Faoliyat mahsulini o’rganish metodi inson mehnatining mahsulotlari yoki natijalari asosida psixik xodisalarni taxlil qilishdan iboratdir. Maktab tajribasida o’quvchilarning daftarlari, yasamalari, o’zlari tayyorlagan asboblari va boshqalarni taxlil qilish asosida ulardagi diqqat-e’tibor, intilish, idrok kabi xususiyatlar haqida xulosaga kelinadi. Bayon, doklad, shehrlar, rasmlar va boshqa ijodiy xarakterdagi ishlarin taxlil qilish ham ko’pincha faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodiga kiradi.
Biografik metod kishi psixologiyasini tarjimaiy xoliga oid ma’lumotlar asosida o’rganish metodidir. Masalan o’quvchi bir necha marta sinf boshlig’i qilib saylangan. Bundan biz o’quvchida qandaydir tashkilotchilik qobiliyati yoki bu ishga ko’nikma borligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |