Aniqlansin: Qoldiq changlanganlik - Cchiq – ?
Yechim :
Quyidagi ifodadan foydalanib ikki pog‘onali changli havoni tozalash uskunasining umumiy samaradorligini aniqlaymiz:
ηum = (1-0,68)·(1-082) =1-(0,32x0,18) =0,94
Ikki pog‘onali tozalagichdan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan (qoldiq changlanganlikni aniqlaymiz :
Cchiq = Ckir - ηum · Ckir = 680-0,94x680=41 mg/m3
SNiP 2.04.05 – 96 bo‘yicha chiqarib yuborilayotgan havodagi me’yoriy qoldiq changlanganlikni aniqlaymiz:
ΣL > 15,0 ming m3 /soat bo‘lgan xol uchun
Cqol = 100·K = 100· 0,8 = 80 mg/m3
2 va 3 punktlarni solishtirib, qoldiq changlanganlikni me’yoriy kattaliklarga mos kelishini aniqlaymiz:
Cchiq = 41 mg/m3, Cqol = 80 mg/m3
Xulosa: Ikkinchi bosqich changli havoni tozalash uskunasidan atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi chang konsentratsiyasi SNiP 2.04.05-96 bo‘yicha me’yoriy qoldiq changlanganlikdan yuqori emas.
7-jadval
Kattaliklar
|
Variantlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
Ckir , mg/m3
|
940
|
360
|
540
|
820
|
735
|
425
|
650
|
290
|
480
|
585
|
830
|
910
|
∑L , m3/soat.103
|
14,0
|
12,0
|
10,0
|
15,8
|
16,4
|
21,2
|
14,0
|
13,8
|
22,0
|
19,0
|
11,0
|
13,0
|
YQBKij., mg/m3
|
0,95
|
1,5
|
2,0
|
3,5
|
4,2
|
7,0
|
6,0
|
4,0
|
5,2
|
3,7
|
1,0
|
1,3
|
ηI .
|
0,56
|
0,53
|
0,61
|
0,64
|
0,68
|
0,54
|
0,72
|
0,62
|
0,71
|
0,60
|
0,61
|
0,66
|
ηII .
|
0,68
|
0,65
|
0,76
|
0,68
|
0,79
|
0,78
|
0,87
|
0,75
|
0,82
|
0,74
|
0,68
|
0,65
|
Kattalik-lar
|
Variantlar
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
Ckir , mg/m3
|
810
|
930
|
900
|
800
|
640
|
770
|
750
|
660
|
680
|
780
|
790
|
670
|
680
|
∑L , m3/soat.103
|
13,5
|
15,6
|
13,0
|
21,0
|
18,0
|
17,0
|
21
|
16,0
|
14,5
|
13,0
|
19,0
|
20
|
22,0
|
YQBKij., mg/m3
|
2,1
|
2,8
|
3,0
|
3,2
|
4,0
|
4,5
|
6,5
|
5,5
|
4,0
|
5,0
|
3,5
|
4,8
|
4,0
|
ηI .
|
0,68
|
0,7
|
0,72
|
0,54
|
0,62
|
0,68
|
0,7
|
0,75
|
0,6
|
0,55
|
0,58
|
0,65
|
0,68
|
ηII .
|
0,72
|
0,8
|
0,78
|
0,6
|
0,86
|
0,72
|
0,8
|
0,85
|
0,85
|
0,75
|
0,71
|
0,75
|
0,82
|
Ckir-uskunaga kirayotgan havodagi changlanganlik, mg/m3
∑L-uskunaning havo bo‘yicha umumiy ish unumdorligi, m3/soat.103
YQBKij.- ish joyidagi changning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi, mg/m3
ηI, η2-birinchi va ikkinchi o‘tim tozalash uskunalarning FIK lari
Nazorat savollari
Tozalovchi uskunalar turlari nimalarga asosan tanlanadi?
Paxta tozalash zavodlarida qaysi uslubda ishlaydigan tozalovchi uskunalardan foydalaniladi?
To‘qimachilik korxonalarida qaysi uslubda ishlaydigan tozalovchi uskunalardan foydalaniladi?
Tozalovchi uskunalarni FIK qaysi tozalovchi uskunada katta?
Filtrlovchi tozalovchi uskuna afzallik va kamchiliklari.
Elktrofiltr tozalovchi uskunaning ishlash prinspi.
Havo muhitining sifati zararli moddalarni yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiya (YQBK - PDK) miqdoridan kamligi bilan belgilanadi.
Agar atmosfera havosidagi moddalarning konsentratsiyasi YQBKdan past bo‘lsa, u odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) yoki bilvosita zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, uni ish qobiliyati, kayfiyatini tushirmaydi, shuningdek o‘simlik va hayvonot dunyosi, iqlim, atmosfera tiniqligi va insonni maishiy yashash shart-sharoitlariga yomon (yoki salbiy) ta’sir ko‘rsatmaydi.
Maksimal bir martalik (20 minut davomidagi ta’sir) va sutkalik o‘rtacha YQBKlar belgilangan.
Hozirgi kunda sanoat korxonalarida 40 000 dan ortiq moddalar foydalaniladi. Shulardan 12 000 tasi odamga zararli va 5000 tasi esa kanserogen (rak kasalini yuzaga keltiruvchi modda yoki sharoit) ta’sir ko‘rsatadi.
Zararli moddalar konsentratsiyasini ta’sir etishi bo‘yicha bir nechta bosqichlari belgilangan:
Birinchi bosqich – sezmaslik, bunda tirik organizm o‘ta kichik dozali moddalarga nisbatan sezuvchanlikni his qilmaydi.
Ikkinchi bosqich – stimulyatsiya (qo‘zg‘alish, kuchayish) – bunda tirik organizm moddani zarali ta’sirini payqaydi, uni zararli ta’sirini bartaraf etish (neytrallash) maqsadida o‘zining hayot faoliyatini oshiradi (yoki kuchaytiradi), biroq bunda organizmni umumiy fiziologik holati vaqtinchalik yaxshilanadi va salbiy siljishlar kuzatilmaydi.
Uchinchi bosqich – organizmda toksik (zararli) moddalar yig‘ila boshlaydi. Bu vaziyatda organizmni ijobiy (qoniqarli) fiziologik holati kompensatsiyalovchi moslashtiruvchi reaksiyalar hisobiga qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa organizmdagi ba’zi bir o‘zgarishlarga olib kelmaydi.
To‘rtinchi bosqich – ba’zi bir fiziologik va boshqa noaniq ahamiyatga ega bo‘lgan siljishlarni yuzaga kelishi.
Beshinchi bosqich – kasallikni fiziologik alomatlarini paydo bo‘lishi.
Oltinchi bosqich – kasallik.
Yettinchi bosqich – o‘lim.
YQBKni belgilash O‘zR Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklatilgan.
Yana bir boshqa me’yor (normativ) – sanoat chiqindilarining yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarilmalari (YQBCH-PDV)dir, bunda atmosferani assimilyatsiyalovchi qobiliyatini hisobga olgan holda, hisob-kitob qilinayotgan nuqtada moddani maksimal yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasiga erishiladi. Bunda fondagi (joydagi) ifloslanish hisobga olinadi va quyidagi shartga rioya etiladi:
Cmax + Cf CYQBK
bu yerda: Cmax - yer bag‘ridagi maksimal konsentratsiya, mg/m3;
Cf - ushbu korxona ishchi zonasida ishlayotgan boshqa mabaalardan yuzaga kelgan fon konsentratsiyasi, mg/m3;
CYQBK - ishchi zonadagi zararli moddani yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi, mg/m3.
YQBCH atmosfera havosining assimilyatsiyalash xususiyatini hisobga olgan holda belgilanadi (yoki aniqlanadi).
Sanoatda YQBCH me’yorlarini o‘rnatish tartibi 1998 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan GOST 17.2.3.02-98 bilan belgilanadi. Unga ko‘ra YQBCHni o‘rnatish tartibi aniqlanadi va nazorat qilish bo‘yicha bosh (asosiy) tashkilotlar tayinlanadi. Odatda bu O‘zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasiga qarashli (Goskompriroda RUz) organlar hisoblanadi.
Bosh tashkilotlar YQBCH normativlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z hududidagi turli xil vazirliklarning ma’muriy (regional) tashkilotlaridan oladi. Ma’muriy tashkilotlar korxonalarni YQBCH me’yorlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarini boshqaradi va nazorat qiladi.
Me’yorlarni (normativlarni) ishlab chiqish bo‘yicha zaruriy ma’lumot va axborotlar inventarizatsiya materiallari (manbaalar, chiqarilmalar hajmi, ingredientlar) va O‘zbekiston Respublikasining Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining fonlar konsentratsiyasi (shahar planiga bog‘langan karta-sxema) to‘g‘risidagi axborotlaridan olinadi.
4-rasm. Korxonalarni sanitar ximoya zonasi
YQBCH hisob-kitoblarini asoslash uchun, eng avvalo, atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish jarayonini hisobga olish zarur. 1-rasmda moddalar tarqalishining prinsipial sxemasi keltirilgan.
Tarqalish xarakteri meteorologik va geografik omillar hamda ularni chiqarilish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Meteorologik omillarga shamol tezligi, harorat stratifikatsiyasi, havoni nisbiy namligi va atmosfera bosimi kiradi.
Meteorologik omillarni yer bag‘ridan to 50-250 m balandlikkacha bo‘lgan masofada o‘zgarishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Atmosferada turli xil moddalarni tarqalishiga joyning relefi, shuningdek tutun chiqaruvchi yoki havo tortuvchi trubalarning balandligi va zarrachalarning agregat holati ta’sir ko‘rsatadi.
GOST 17.2.3.02-93 talablariga binoan har bir loyihalashtirilayotgan va amaldagi sanoat korxonasi uchun atmosferaga tashlanadigan yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarilmalar kattaligi belgilanadi. Bu shart ma’lum manbaadan chiqarilayotgan zararli modda chiqarilmalari shu zonadagi barcha amaldgi korxonalardan chiqayotgan chiqarilmalar bilan birgalikda ishchi zonadagi YQBK dan oshmasligi kerak.
Ma’lum bir manbaaning yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan chiqarilmalari zararli moddalarni shunday minimal miqdoriki, shamol bosimi natijasida tarqalib yerga o‘tirgandan so‘ng aholi punktining yerga yaqin qatlamida fon konsentratsiyasi bilan 30 % dan yuqori bo‘lmagan YQBK tashkil etadi, ya’ni:
Cmax + Cf 30 % CYQBK (9)
bu yerda: Cmax - yer bag‘ridagi maksimal konsentratsiya, mg/m3;
Cf -ushbu korxona ishchi zonasidan tashqaridagi boshqa mabaalarning fon konsentratsiyasi, mg/m3;
SYQBK - ishchi zonadagi zararli moddani yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan konsentratsiyasi mg/m3.
Agar korxonada ob’yektiv sabablarga ko‘ra YQBCH ga erishilmasa, unda Tabiatni muhofaza qilish Qo‘mitasi bilan kelishgan holda vaqtinchalik kelishilgan chiqarilmalar-VKCH (VSV) miqdori o‘rnatilishi mumkin, ya’ni:
Birinchi yil ishlashi uchun
Cmax + Cf CYQBK (10)
Ikkinchi yil ishlashi uchun
Cmax + Cf 0,5 CYQBK (11)
Do'stlaringiz bilan baham: |