X. Yangi mavzu bayoni.
Aqliy hujum.
O’qituvchi: O’zbekistonning mashxur futbol jamoasi qaysi?
O’quvchilar: Paxtakor.
O’qituvchi: Qanday taniqli futbolchilarni taniysiz?
O’quvchilar: Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Maksim Shatskix va boshq.
XI. Darslik bilan ishlash.
Futbol.1
Futbol-xalq sevgan o’yin. Garchi uning vatani Angliya hisoblansa-da, o’yinning osonligi, qonun-qoidalari oddiy tuzilgani, muhimi har bir kishi bemalol shug’ullana olishi mumkinligi uchun ham futbol butun dunyoda mashxur bo’lib ketgan, har bir xalq uni o’ziniki deb hisoblaydi. Shu sababli futbol xalq o’yini, millionlar o’yini deyiladi.
Futbol - maxsus maydonda to’p bilan o’ynaladi. Har bir jamoada o‘n bittadan o’yinchi bo’lib, ular alohida hujumchilar, yarim himoyachilar, himoyachilar va darvozabonga bo’linadi.
Hujumchilar raqib darvozasiga hujum uyushtiradilar. Ularning vazifasi to’pni ustalik bilan olib borish va darvozaga aniq tepish.
Himoyachilar o’z darvozalarini raqib hujumidan himoya qiladilar, o’z navbatida, raqibidan to’pni olib tezda uni o’z hujumchilariga oshiradilar.
Yarim himoyachilar himoyada va hujumda o’ynaydilar, shuning uchun ular eng chidamli va yaxshi tayyorlangan o’yinchilar hisoblanadi.
Darvozabon - raqib hujumi paytida darvozaga to’p kirishidan saqlovchi o’yinchi. Faqat darvozabonlarga to’pni qo’l bilan o’ynashlariga ruxsat etilgan.
To’pni ilib olish-darvozabon o’yining asosiy vositasi. Bu ko’pincha ikki qo’llab amalga oshiriladi. Darvozabon to’pni qo’lda ilib olishi va urib qaytarishi mumkin. Lekin hujumchilar, yarim himoyachilar va himoyachilar o’yin vaqtida to’pga qo’llarini tekkizishlari mumkin emas.
To’pni tashlash. Agarda to’p biror jamoa o’yinchisi zarbasidan keyin maydon tashqarisiga chiqib ketsa, o’yin to’xtatiladi.
To’pni tashlashda oyoqlar yelka kengligida kerib turiladi. To’pni ushlagan qo’llar tirsakdan sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda salgina orqaga egiladi, oyoqlar tizzasi bukilib, gavda og’irligi tovonlarga tushiriladi.
To’pni o’yinga kiritishda qo’l barmoqlari shunday holatda bo’ladi.
Futbol maydonining yonidan to’pni o’yinga kiritish.
Oyoq yuzining o’rta qismi bilan to’p tepish. Bu usul ko’p jihatdan oyoq yuzining ichki qismi bilan tepishga o’xshaydi.
To’pga kalla bilan zarba berish. To’pga kalla qo’yish o’yin jarayonida yakunlovchi zarba berishda ham, sheriklariga to’p oshirishda ham qo’llaniladi. Lekin bolalarning o’yin paytida, mashg’ulot vaqtida bo’lar-bo’lmasga to’pga kalla qo’yishlari yaxshi emas. Bolalar to’pga kalla qo’yishni asta-sekinlik bilan o’rganishlari kerak.
Futbol o’yini ko’pchilik sport o’yinlari kabi bolalarda dadillik va qat’iyatlilikni, diqqat-e’tibor va ziyraklikni tarbiyalaydi. O’yinchilar o’yin davomida har xil tezlikda yugurish, sakrash, to’pni olib yurish , oyoq va boshda to’pni uzatish harakatlarini bajarishadi. Shu bois futbolni yaxshi o’ynash uchun kuchli, chidamli, tezkor va epchil bo’lishingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |