3-sinf I. Dars mavzusi: Vaqt birliklari. II. Darsning maqsadlari



Download 15,54 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi15,54 Kb.
#823814
Bog'liq
3 sinf matematika vaqt birliklari ma


3-SINF

I. Dars mavzusi: Vaqt birliklari.


II. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga vaqt birliklari, soat va minut haqidagi tushunchalarni to’la tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chaqqon, tadbirkor, vaqtning qadriga yeta oladigan qilib tarbiyalsh;
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, matematik tafakkurini rivojlantirish;
III. Asosiy tushuncha va atamalar: soat, minut, sekund.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
- soatning kichik mili nima deb atalishini bilish;
- soatning katta mili nima deb atalishini bilish;
- 1 soat necha minut ekanligini bilish;
- 1 minut necha sekund ekanligini bilish;
Ko’nikma va malakalar:
- misol va masalalarni mustaqil yecha olish;
V. Darsning metodlari: aqliy hujum, “SMS” strategiyasi.
VI. Dars shakli: amaliy mashg’ulot.
VII. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.
VIII. Darsda qo’llaniladigan vositalar: 3-sinf “Matematika” darsligi, jonli soat, soat maketi va boshq.
IX. Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchini aniqlash, yangiliklar haqida suhbat.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’tilgan mavzu: Massa birliklari.
Takarorlash yuzasidan savollar:
1. Kichikroq narsalarning massalari nimalarda o’lchanadi?
2. 1 kg necha grammga teng?
3. 1 sentner necha kilogrammga teng?
4. 1 tonna-chi?
X.Yangi mavzu bayoni.
Aqliy hujum:
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so’raydi qadrin
Fursat g’animatdir, shox satrlar-la
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
O’qituvchi: Darhaqiqat, bolajonlar, o’tib borayotgan har bir daqiqamiz oltinga teng. Shuning uchun ham ana shu bir tutam umr mobaynida yaxshi amallarni bajarmog’imiz, odamlarga yaxshilik qilmog’imiz kerak. Shundagina biz o’z hayotimizga mazmun baxsh eta olamiz. Biz sizlar bilan bugun o’tadigan mavzu “Vaqt birliklari “ deb ataladi.
XI. Darslik bilan ishlash.
1. Dastlab savollarga javob berish orqali o’quvchilar mavzuga jalb etiladilar.
2. 429-masala og’zaki bajariladi.
3. 439-mashq orqali soat va uning millari, u ko’rsatayotgan vaqt haqida tushuncha beriladi.
4. 431-masala reja asosida yechiladi.
5. 432, 33, 34-mashqlar.
XII. Mustahkamlash uchun metodlar: SMS (soat, minut, sekund) strategiyasi.
Strategiyaning maqsadi: O’quvchilarni chaqqon, tezkor qilib tarbiyalash, har bir ishni vaqtida bajarishga undash, matematik bilimlarini yanada mustahkamlash.
Strategiyaning o’tkazilish tartbi. O’quvchilar jamoasi uch guruhga bo’linadi:
1-guruh “soatlar”;
2-guruh “minutlar”;
3-guruh “sekundlar”.
O’qituvchi tomonidan savollar tushirilgan soat maketi doskaga ilinadi. Bunda har bir soat oralig’ida 1 tadan, jami 12 ta topshiriq aks etadi.
Uchchala guruh sardorlari doskaga chiqadilar va teng miqdorda to’rttadan topshiriqni tanlab oladi.
Har bir topshiriqni bajarish uchun 4 daqiqadan 16 daqiqa vaqt beriladi.
Eng tez va to’g’ri bajargan jamoa g’olib hisoblanadi.
Uyga vazifa: 435-mashq.
Download 15,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish