3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri. Kasb va qiziqish



Download 25,23 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi25,23 Kb.
#935400
  1   2   3
Bog'liq
resurs 3333333333


3- mavzu.Shaxsni kasbga yo‘naltirish omillari va vositalari.
Reja

1. Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari.
2. Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi.
3. Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri.
4. Kasb va qiziqish.
1. Kasb tanlashga yo’llashning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari
Kasb tanlashga yo’llash - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat in’om etgan (tug’ma) layoqatlarini rivojlantirishga ko’maklashish, insonga kasbiy o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo’lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim 84 turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda jamiyatning g’amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi. Kasb tanlashga yo’llashning bosh maqsadi o’ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. Kasb tanlashga yo’llashning asosiy maqsadi - yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yunalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat. Kasb tanlashga yo’llash quyidagi ikki asosiy vazifani xal qilishga qaratilgan: - mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish xisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustaxkamlash; - shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi. Kasb tanlashga yo’llash ishining pirovard natijasi ijtimoiy - iqtisodiy omil bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi. Kasb tanlashga yo’llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan: - kasb tanlashga yo’llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi; - iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz kilish orkali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish; - shaxsni kasb tanlashga yo’llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi; - O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb tanlashga yo’llash xizmatlaridan foydalanishga teng xuquqligi; - kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; 85 - kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi; - kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi; - kasb tanlashga yo’llash xizmatlari xodimlarining kasbiy axloq normalariga rioya etishligi. Kasb tanlashga yo’llash ishlarining asosiy ob’ekti: - umumiy o’rta ta’lim maktablarining 1 - 11 sinf o’kuvchilari; - oliy o’kuv yurtlari talabalari va kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari; - ishdan bo’shashi kutilayotganlar; - ish qobiliyati cheklangan shaxslar. Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmuni. Kasb tanlashga yo’llash - bu har bir shaxsning o’ziga xos individual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’z kasbiy o’rnini topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. U insonning kasbiy kiziqishi va imkoniyatlari xamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo’naltirilgandir. Kasb tanlashga yo’llash - mohiyat va samaradorlikni baholash ko’rsatkichlariga ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo’naltirishni xal etish vazifalari bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologikpedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasb tanlashga yo’llash insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Kasb tanlashga yo’llash shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Kasb tanlashga yo’llash tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay 86 shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi. Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o’quv-tarbiya jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi. Kasb tanlashga yo’llash quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi: kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish. Kasbiy axborot - ma’lum bir kasbni egallash xoxishi bo’lgan shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga quyilgan talablar hamda zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, targ’ibot qilish chora-tadbirlaridir. Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o’zgartirishda yordamga muhtoj bo’lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog’ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o’rganish asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir. moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.

Download 25,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish