Idrokning predmetligi obhektivlashtirish hodisasi bilan ya’ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o’sha dunyoga mansubligida ifoda etiladi. Bu xildagi mansublik bo’lmasa, idrok kishining amaliy faoliyatida o’zining mo’ljal oldirish va yo’naltirishdan iborat vazifasini bajara olmaydi. Bunda tuyish va harakat sezgilari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Idrokning yaxlitligida sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning xususiyati va belgilari haqida umumlashtirilgan bilimlar vujudga keladi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaligi bilan bog’liq. Idrok ma’lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig’indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz.