I BOB Boshlangich 3-sinflarda xalq og’zaki ijodining nazariy asoslari
1.1 Boshlangich 3- sinflarda xalq og’zaki ijodining tarbiyaviy
ahamiyati .
Boshlang`ich 3-sinf “O`qish kitobi” darsligida berilgan xalq og`zaki ijodiga mansub materiallarni o`qish jarayonida o`quvchilar nafaqat o`zbek xalqining o`lmas ma’naviyat buloqlaridan bahramand bo`ladilar, balki o`zlari ham sevib o`qigan ertak- dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to`g`riso`z, mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo`lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar; ezgulikni hayotdagi o`rnini bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakillanishiga yordam beradi. O’qish darslarida bolalarni xalq o‘zaki ijodi asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamiyat beriladi. O`qitilayotgan matn va uni o`rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiya va jamiyatdagi haqiqiy go`zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san’atdagi go‘zallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi boshlang‘ich sinif o`quvchilarni tarbiyalashda hamda ularning ma’naviy dunyosini boyitishda xalq og`zaki ijodi materiallarining alohida o`rni borligini ko`rsatadi. Boshlangich sinif o`quvchilarini ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda xalq og`zaki ijodi namunalaridan unumli foydalanish yo`llarini ochib berish masalasi hozirgi metodika va pedagogikaning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, “Ona tili oqitish metodikasi” darslik va o`quv qo`llanmalarida, boshlang`ich sinif o`qituvchilari uchun mo`ljallangan metodik kitoblarda, ayrim metodik maqolalarda xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganish masalasi o`zining metodik yechimini topgan. Masalan, I.Mirzayevning “Boshlang`ich siniflarda xalq og`zaki ijodini o`rganish” risolasida (Toshkent, “O`qituvchi”,1979), M. Jumaniyozova va Sh. Qalandarovalarning “Boshlangich sinf o`qish darslarida dostonlardan parchalarni o`qish metodikasi” maqolasida ( Tafakkur ziyosi, XXI tom.- Urganch, 2010, 60-63- betlar), Sh. Jabborovning “Xalq og`zaki ijodidan foydalanish” maqolasida (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2011, 2-son 28-29-betlar) va boshqa ishlarni ko`rsatish mumkin. Shu bilan birga, boshlangich sinf o`quvchilarida insoniy fazilatlarni shakillantirish, ularni ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashga bag`ishlangan ilmiy- metodik maqolalar ham mavjud. Xuysusan, X. To`raqulov va A. Baltayevalarning “Milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish” (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2008, 11-son, 4-bet) N. Vahidovaning “Milliy g`urur ruhida tarbiyalash” (Xalq og`zaki ijodi materiallari asosida) (“Boshlang`ich ta’lim” jurnali, 2009,14-son, 2-3-betlar), Zuhra Ilyos qizining “Ma’naviyati yuksak avlod – Vatan ishonchi.” (“Boshlangich ta’lim” jurnali, 2009, 10-son, 21- bet) nomli maqolalarida bu masalalar atroflicha o`z aksini topgan. Bulardan ham ko`rinadiki, boshlangich sinf o`quvchilarini ma’naviyatli inson qilib tarbiyalashda xalq og`zakii ijodi namunalaridan foydalanish masalasi monografik holda o`z yechimini topmagan. Bu esa ushbu masala yoritilishining muhim metodik masala ekanligini va kurs ishimiz mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Shundan kelib chiqib, ushbu ishda quyidagi vazifalarni hal qilishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik:
---boshlangich sinf “O``qish kitobi” darsliklarida berilgan xalq og`zaki ijodi asarlarining mazmun-mundarijasini ko`rsatish;
---boshlangich siniflarda xalq ogazaki ijodi asarlarini o`rgatishning ilmiy-metodik asoslarini yoritish;
---xalq og`zaki ijodi asarlarini o`rganishning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini ochib berish;
---xalq ertaklari asosida booshlang`ich sinf o`quvchilarining ma’naviyatini shakllantirish yo`llarini belgilash;
---o‘quvchilarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiylashda maqollardan foydalanish yo`llarini ochib berish;
---boshlangich sinflarda latifalarini o`qish orqali o`quvchilarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va kamtar, tadbirkor va ziyrak inson ruhida tarbiyalash masalasini yoritib berish;
Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og`zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondoshuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi. Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq og‘zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g‘oyaviy-badiiy va janr xususiyati, poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo‘ladi. Xalq og`zaki ijodini o‘rganishda bunday kompleks yondashuv uning jonli og‘zaki ijro sharoitida o‘ziga xos ravishda yaratish, tarqalish xususiyatlarini, uzoq asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liq ayrim hodisalarning aks etishi darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar tizimida turgan o‘rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida tadqiq etishni talab etadi.
Kishilik jamiyatining ilk davridagi odam tushunchasi, dunyoqarashi inson ongining eng qadimgi manbasi sifatida e’tiborga loyiq. Dunyo haqidagi bilim va tasavvurlarni hosil qilish, boyitishga xizmat qiluvchi turli mif (asotir)lar ning bari ijtimoiy ong shakllaridir. Ilk odam o‘zi anglab – anglamay bugungi kunda san’at, ilm-fan, badiiy adabiyot, axloq, huquq, siyosat kabi turli sohalarning ilk kurtaklari shakllanishiga xizmat qilgan. Bular orasida ibtidoiy odam tabiat hodisalarini anglashga intilishi natijasida yuzaga kelgan miflar yetakchi mavqega ega. Chunki, miflar o‘sha davrdagi ijtimoiy ongning asosiy shakli edi. Dunyoning, inson va boshqa jonzotlarning paydo bo‘lishi, hayot va o‘lim sirlari,
____________________________
Karimov I.A. “Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – Toshkent, “O’zbekiston”, 2000.
tabiat hodisalarining sodir bo‘lishi kabi inson bilishga qiziqqan masalalar miflarda o‘z ifodasini topgan. Xalq og‘zaki ijodi - mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og‘zaki so‘z san’atidir.
Xalq og‘zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l – atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz.
Og‘zaki so‘z san’ati «folklor» yoki «xalq og‘zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846- yilda qo‘llangan bo‘lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og‘zaki usulda amalga oshadi. Ya’ni bunday asarlar og‘zaki ravishda ijro etilishi sababli ulaming mazmuni va shakli o‘zgarishi, unga yangi qismlar qo‘shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi mumkin.
0‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. 0‘zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |