3 Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?



Download 425,7 Kb.
bet32/50
Sana18.02.2022
Hajmi425,7 Kb.
#451479
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
Bog'liq
psixolog

Idrokning fenomenlari
Psixologiyada ko’rish illyuziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining tadqiqot tarixiga ega. Ba’zi hollarda narsalar noto’g’ri, yanglish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa noto’g’ri idrok qilinishi illyuziya deyiladi. Masalan, agarda biz quyidagi rasmda ko’rsatilganidek, ko’rsatkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirsak, no’xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holdagi ikkala barmog’imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek, ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xat bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo’lib sezilishi Aristotelь (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Og’irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil ko’rinishdagi ikki buyumni ketma-ket tarzda ushlab turilsa, uning kattasi yengilroq ikkinchisi og’irroqdek tuyuladi. Go’yoki metalldan yasalgan 1 kg tarozi toshi xuddi shu vazndagi paxtadan og’irroqdek inson tomonidan his qilinadi. Bunday psixologik hodisaga geometrik illyuziyalar deb nom berilgan. Masalan, uzunligi babbaravar bo’lgan ikki chiziqli chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, u holda illyuziya hodisasi yuz beradi, ya’ni burchaklari ichkariga yo’naltirilgan chiziq kaltaroq bo’lib ko’rinishi mumkin. Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emasdek tuyuladi, go’yoki har xil tomonga yoyilib ketgan chiziqlardek idrok qilinadi.

1-rasm
Illyuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari har qanday aqli raso (mukammal) insonlarda sodir bo’ladigan illyuziyalardan hisoblanadi. Bunday tarzdagi illyuziyalarning muayyan darajadagi qonuniyatlari mavjud. Masalan, yuqorida keltirib o’tilgan Arastu illyuziyasi paydo bo’lishining asosiy sababi shundan iboratki, bunda bitta narsa barmoq uchlarimizning terisi yuzasidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatda esa tabiiy sharoitda bitta narsa xuddi shu ikki nuqtaga hech qachon bir davrning o’zida tegib turmaydi. SHuningdek, og’irligi barobar, ammo kattaligi har xil bo’lgan buyumlardan kichikrog’i kattarog’iga qaraganda og’irroq ko’rinishining sababi shundaki, shaxs hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og’ir ekanligini o’z tajribasida hamisha sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil narsalarni ko’z bilan idrok qilganda beixtiyor shu shaxsiy tajribaga tayanadi-da, kattaroq buyumni ushlaganda kattaroq zo’r beradi, kichikroq jismni qo’lga olganida esa unchalik zo’r bermaydi. Buning natijasida og’irligi barobar bo’lganligi bilan zo’r berishi yoki muskullarning qarshilik ko’rsatishi tufayli sarf qilingan kuch-quvvati har xil ekanligi sababli kichikroq buyum og’irroqdek his qilinadi.
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro’y beradigan o’zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Masalan, sahroda cho’llagan inson uzoqda yarqirab turgan sho’rxok yerni ko’l deb idrok qilishi, lekin bu illyuziyani sarobdan farq qila olishi joiz yoki o’rmondagi to’nka qo’rqoq insonning ko’ziga bironta yirtqich hayvonga o’xshab ko’rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.

2-rasm
Odatda illyuziyani gallyutsinatsiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib turgan biror narsani yanglish, noto’g’ri idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyutsinatsiya yo’q, mavjud emas narsalarni “tashqi taassurotsiz” idrok qilinishidir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’q ovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q hidlarning dimoqqa urilishi va hokazolar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsning biror narsa va holatni ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishidir, xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi ko’pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro’y berishi mumkin.
Mabodo, jismning chetlari orasidagi masofani ko’rish illyuziyasini aniqlash maqsadida A.L.Yarbus tajribasini tahlil qiladigan bo’lsak, u holda quyidagilarni ko’rib chiqish ayni muddaodir. Mazkur tadqiqot oldiga qo’yiladigan maqsad jismlarning chekkalari orasidagi masofani solishtirish va ko’z bilan kuzatish (chamalash) orqali baholash jarayonida paydo bo’ladigan qator optik illyuziyalarni tushuntirib berishdan iboratdir. Masalan, quyidagi illyuziyani ko’zdan kechirishni ushbu toifaga taalluqli ekanligini ta’kidlab o’tish mumkin.

3-rasm

18- xotira


Xotira faol jarayon bo’lib, shaxsning turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bog’liq bo’ladi. Inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizini, o’zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. SHaxsning o’zi o’ylab, o’zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi.
Xotiraning quyidagi qonunlari mavjud:


  1. Download 425,7 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish