Tolerantlik - (lotincha “tolerantlo” chidamlilik,bag’rikenglik,sabr-toqatlilik,yon berish)-dinlar, ijtimoiy tartiblar, milliy va diniy urf –odatlar, madaniyatlar, o’zga diniy, siyosiy qarashlar, e’tiqodlar hamda turmush tarziga nisbatan sabr –bardoshlik, chidamlilik, odoblilik, andishali bo’lish ma’nolarini anglatadi.
Tolerantlik - deganda tor ma’noda, dinlar rang-barangligini inkor etmaslik, dinlararo bag’rikenglik tushuniladi.
Tolerantlik tushunchasi ekistrimizim kabi tushunchalarga qarshi bo’lib, falsafiy-ijtimoiy ong tarkibidan o’rin oladi va inson tafakkurida namoyon bo’ladi.
TAFAKKUR - (arabcha-fikrlash, aqliy bilish) bo’lib, predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanushlari aks etadigan bilishning ratsional bosqichi sanaladi.
MEDIATSIYA - konfliktlar yechimi nazariyasida VOSITACHILIK deb nomlanadi.
VOSITACHILIK—bu ko’ngillik asosida maxfiy, ya’ni konfiditsial tarzda uchinchi neytral, ya’ni har ikkala tomonga ham xolis bo’lgan tomon –ya’ni vositachi-dallolning baxs qilayotgan tomonlarga konflikt yechimini topishdagi yordami hisoblanadi.
Mediator vositachining vazifasi—konflikt nimadan boshlangani, kim aybdor ekanligi, kim haq kim nohaq ekanligi emas,balki muammoni kelishuvga olib keladigan yo’llarni o’rganib, ularni topishdir.
Vositachi bu vazifalarni har ikkala tomon bilan muntaza olib boriladigan muloqotlar orqali amalga oshiradi.
Mediatsiya-vositachilikning asosiy qoidalari:
1.Konfilekt yechimini qidirishga xohish va iroda;
2.Faqat haqiqatni so’zlash;
3.Gapni bo’lmasdan eshitish;
4.Birovning nuqtai nazariga hurmat e’tibor, hech qachon uni yerga urmaslik;
5.Ikki tomonlama shartnoma qarorlarni amalga oshirish uchun majburiyatni o’z zimmasiga olish.
Mediatsiya(vositachilik)besh asosiy ustunliklari :
1.Kelishuv jarayonida sizni hech kim xafa qilishga, nafsoniyatingizga tegishga qilmaydi. Vositachilik sizning xavfsizligingiz va do’stona muzokaralar jarayoning garovidir.
2.Vositachilik mutloqo maxfiy jarayon.
3.Siz haqiqatdan ham u yo bu narsalarni o’rganishingiz mumkin.Sizga qarshi tomonnig fikr –o’ylarini tushunishga, anglashga, imkon yaratadi.
4.Vositachilik erkin faoliyatdir.
5.Vositachilik albatta zaruriy ehtiyoj bo’lib, unda hech kim nima qilish lozimligini aytmaydi. Chunki, siz va opponentingiz har bir qarorni o’zlaringiz ishlab chiqasiz va o’zingi unga rozilik bildirasiz. Har bir yechim bu sizningva faqat sizningqaroringiz.
Konfilkt yechimi har ikkala tomondan faol tinglash,o’zgani eshitish, uning o’ylari, fikrlari, emotsiyalari, shuningdek mushohadalari, ya’ni argumentlari qandayligini bilishni talab etadi.
Muammoni aniq belgilash va uning chegaralarini ko’rish uchun o’z opponenti fikr va o’yinlari, hissiyotlarini to’g’ri baholay olish va talqin qilish, opponent qarashlarini anglash orqaligina ta’minlanishi mumkin.
Konfilktdan chiqib ketish-avvalo inson o’zining emotsional psixologik holatini pokiza tutishi va ozoda qilishdan boshlanishi lozim.
Agar siz o’zingizning konfilktga bo’lgan munosabatingizni tarixiy hodisalar va ziddiyatlar girdabida boshlasangiz va ularga suyansangiz hech vaqt ziddiyatni muvaffaqiyatli yecha olmaysiz
Do'stlaringiz bilan baham: |