Darsning jihozlari: Plakatlar, texnik vositalar, darslik, davriy jadval, mavzuga doir tarqatmalar, slaydlar, bor, doska.
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
|
Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni baholash
|
3 daqiqa
|
6
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
7
|
J A M I :
|
45 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar: Kimyo 9. Toshkent-2014. R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov.
Darsning borishi: Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish, savol-javob tariqasida o’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Gruppacha elementlari rux, kadmiy va simob 4—6-davrning oraliq elementlarining eng oxirida joylashgan d-elementlari bo'lib, ularning tashqi valent pog'onasida faqat 2 tadan elektroni borligi uchun birikmalarda ikki valentli bo'ladi.
Bu elementlarning qaytaruvchilik xossalari asosiy gruppachadagilarnikidan ancha zaif, buning sababini element atomlarining radiusi kichikroq, ionlanish potensiallari yuqoriroq bo'lishi bilan tushuntirish kerak
Bu elementlar ham mis gruppachasidagi kabi ko'plab koordinatsion birikmalar hosil qiladi.
Rux. Ruxning tabiatdagi birikmalaridan eng muhimlari galmey ZnCO3, rux aldamasi ZnS va rux shpati ZnCO3 dir. Bu metall qadimdan ma’lum. Rux hayotiy muhim mikroelement hisoblangani bilan, uning tuzlari zaharladir.
Olinishi. 1) ZnSO4+2H2O= Zn+ H2+O2+ H2SO4
2) ZnS+ O2= ZnO+SO2 va ZnO+ C= Zn+ CO
3) ZnCO3=ZnO+ CO2 va ZnO+ C= Zn+ CO
Rux oksid ZnO oq rangli zich bo'lmagan kukun, suvda erimaydi, kislota va ishqorlarda oson eriydi.
Rux gidroksid ruxning turli tuzlariga ishqor ta'sirida oq rangli cho'kma holida ajralib chiqadi:
ZnCl2+ 2KOH = Zn(OH)2↓ + 2KCl
Ruxning tuzlari metalldan, oksididan va tuzlaridan tegishli kislotalar ta'sirida olinadi. Tuzlari eritmada gidrolizlanadi. Galogenidlari orasidan ftoridi ZnF2 suvda juda yomon eriydi.
ZnCl2-gigroskopik modda, yog’ochga shimdirishgametallarga ishlov berishda, qurituvchi modda sifatida ishlatiladi.
ZnSO4* 7H2O- viskoza ishlab chiqarishda, mikroo’g’it sifatida bo’yoq ishlab chiqarishda, medisinada ishlatiladi.
Kadmiy. Bu element birikmalari rux rudalarida aralashma holida uchraydi. Kadmiyni ajratib olish uchun rux va kadmiy birikmalari aralashmasiga rux metali qo'shib qizdiriladi va erkin kadmiy olinadi:
Kadmiy gidroksid faqat asosli xususiyatga ega, kislotalarda erib tegishli tuzlarni hosil qiladi.
Kadmiy sulfid CdS ravshan sariq rangli bo'yoq modda, rangli shisha tayyorlashda qo'llanadi.
Kadmiyning barcha birikmalari, ayniqsa, suvdagi eritmalari hayot uchun xavflidir.
Simob. (Grekcha Hudor-suv va argyros-kumush).Bu element tabiatda oz tarqalgan, oz miqdorda tog' jinslariga yutilgan holda va kinovar HgS ko'rinishida (ravshan qizil rangli) uchraydi (undan bo'yoqlar tayyorlashda foydalaniladi). Metallni ajratib olish uchun kinovar havoda kuydiriladi:
HgS + O2 = Hg + SO2
Hg2Cl2(kalomel)-oq kristal modda, suvda erimaydi, medisinada ishlatiladi.
HgCl2(sulema)- oq kristal modda, suvda yaxshi eriydi, medisinada juda suyultirilgan eritmalari dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.
Simob birikmalari juda zaharli. U ichak, buyrak va yurak faoliyatiga ta'sir etganda og'ir xastaliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |