3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?


- FAOLIYATNING O’ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH



Download 425,7 Kb.
bet9/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
psixolog

6- FAOLIYATNING O’ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH


Psixologiya fanida harakat tushunchasi tahlil qilinganida u motor (jismoniy) harakat, sensor (hissiy) harakat va markaziy qismga ajratiladi. SHunga muvofiq ravishda ajratilgan tarkiblar harakatni amalga oshirish jarayonida bajaradigan ishlarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarish bilan shug’ullanadi. Faoliyat harakatlarini ijro etish, nazorat qilish va boshqarishda qo’llaniladigan yo’l-yo’riqlar uning usullari deyiladi.
Odatda harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshirilishi kuzatiladi. Harakatni bajarishda ong borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ishni amalga oshirish avtomatlasha boshlaydi, ayrim mayda- chuyda qismlarga nisbatan e’tibor (nazorat) kamayadi. SHuning uchun inson faoliyatida maqsadga yo’naltirilgan sa’i-harakatlarni ijro etish va boshqarishning muayyan darajada avtomatlashuvi malaka deyiladi. Xuddi shu boisdan harakatlarni boshqarish bilan sa’i-harakatlarni boshqarish aynan bir narsa emas, albatta. CHunki sa’i-harakatlarning yuksak darajada avtomatlashuvi uning o’z tarkibidagi harakatni ongli ravishda idora qilish bilan uyg’unlashib ketadi. Patologik holatlardan tashqari, barcha faoliyat turlari ong bilan boshqarilib turadi. Harakat tarkiblarining avtomatlashuvi: birinchidan, ongli ravishda yo’naltirilgan ob’ektni almashtiradi. Ikkinchidan, harakatning umumiy maqsadlarini, uning ijro etilishi shart- sharoitlarini, natijalarini nazorat qilishni, uchinchidan, ularni baholashni ong uning tasarrufi doirasiga kiritadi.
Malakaning tuzilishi. Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat o’zgarishlari yuz beradi va ular quyidagilardan tashkil topgandir:
Birinchidan, sa’i-harakatlarning ijro etilishi usullari o’zgaradi. Bunda bir qator sodda sa’i-harakatlar yagona jarayonga (tarkibga) kiruvchi ba’zi sodda sa’i-harakatlar o’rtasida to’siq va uzilish ro’y bermagan bitta murakkab sa’i-harakat o’zaro bir-biriga qo’shilib ketadi, ortiqchalari esa bartaraf etiladi.
Masalan, bola velosipedni uchishga o’rganayotgan paytida bir qancha ortiqcha harakatlarni amalga oshiradi: o’zini bir tekis tuta olmaydi, pedalni birini bosib, ikkinchisini bosmaydi, rolni qattiq tutadi, yo’lga diqqatini taqsimlay olmaydi, o’rindiqqa noqulay o’tiradi, birovning yordamiga tayanadi. Malakali velosiped haydovchisi harakatni silliq bajaradi, ortiqcha urinishlarga yo’l qo’ymaydi. Harakatlarni o’zlashtirish jarayonida: a)sa’i-harakatlar tarkibi; b)sa’i-harakatlar izchilligi; v)sa’i-harakatlar uyg’unligi; g)ularning tezligi rejali kechishiga sharoit yuzaga keladi.
Ikkinchidan, harakatni sensor (hissiy) nazorat qilish usullari o’zgaradi. Dastavval, sa’i-harakatlar amalga oshishini ko’rish organi orqali nazorat qilish kinestetik (mushaklar yordamida harakat) nazorat bilan almashadi. CHunonchi, charxchi asbobning tezligiga emas, balki ko’proq pichoq tig’iga e’tibor qaratadi. Sa’i-harakatlarning xususiyatini aniqlovchi har xil o’lchamlarining nisbatini baholash imkonini vujudga keltiradigan sensor sintezlar (yunoncha synthesis uyushma demakdir) hosil bo’ladi. Harakat mahsullarini nazorat qilishga alohida ahamiyat kasb etadigan mo’ljallarni farqlash va ajratish uquvchanligi insonda rivojlanadi.
Uchinchidan, harakatni markazdan turib boshqarish usullari o’zgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli bo’lib, u uning vaziyati va mahsulasiga qaratilgandir. Topshiriq yechimlari, aqliy faoliyat jarayonlari tezkorlikda, hamkorlikda bajarila boshlaydi. Jumladan, uchuvchi samolyot dvigatelining ortiqcha kuch bilan ishlayotganini tovushidan fahmlaydi. Narsalarni aniqlashga sarflanadigan vaqt kamaya boradi. Qo’llanishga mo’ljallangan usullarni turkum tarzda ong yordamida oldindan payqash (sezish, fahmlash, bilish) jarayoni antitsipatsiya (lotincha anticipatio oldindan fahmlash, sezish ma’nosini anglatadi) deyiladi.
Shuning uchun harakat usullaridagi mazkur o’zgarishning siri nimada va ular qanday psixologik mexanizmiga ega? degan savolning tug’ilishi tabiiydir. Psixologik mexanizm (ta’minlash) o’z ichiga izlanish urinishlarini va tanlashni oladi. SHaxs u yoki bu harakatni bajarishga urinib ko’radi, hatto ushbu jarayonni nazorat qilib ham turadi. Bu o’z navbatida muvaqqiyatli urinishlar (sa’i-harakatlar), o’zini oqlagan chamalashlar, mo’ljallar inson tomonidan tanlanadi va asta- sekin mustahkamlanadi. Qo’llanganda foyda (naf) bermagan harakatlar samara beruvchilari bilan almashtiriladi. Bu holat muayyan davr davomida takrorlanadi yoki mashq qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda muayyan harakatlarni o’zlashtirish maqsadida ularni ongli ravishda nazorat qilishga va o’zgartirishga harakat qilinadi. Amaliy ish harakatlarini takrorlanmasdan turib, turli xususiyatli malakalarni shakllantirib bo’lmaydi.
Malakani shakllantirishda bajarilayotgan harakatlarning nutq faoliyatida so’z bilan ifodalanishi va harakatning timsolini xayolda mujassamlashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu yo’sinda insonning malakasi anglashinilgan tarzda avtomatlashgan xatti-harakat sifatida shakllanadi. Malakalarni shakllantirish mexanizmiga, printsipiga muayyan odatiy jabhalarga, usul va vositalar tanlash xususiyatiga alohida e’tibor qilish uning muvaffaqiyatli hosil bo’lishini ta’minlaydi. Buning uchun quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq: a) usullarni tanlash, b) harakatda ong nazorat funktsiyasini kamaytirish, v) maqsadni oydinlashtirish, g) shart-sharoitni tasavvur etish, d) malakani shakllantirish modelini xayolda yaratish va hokazo.
Psixologiya fanida malakani shakllantirishning asosiy bosqichlari sxemasi ishlab chiqilgan, bunda asosiy e’tibor malakaning xususiyatiga, maqsadiga, harakatni bajarish usullariga qaratiladi. SHuningdek, malakalarning o’zaro ta’siri muammosiga alohida ahamiyat beriladi, chunki inson malakalar tizimiga amal qilgan holda yangi malakani o’zlashtiradi.Oldin egallangan malaka, keyingisini tarkib topishiga yordamlashadi, goho unga xalaqit berishi ham mumkin. Harakatning avtomatlashuvi uning maqsadi, ob’ekti, vaziyati va shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Harakatning muvaffaqiyati, samaradorligi ko’p jihatdan sensor nazoratga hamda uning yangi sharoitiga ko’chishiga bog’liq.
Malakalarning noto’g’ri (teskari) ko’chirilishi interferentsiya hodisasini vujudga keltiradi. Faoliyat ko’nikma, malaka, usul, harakat,sa’i-harakat, operatsiya kabi tarkibiy qismlar tufayli muayyan mahsullarga erishadi, moddiy va ma’naviy natijalarni hamda bilimlarni vujudga keltiradi.
Psixologik ma’lumotlarning ko’rsatishicha, faoliyat shaxslararo munosabatlar tizimi tariqasida, hamkorlik tarzida namoyon bo’ladi. Faoliyatda inson shaxsi (uning xususiyatlari) aks etadi va ayni bir davrda faoliyat odam shaklini tarkib toptiradi. Ong bilan faoliyat birligi printsipiga asoslanish orqali shaxs kamol topadi, shaxslararo munosabatga kirishadi, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtiradi, o’zaro ta’sir yordamida ijtimoiylashadi. Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala (kommunikatsiya) vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.


  1. Download 425,7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish