki ijod asarlarining shakllanishida diffuzion jarayon amalga oshgan. Diffuziya – lotincha “diffusion” – so`zidan olingan bo`lib, singish, tarqalish ma`nolarini beradi. Molekulalar, atomlar, ionlar va kolloid zarralarining tartibsiz issiqlik harakati natijasida bir moddaning ikkinchi moddaga o`z-o`zidan o`tishi, birining ikkinchisiga “singib ketishi”. Qarangki, aniq fanlardagi diffuzion jarayon mifdan xalq og`zaki ijodi janrlarining paydo bo`lishida bosh omil bo`lgan ekan. Xususan, B.Sarimsoqov shunday yozadi: “Folkloristikada diffuziya termini biror janr, motiv yoki obrazning ikkinchi bir janr, motiv yoki obrazga kirib borishi, singishi natijasida ularning tabiatida sodir bo`ladigan struktural, semantik hamda funksional o`zgarishlarga nisbatan qo`llaniladi” . Soddaroq qilib aytganda, mifdan voqea tasviri, yaxshilik va yovuzlik o`rtasidagi murosasiz kurash, obrazning dastlabki elementlari tarkibida asta-sekin afsona; afsona tarkibida ertak; ertak rivoji natijasida doston janrlarining shakllanishi va alohida janr sifatida mustaqil taraqqiy etishini og`zaki ijoddagi diffuziya jarayoni bilan izohlash mumkin bo`ladi. Taniqli folklorshunos olimlar V.Ya.Propp, Ye.M.Meletinskiy, Z.P.Sokolova xalq ertaklari bevosita mifdan vujudga kelganligini to`liq tasdiqlaganlar.
Taxmin qilish mumkinki, diffuziya tizimi asosida xalq og`zaki ijodidagi yirik hajmdagi epik asarlar shakllangan. Lirik janr qo`shiq, maqol, matal, topishmoq va boshqa kichik janrlar og`zaki ijodning badiiy ijod sifatida shakllanishi jarayonida asta-sekinlik bilan paydo bo`lgan. Maqol va topishmoqlar janri yuzasidan ma`lumot berganimizda ertak va dostonlardan parcha keltirish bejiz emas. Bugungi kunda har bir asar mustaqil janr namunasi sifatiga ega bo`lsa ham, umuman, og`zaki ijodimiz asarlari matni bilan tanishganimiz sari janrlar o`rtasidagi aloqalar qanchalar uzviy ekaniga ishonch hosil qilib boramiz.
Z.Husainova maqol va topishmoq o`rtasidagi yaqinlik haqida to`xtab shunday deydi: “Topishmoq ma`no va aytilishi jihatdan maqol bo`lib kelishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi “Birovni suydirar, birovni kuydirar”; “Asaldan shirin, zahardan achchiq” topishmoqlari, “Suydirgan ham til, kuydirgan ham til”, “Shirin so`z – shakar, achchiq so`z – zahar” shaklida maqol sifatida qo`laniladi” . Olima bolalar qo`shig`i topishmoq bo`lib kelishi mumkinligini aytib misol keltiradi:
Yomg`ir yog`aloq,
Tarvuz yumaloq,
Jaladan qo`rqmas,
Laqqa baqaloq .


Download 61,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish