(kim?)
(nima yordamida?)
(qayerda?)
(qanday qilib?)
4.3-rasm. Animatsion loyihani amalga oshirish shakli
Joylashtirish ob’ektida kundalik animatsiya dasturi o‘z tarkibiga
quyidagilarni kiritishi mumkin:
kattalar uchun sport o‘yinlari va musobaqalar (plyajda yoki basseynda
aerobika, voleybol, suv to‘pi, darts, armrectling, stol tennisi, komondan
va pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish va boshq);
bolalar dasturlari (bolalar maydonchasi yoki basseynda o‘yinlar va
konkurslar, kechki ko‘ngilochar dasturlari, tematik bayramlar);
kechki shou dasturlar (shou konkurslar, o‘yin shoulari, komik shoular,
diskotekalar,
estrada jamoalari, badiiy xavaskorlik chiqishlari,
tematik
oqshomlar o‘tkazish diskolari, jonli musiqa va h.k.).
Shunday qilib, o‘z ichiga animatsiya barcha turlarini qamrab olgan
animatsion dasturlar xilma-xilligi animatsion
komandalarning yuqori malakali,
ishchan, xayrixoh va tashabbuskor ijodiy xodimlri tomonidan hayotga tadbiq
etiladi. Bu muassasa obro‘sini oshirish imkonini beradi, uning raqobatbardoshligi
ustunligini ta’minlaydi, mijozlarni ushbu
mehmonxonaga yana kelishini
kafolatlaydi, chunki mijoz aynan o‘ziga yoqib qolgan joyga qaytadi.
3. Animatsiya dasturi
Kurort ishi va turizm sohasi mutaxassislarining eng muhim vazifalaridan biri
bu – rekreantlarning kurortlarda xordiq chiqarishini tashkillashtirish hisoblanadi.
Ko‘pgina so‘rovlarning ko‘rsatishicha, kurortga keluvchilarning 50-70%ning asosiy
maqsadi dam olishdan iborat bo‘ladi. Bu foiz ko‘rsatkichi dengiz bo‘yi kurortlar
uchun ancha yuqori hamda tor ixtisoslashtirilgan kurortlar uchun esa past bo‘lishi
mumkin. Har qanday holatda ham, dam oluvchilar bo‘sh
vaqtini maroqli
o‘tkazishni tashkillashtirish murakkab masalardandir. Chunki bu, avvalo kurortda
bo‘lish davomida mehmonxonalarda dam oluvchilarning bo‘sh vaqtining ko‘pligi
bilan bog‘liq.
Oxirgi yillarda dam oluvchilar vaqtini maroqli o‘tkazishni tashkillashtirishda
sezilarli o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu bir nechta sabablar bilan asoslanadi:
xorijiy kurortlarning tajribalaridan foydalanish;
aholining ta’lim va madaniyat darajasining oshishi;
xordiq chiqarish industriyasi yangi texnologiyalarini tadbiq etish;
bo‘sh vaqtdan foydalanish tizimining o‘zgarishi, professional teatr,
kino va estradaning gastrol va konsert ishini faollashtirish.
Inson turizm sohasi xizmatlarining istiqbolli iste’molchisidir. U dengiz bo‘yi
kurortini o‘zining ta’til o‘tkazish joyi qilib tanlaganida, shubhasiz, birinchi o‘rinda
o‘z
oldiga dam olish, bo‘shashish, kunlik muammolardan qutilish,
ijobiy
taassurotlar olish va keyingi hayoti uchun kuch yig‘ishni maqsad qilib qo‘yadi.
Aynan psixologik holat, kayfiyat va taassurotlar
belgilangan mehmonxonada
o‘tkazilgan vaqtdan qoniqish hissini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: