3-Semenar mashg'ulot
Mаvzu: Pedagogik janioada nizolar. Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi.Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli.Pedagogik konfliktologiyada mediatsiya.
(2 soat).
Reja:
1 . Pedagogik janioada nizolar.
2. Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi.
3. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli.
4, Pedagogik konfliktologiyada mediatsiya.
Asosiy adabiyotlar
1. Axmedova M.T.Pedagogikkonfliktologiya. (O’quv qo’llanma) -T ., 2014 y.
2. Ibragimov X ., Yoldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya (o‘quv
qo’lanma) -T ., 2009 y.
3. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. (O’quv qo’llanma) – T.: 2011.
4. Ibragimov X.I. Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. –T.:“Fan va texnologiyalar ”nashriyoti 2008.
5. Леонов Н.И. Конфликтология. (Учебник) – М. 2006.
6. Козер Л. Основы конфликтологии. (Учебное пособие) СПБ., 1999.
7. Степанов Е.И. Современная конфликтология. (Учебное пособие) СПБ., 2008.
8. Самарин А.Н., Степанов Е.И., Шаленко В.Н. Духовные проблемы нашего времени (Учебное пособие) – М., 2005.
Pedagogik janioada nizolar.
Reja: 1. Pedagogik jamoadagi nizolar va ularning o’ziga hos hususiyatlari.
2. Pedagogik jamoadagi nizolarning kelib chiqish sabablari
3. Pedagogik jamoadagi nizolarni bartaraf etishda rahbarning pozitsiyasi.
Pedagogik jamoadagi nizolar – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qaramaqarshilikni юzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi – nizo predmeti юzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. YA’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat юzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. Pedagogik jamoadagi nizoni konstrutiv hal qilish quyidagi omillarga boғliq deb hisoblanadi: nizoni to’ғri tushunish, ya’ni raqibining va o’zining harakatlarini, istaklarini shahsiy qiziqishlari bilan etarlicha aniq tushunish; ishtirokchilar sodir bo’layotganlarni va nizoli vaziyatdan chiqish yo’llarini, o’zaro ishonchlilik va hamkorlik muhitini yaratish to’ғrisida o’z tushunishlarini to’ғri aytib muloqotning ochiqligi va samaradorligi, muammoni har tomonlama muhokama qilishga tayyor bo’lishlari. Rahbar uchun nizolashayotgan shahsning yoki hojimlarning insoniy hulqlar qanday harakteri, hususiyatlari hos ekanligini bilish ham foydali bo’ladi. Psihologlarning tadqiqotlarini umumlashtirib shunday sifatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: o’z imkoniyatlarini va qobiliyatlarini noto’ғri baholash, u past va юqori bo’lishi mumkin. K.U. Tomas va R.H. Kilmennlar tomonidan nizoli vaziyatlarda hulq asosiy eng mos keladigan strategiyalari ishlab chiqilgan. Ular nizoda beshta asosiy hulq uslublari mavjudligini ko’rsatadilar: moslashish, kelishish, hamkorlik, mensimaslik, raqiblik yoki raqobat. Ular aniq bir nizoda hulq uslubi passiv yoki faol harakat qilib shahsiy manfaatlaringizni va hamkorlikda yoki individual harakat qilib boshqa tomonning manfaatlarini qondirishni hohlash darajasi bilan belgilanishini ko’rsatadilar. Pedagogik jamoadagi nizoni hal qilishga yondoshishda quyidagi vaziyatlarda foydalanish mumkin: – mavjud ilғor pedagogik tajribalarni o’rganish; – ikkinchisi – nizolar rivojlanishi qonuniyatlari bilimlarini va ularni oldini olish va bartaraf qilish usullarini egallash; (ancha qiyin yo’l, ammo ancha samarali, chunki turli nizolar barchasiga bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatish mumkin emas). V.M.Afonьkova nizolarga pedagogik aralashishning muvaffaqiyatliligi pedagogning qarashlariga boғliq bo’ladi deb ta’kidlaydi. Bunday qarashlar kamida to’rtta bo’lishi mumkin: · nizoga avtoritar aralashishi yondoshuvi – pedagog nizo – bu har doim ham yomon emasligi va u bilan kurashish kerakligiga ishonchi bo’lmagan holda uni bostirishga harakat qiladi; · neytralitet yondoshish – pedagog tarbiyalanuvchilari o’rtasida юzaga keladigan to’qnashuvlarni sezmaslikka va aralashmaslikka harakat qiladi; · nizodan qochish – pedagog nizo – bu юzaga kelgan vaziyatdan qanday chiqishni bilmasligi sababli bolalar bilan uning muvaffaqiyatsiz tarbiyaviy ishlari ko’rsatkichi deb ishonadi; · nizoga maqsadga muvofiq aralashish - pedagog tarbiyalanuvchilari jamoasini yahshi bilishiga, tegishli bilim va malakalariga tayanib nizo kelib chiqishi sabablarini tahlil qiladi, uni bostirish yoki ma’lum darajagacha rivojlanishiga berish to’ғrisida qaror qabul qiladi. Pedagogik jamoadagi nizolar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida юzaga keluvchi va o’z hizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishida yoki yomon bajarishida ham namoyon bo’ladi. Nizoda o’qituvchi o’z pozitsiyasini to’ғri aniqlashi juda muhim, chunki pedagogik jamoa uning tomonida bo’lsa юzaga kelgan vaziyatdan chiqish unga oson bo’ladi. Agarda sinf intizomni buzuvchi bilan birgalikda tartibsizlik qila boshlasa yoki ikki tomonlama pozitsiyada bo’lsa bu salbiy oqibatlarga olib keladi (misol uchun, nizolar doimiy tus olishi mumkin). Munosabatlar nizolari ko’pincha pedagogning muaamoli vaziyatlarni mohirona hal qila olmasligi natijasida юzaga keladi va odatda uzoq davom etadi. Ushbu nizolar shahsiy tus oladi, o’quvchining o’qituvchini uzoq vaqt davomida yoqtirmasligini keltirib chiqaradi, ularning munosabatlarini ancha vaqtga buzadi.
Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning o’rni.
Reja: 1. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oila tarbisining ta’siri.
2. Oilaviy tarbiyani samarali tashkil etish yo’llari.
3. Konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psihologik savodhonligi. Nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogik jarayonga unchalik boғliq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab etishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi. CHunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zber oilalari uchun dolzarb masalalaridandir. Oilaviy tarbiyada eng muhim shart – oilaning mustahkam, ma’naviy soғlom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak. YOshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi katta ahamiyat kasbetadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun oғir ish hisoblanadi. Ko’p otaonalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’ғri tarbiyasi kelgusida nohush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv hulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psihologik muhitning nosoғlomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining orib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning ota-onalari bilan ham pedagogik bilimlar tarғibotini olib borishni taqozo etadi. O’z-o’zini nazorat etish uchun savollar:
3. Pedagogik konfilektologiyada tolerantlik tushunchasi va mediatsiya qoidalari
1. Pedagogik konfilektologiyada tolerantlik tushunchasi
2. Tolerantlik xususiyatini o’rganishda milliy an’analar, milliy qadriyatlarni o’rni
3. Mediatsiya - vositachilikning asosiy qoidalari
Tayanch tushunchalar: tolerantlik tafakkuri, meditatsiya qoidalari, vositachilik.
Tolerantlik murakkab va o’ziga xos, ham ijtimoiylik, ham individuallik xususiyatlarini o’zida mujassam etgan voqelik hisoblanadi. Tolerantlik faqat insonning o’z shaxsiy xususiyatlariga aloqador bo’lgan psixologik tushuncha bo’lmay, balki insonga xos bo’lsa ham, ana shu o’ziga xoslikni boshqa insonlarga qarata ishlata olish, qo’llay bilish ko’nikmalaridan iboratdir. Shuning uchun tolerantlik ham inson shaxsiy hayotiga, ham uning ijtimoiy hayotiga aloqador bo’lgan voqelik sifatida amal qiladi. Erkin, sotsial va madaniy tarkibi, kelib chiqishi bir xil bo’lmagan ixtiyoriy jamiyat, o’z barqarorligini ta’minlash uchun tolerantlikka muhtojdir. Tolerantlikning samaradorligi esa, undagi hukmron mifologik, diniy va ilmiy-ommaviy ong bilan qay darajada mos kelishiga bog’liq.
Tolerantlik xususiyatini o’rganishda milliy an’analarga, milliy qadriyatlarga va milliy madaniyatga e’tibor berish kerak. Xalqimiz tolerantligi O’zbekistonda milliy hamjihatlilik ruhini tarkib toptirdi. Turli millat vakillari O’zbekistonni o’z vatani deb his eta boshlab, milliy, madaniy, diniy munosabatlari va e’tiqodini namoyish etishda keng imkoniyatlarga ega bo’ldilar. Bu esa hamjihatlik, bag’rikenglik kabi tolerantlik xususiyatlarini shakllantirish imkonini yaratdi.
Ma’lumki, bugungi kungacha juda ko’plab ilg’or ijtimoiy psixologiya vakillari,
pedagoglar, faylasuflar, sotsiologlar tomonidan shaxslarda bag’rikenglik (tolerantlik)ni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muammosini o’rganishga bag’ishlangan talaygina tadqiqotlar olib borilgan. Mazkur muammo 20-asrning 2-yarmida jadal sur’atlarda o’rganila boshlandi. Bag’rikenglik fenomeni B. Barber, Dj.Berri, Dj.Ollport, M.Plizent, A.Teshfel, M.Uoltserlar tomonidan etnik xususiyatlari; faylasuflardan R.Valitov, V.Shalin, V.Garadja, Yu.Luxovitskaya tomonidan falsafiy xususiyatlari; M.Lado’jets, V.Sokolov, L.Drobijevalar sotsiologik tadqiqotlarida bag’rikenglikning etnomadaniy xususiyatlarini, V.Lektorskiy bag’rikenglikni qadriyat sifatida; V.Shalin siyosiy zarurat sifatida; psixologik xususiyatlarini A.Asmolov, M.Mirimanovalar; etnopsixologik xususiyatlarini G.Soldatova, T.Stefanenko, N.Lebedeva, L.Drobijeva, L.Gumilev, V.Tishkovlar; o’zbekistonlik olimlar V.Karimova, A.Begmatov, E.Karimova, Z.Qodirova, A.Sharipov, B.Farfiev, S.Otamurotov, M.Xajieva, A.Saidov va boshqalarning tadqiqotlarida bag’rikenglik tamoyillariga alohida e’tibor aratilgan. Shuningdek, muqaddas Islom dini tamoyillariga asoslangan holda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif va ajdodlarimiz hamda buyuk siymolarimiz asarlarida (A.Navoiy, A.Temur, az-Zamaxshariy, Abu Lays as-Samarqandiy, Imom al-Buxoriy, Termiziy, Moturudiy kabilarning asarlarida bag’rikenglik masalalariga, milliy, diniy, siyosiy bag’rikenglikka alohida to’xtalib o’tiladi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida bag’rikenglik masalalari keng o’rin olgan. Tolerantlikni zamonaviy tushunish va anglash jarayonlari 20-asrning so’nggi choragidan boshlangan. 1995-yili 16-noyabrda Parij shahrida YUNESKO tashkilotining yigirma sakkizinchi Sessiyasida dunyo 185 davlatlari ishtirokida ”Tolerantlik tamoyillari Deklaratsiya”si imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |