51-jadval
E
|
H
|
W
|
Pm
|
Shavkat
|
tayyorlanayotganda
|
bexabar
|
edi
|
orzu qilgan
olimlikni
|
kirish uchun
magistraturaga
tamomlab
diplom bilan
i mtiyozli
universitetini
pedagogika
|
g aplar dan
daxldor bu
faoliyatiga
o‘z
|
|
Ko‘rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‘lmasin, uning struktur qolipi o‘ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi.
So‘zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo‘lakka bog‘langanda yuz beradi. Konstruktiv bo‘lak bo‘lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo‘ladi. Chunki kesim mavjud bo‘lsagina, unga bog‘langan ayrim so‘zlar konstruktiv bo‘lak tabiatiga ega bo‘ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo‘q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‘laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‘ldiruvchisi maqomini olsa, so‘zlardan mutlaq hokimlarining mavqei o‘zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol mavqeini egallashi mumkin: kesim: Mening orzum – qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi; ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi – mening orzum; hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallaganligidan biz juda quvondik.
Gapni bo‘laklarga va so‘z birikmasiga ajratish – sintaktik tahlilning ikki xil ko‘rinishi. Gapni bo‘laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo‘lsa, so‘z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlili. Masalan, Gulnora o‘qigan kitobni men kecha tugatgan edim gapining gap bo‘laklari bo‘yicha tahlili quyidagicha bo‘ladi: 1) tugatgan edim – kesim; 2) men – ega; 3) kecha – hol. Gulnora o‘qigan kitobni birikuvi gap bo‘lagi emas va u bo‘laklar tahlilida e’tiborga olinmaydi.
Demak, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois gap bo‘laklari tahlilida nazardan chetda qoladi. Gapni so‘z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‘z kengay-tiruvchi so‘z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchisi biror so‘z (atov birligi) ma’nosini emas, balki kesimlik qo‘shim-chasi ma’nosini muayyanlashtirganligi bois, so‘z birikmalari sifatida olinmaydi. Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommu-nikativ sathga daxldor, ya’ni [Pm]ga bog‘lanuvchi so‘zlarni chiqarib tashlasak:
a) Gulnora o‘qigan;
b) o‘qigan kitob;
d) kitobni tugatmoq
kabi uchta so‘z birikmasi mavjudligi ayon bo‘ladi. Chunki gap tarkibidagi Gulnora, o‘qigan, kitobni birliklari so‘z kengaytiruvchisi.
Demak, xulosa qilish mumkinki, so‘z kengaytiruvchisi va gap kengaytiruvchisi munosabatidan kelib chiqqan holda so‘z birikmalari tahlilini gap bo‘laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |