3. Pulga bo‘lgan talab, pul taklifi va pul agregatlari Pul-kredit sektori tahlili uslubiyati



Download 23,53 Kb.
bet3/9
Sana13.03.2023
Hajmi23,53 Kb.
#918764
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili-hozir.org

A. N. Azriliyan tahriri ostida chop tilgan «Bolshoy ekonomicheskiy slovar»da ham indikator tushunchasi iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichi sifatida talqin etilgan .
Indikator tushunchasining yuqorida keltirilgan talqiniga asoslangan holda, pul-kredit siyosatining indikatoriga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Markaziy bank pul-kredit siyosatiining indikatori - bu milliy valutaning va mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash tadbirlarining samaradorligini baholashda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichidir».
Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatining indikatori sifatida asosan pul massasining o‘sishi, milliy valutaning almashuv kursi, inflatsiya darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalanilmoqda.
2. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi

2.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning turkumlanishi
1. An’anaviy instrumentlar.
2. Noan’anaviy insturmentlar.
Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya’ni instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan:
Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- qayta moliyalash siyosati;
- majburiy zaxira siyosati;
- ochiq bozor siyosati;
- valuta siyosati;
- depozit siyosati.


2.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari.
Qayta moliyalash siyosati.
Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda uning an’anaviy instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, valuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan mamlakatlarda (katta ettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo‘lgan tadbirlar majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g’ridan - to‘g’ri kreditlash usuli.
Majburiy zaxira siyosati.
Majburiy zaxira siyosati pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida dastlab AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi.
Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi.
Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi:
1. Zaxira talablari (reserve requirements).
2. Minimal zaxiralar (minimum reserves).
3. Majburiy zaxiralar (legal reserves).
Ochiq bozor siyosati.
Markaziy bankning ochiq bozor siyosati deganda, odatda, Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlarni sotib olinishi yoki sotilishi tushuniladi.
Markaziy banklarning ochiq bozor operatsiyalarida oldi-sotdi ob’ekti sifatida, asosan, quyidagi qimmatli qog’ozlardan foydalaniladi:

xazina veksellari;

hukumatning obligatsiyalari;

hukumatning o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari;

korporativ obligatsiyalar;

tijorat banklarining depozit sertifikatlari;

korxonalarning tijorat veksellari.
Valuta siyosati.
Markaziy bankning valuta siyosati uning an’anaviy pul-kredit instrumentlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, valuta siyosatining pirovard maqsadi milliy valuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
Markaziy bankning valuta siyosati doirasida amalga oshiriladigan valuta operatsiyalarining uch asosiy turi xalqaro bank amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ular quyidagi operatsiyalardan iboratdir:


1. Valuta interventsiyasini amalga oshirish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiyalar.

2. Hukumatning tashqi qarzini to‘lash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan valuta operatsiyalari.

3. Markaziy bankning balansidagi oltin-valuta zaxiralarini boshqarish operatsiyalari.


Download 23,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish