3. Музокаралар олиб бориш услублари. Музокараларга тайёргарлик кўриш ва уларни ўтказиш. Музокаралар якуни бўйича хулоса қилиш



Download 154,57 Kb.
bet35/46
Sana23.07.2022
Hajmi154,57 Kb.
#840916
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
Bog'liq
metodoliyadan nazariy javoblar shaxsiy yoq

30-kasuz. Oxirgi yillarda Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablari bitiruvchilari maxsus oʻquv markazlari va “repetitor” mashgʻulotlariga borishi odatiy majburiy hol boʻlib qoldi. Shuning uchun koʻcha-koʻyda tanish-bilishlar oʻqishga kirmoqchiman, desa “qaysi oʻquv markaziga boryapsan”, “repetiroring kim” kabi mazmunidagi savolni berishadi. Bu holat umumtaʼlim maktablarida talaba boʻlish uchun yetarli bilim berilmayaptimi? degan savolni keltirib chiqaradi. Barchaga maʼlumki, butun dunyoda taʼlim sifati koʻrsatgichlarining yuqoriligi boʻyicha Finlandiya tajribasi eʼtirof etiladi. Finlandiya taʼlimi uchun “oʻquv markazlari”, “repetitor” kabi soʻzlar mutlaqo begona. Bizda esa, ular uzluksiz taʼlimning tarkibiy qismiga aylanib ulgirgan. Ushbu vaziyatni tanqidiy tahlil qilish maqsadidaquyidagi savollarga javob topishga harakat kiling:
1. Oʻzbekiston sharoitida oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish uchun oʻquv markazlarining zarurligini asoslang. Va shu bilan birga, nima sababdan talaba boʻlish uchun maktab taʼlimining yetarli emasligini izohlang.
2. Agar Finlyandiya taʼlim natijalari boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinlarda boʻlsa, nima sababdan respublikamizda ularning tajribasi qoʻllanilmaydi?
3. Tanqidiy fikrlash tarkibi asosini vaziyatni baholash, tahlil qilish va xulosa qilish deb hisoblasak, istiqbolda maktab taʼlimi safatini talaba boʻlish uchun yetarli darajaga olib chiqishda nimalarga eʼtibor berish lozim, deb oʻylaysiz?
31-kasuz. Tanqidiy fikrlash oddiy qarorlar va bir tomonlama xulosani xohlaydigan toifalar uchun moʻljallanmagan, degan qarash mavjud.

  1. Mazkur qarash bilan qanday hayotiy haqiqat eʼtirof etilayotganini shaxsiy fikringiz asosida izohlang.

32-kasuz 2030-yil. Siz universitetning bakalavriat hamda magistraturasini bitirib, mutaxassisligingiz boʻyicha bir muassasada uch yil tajriba orttirganingizdan soʻng boshqa bir turdosh muassasaga rahbar etib tayinlandingiz. Ishga chiqib bildingizki, siz boshchilik qilishingiz kerak boʻlgan jamoa aʼzolari ikki oʻrinbosaringizdan biri – Davron Muxtorovni oʻzining lideri, deb biladi. Koʻpchilik unga ishonadi, quloq tutadi, ergashadi, uni boshqacha hurmat qiladi. Muassasaning iqtisodiy koʻrsatkichlari yomon emas. Jamoadagi maʼnaviy muhit, oʻzaro munosabatlar ham meʼyorida. Yuqori turuvchi rahbariyat esa Sizning zimmangizga mazkur muassasa faoliyatini yanada kuchaytirish, ish samaradorligi va sifatini sezilarli yuksaltirish vazifasini qoʻygan. Buning uchun sinov tariqasida ikki yil muddat bergan.
(1) Siz mazkur muassasa faoliyatini yanada samarador qila olaman, deb ishonasizmi? Buning uchun ishni nimadan boshlagan boʻlardingiz?
(2) Jamoada bir paytning oʻzida ham rahbar, ham lider maqomiga erishish uchun kishi qanday fazilatlarni namoyon etishi kerak, deb oʻylaysiz? Fikrlaringizni hayotiy misollar bilan asoslang.
(3) Boshqalarda oʻzingizga nisbatan simpatiya uygʻotish antipatiya hosil qilishdan qiyinroq ekanini tan olsangiz kerak. Shu holatning sabablarini izohlab bering.
(4) Oʻrinbosaringiz Davron Muxtorov bilan boʻladigan munosabatlaringiz qanday kechadi?
1-savolga shaxsiy fikr
2) Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yo’qoridan pastga yoki aksincha, bo`lib guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshlik bilan buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarini o`z ichiga oladi. Bu borada "lider" va "boshlik" tushunchalari o’rtasidagi farklar haqida gapirish lozim. B. D. Parigin bu ikki tushunchani farklab shunday yozadi: 1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar-shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; 2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo`lgan xodisa bo’lsa, rahbarlikning xak-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkin; 3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar okibatida sodir bo`ladigan xodisadir; 4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab, uzoqrok muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi; 5) rahbarning liderdan farki yana shundaki, u liderda yo’q bo`lgan ja’zolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin; 6) lider guruhda u yoki bu karorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiericha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruklar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin; 7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar dorasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengrok ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vaqili bo`lgan­ligi uchun, uning vaqolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortikdir. Lider xech kachon yelgiz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari guruhida qaraladi, u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlar va xoka’zolarni hammadan ham Yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo’lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilagoni, aql urgatuvchi, topkir intellektual lider, bolalar ichida eng xazilkash, dilgir, xushchakchak, kungil surovchi, o’zgalarni tushuna oladigan- emotsional lider, guruhni ish faoliyatiga chorlay oladigan, dadil, kat’iyatli, irodali liderlar bo`lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko’ra paydo bo`ladilar hamda bolalar ongida o`z sifatlariga ko’ra obru kozonadilar. Lider sifatlari ichida Yaxshi va yemonlari ham bo`lishi mumkin.
3) simpatiya – grekcha “hamdardlik” o’zora yoqtirish” qadimgi yunoncha “birga” grekcha “hissiyot, ehtiros, yoqtirish” kimgadir yoki biror narsaga barqaror emotsiyonal moyilik hissi. Simpatiya, odatda, umumiy qarashlar, qiziqishlar va qadriyatlar asosida, shuningdek boshqa odammning tashqi korinishi, xatti-xarakati va fe’l-atvoridan ta’sirlangan ijobiy munosabat natijasi yuzaga keladi.
Antipatiya – biron-bir kimsani yoxud narsani xush ko’rmaslik, yoqtirmaslik, yomon ko’rish, unga nisbatan sovuq munosabatda bo’lish.
4) Shaxsiy fikr

Download 154,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish